O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.06.2016

SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTINING TOSHKENT SAMMITI

2016 yil 23-24 iyun kunlari Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boldi. Majlis Ozbekiston Respublikasi raisligida otdi.

ShHT sammiti tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida otgan uchrashuvda Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar ortasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001 yil 15 iyunda Shanxay shahrida Ozbekiston, Qozogiston, Xitoy, Qirgiziston, Rossiya va Tojikiston imzolagan ShHTni tashkil etish togrisidagi deklaratsiya asosida tuzilgan. Ozaro ishonch, dostlik va yaxshi qoshnichilikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar, energetika, transport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, ozi qamragan mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taminlash tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilangan.

ShHT Xartiyasida azo davlatlar mustaqillik, hududiy yaxlitlik va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish, teng huquqlilik, ozaro anglashuv va fikrlarni inobatga olish, ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatmaslik va kelishmovchiliklarni tinch yol bilan hal etish tamoyillariga amal qilishi qayd etilgan.

Otgan 15 yilda tashkilotning mustahkam huquqiy asosi yaratildi, kotibiyati va tarkibiy tuzilmalari faoliyati yolga qoyildi. ShHT nufuzli davlatlararo tashkilot sifatida xalqaro maydonda mustahkam orin egalladi, kop tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.

Ozbekiston tashkilotning asoschilaridan biri, ulkan iqtisodiy va geosiyosiy salohiyatga ega davlat sifatida uning faoliyatida alohida orin tutadi. Mamlakatimiz ShHTga savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar va qurol-yaroglarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda muhim vosita sifatida qaraydi.

Ozbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga uchinchi marotaba raislik qilmoqda. Mamlakatimiz ShHTga 2003-2004 hamda 2009-2010 yillarda raislik qilgan.

Ozbekistonning tashkilotga birinchi raisligi ham ShHT faoliyatini yangi mazmun bilan boyitgan. 2004 yil 17 iyunda Toshkentda bolib otgan sammit doirasida poytaxtimizda tashkilotning doimiy faoliyat yurituvchi organi — Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qomitasi ochilgan. Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi yolga qoyilgan. Bu ishlar ShHTning asosiy maqsadlaridan bolgan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, turli tahdid va xavf-xatarlarning oldini olishda muhim omil bolmoqda.

2004 yildagi sammitda ShHTning vakolatlari va immunitetlari togrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda hamkorlik togrisidagi bitim, ShHT huzuridagi kuzatuvchi maqomi togrisidagi nizom va boshqa qator hujjatlar imzolangan. Pokiston, Hindiston, Eron va Mogulistonga ShHT huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berilgan. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan osha yilgi sammitga Afgoniston rahbari ilk bor mehmon sifatida taklif qilingan. Keyinchalik Afgoniston ShHT huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomiga ega boldi.

Ozbekistonning ikkinchi raisligi davrida amalga oshirilgan ishlar ham ShHT faoliyatini yangi bosqichga kotardi. 2010 yil aprel oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning mamlakatimizga tashrifi chogida ShHT va BMT kotibiyatlari ortasida hamkorlik togrisidagi Qoshma deklaratsiya imzolandi. Bu Shanxay hamkorlik tashkilotining mazkur global tuzilma bilan ozaro aloqalariga asos bolib kelmoqda.

2010 yil 11 iyun kuni Toshkentda otgan sammitda, shuningdek, tashkilot doirasidagi masalalarni hal etishda muhim hujjatlar ShHTning ish yuritish qoidalari va ShHTga yangi azolarni qabul qilish tartibi togrisidagi Nizom imzolangan.

Ozbekiston Respublikasi 2015 yil 11 iyuldan buyon tashkilotga raislik qilib kelmoqda. Mamlakatimiz azo davlatlar bilan birgalikda ShHT doirasidagi hamkorlikni kengaytirish, ozaro aloqalar muvofiqlashuvini yaxshilash, tashkilotning xalqaro maydondagi rolini kuchaytirish yuzasidan salmoqli ishlarni amalga oshirdi. ShHTning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash bilan bogliq tashabbuslarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish orqali tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishga alohida etibor qaratdi.

Davlat rahbarlari ShHTning 15 yillik faoliyati asosiy natijalarini korib chiqdilar. Tashkilot nufuzli va ahamiyatli tuzilma sifatida xalqaro maydonda mustahkam orin egallagani alohida takidlandi.

Majlisda xalqaro terrorizm, ekstremizm va uning boshqa korinishlari bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek xavf solayotgani alohida takidlandi. Ushbu tahdidlarga faqat hamkorlikda, jahon hamjamiyati harakatlarini birlashtirish orqali qarshi kurashish mumkinligi qayd etildi.

ShHT Xartiyasi qoidalari va boshqa hujjatlariga muvofiq terrorizm, separatizm va ekstremizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi, qurol-yarog, oq-dori va portlovchi moddalar bilan noqonuniy savdo, ommaviy qirgin qurollari va ularni yetkazib berish vositalari tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish ShHT doirasidagi ozaro hamkorlikning ustuvor vazifalaridan biri ekani takidlandi.

Ozaro hamkorlik, davlat suverenitetini hurmat qilish va boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga asoslangan holda, xavfsiz, xolis va ochiq axborot makonini yaratishga doir say-harakatlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Majlisda kop tomonlama hamkorlikning ustuvor yonalishlari, mintaqa va dunyodagi vaziyatga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiyotning pasayishiga qarshi samarali kurashish borasida tajriba almashish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, hamkorlikning ustuvor yonalishlarida uzoq muddatli ozaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va infratuzilmani rivojlantirish zarurligi takidlandi.

Majlisda transport kommunikatsiyalari, energetika, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham alohida etibor qaratildi.

Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Moguliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif, sammit mehmoni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi. Shuningdek, majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qomitasi direktori Yevgeniy Sisoyev qatnashdi.

Sammitda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi orinbosari Jefri Feltman, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Ijroiya qomitasi raisi Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boyicha kengashning ijrochi direktori Gun Szyanvey ham ishtirok etdi.

Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga azo davlat maqomini olish yolidagi majburiyatlari togrisidagi memorandumlar imzolangani Toshkent sammitining muhim voqealaridan boldi.

Hindiston va Pokistonning ShHTning teng huquqli azosi maqomiga ega bolishi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etish, mintaqa va umuman dunyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taminlaydigan kop tomonlama mexanizm sifatida tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qilishi takidlandi.

Davlat rahbarlari Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Kambodja Qirolligi va Nepalga ShHTning muloqot boyicha sheriklari maqomini berish togrisidagi memorandum imzolanishini maqulladilar.

Muzokaralar yakunida ShHT on besh yilligining Toshkent deklaratsiyasi, ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boyicha 2016-2020 yillarga moljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash togrisidagi qaror, ShHTga azo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar imzolandi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasining ShHTga raislik davridagi faoliyatiga yuksak baho berildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda majlis ozaro ishonch va hurmat ruhida, ishchan kayfiyatda otganini, erishilgan kelishuvlar ShHTga azo va kuzatuvchi davlatlar manfaatlariga xizmat qilishini takidladi.

ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov Ozbekistonning tashkilotga raisligi tarixiy ahamiyatga ega bolganini, bu davrda barcha tadbirlar, jumladan, Toshkent sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini alohida takidladi. Ozbekiston Respublikasi xalqi va rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shu bilan ShHTning Toshkent sammiti yakuniga yetdi. U tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va xavfsizlikni mustahkamlash yolida muhim kelishuvlarga erishilgan sammit sifatida ShHT tarixidan alohida orin oladi.

ShHTga raislik Qozogiston Respublikasiga otdi.

Anvar SAMADOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: