O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.06.2016

PREZIDENTLAR UCHRASHUVLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 iyun kuni Koksaroyda Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gani, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Moguliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj bilan uchrashuvlar otkazdi.

Islom Karimov Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gani bilan uchrashuvda uning yurtimizga ilk tashrifi mamlakatlarimiz hamkorligini yangi bosqichga kotarishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ozbekiston va Afgoniston xalqlarining tarixi mushtarak, urf-odat va ananalari oxshash.

Ozbekiston hamisha «Qoshning tinch — sen tinch», degan hikmatga amal qilib, Afgonistonda tinchlik ornatish, uning iqtisodiyotini tiklash tarafdori bolib kelmoqda. Mamlakatimiz Afgonistonga elektr energiyasi, meva-sabzavotlar, neft mahsulotlari, mineral ogitlar eksport qilmoqda. 2016 yilning dastlabki tort oyida ozaro tovar ayirboshlash hajmi 14 foiz oshdi.

Uchrashuvda ozaro savdo hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti samimiy uchrashuv uchun Ozbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Afgoniston mamlakatimiz bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini takidladi.

Prezidentimiz Islom Karimov bilan Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev uchrashuvida ikki mamlakat ortasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Ozbekiston mintaqada tinchlik, barqarorlikni mustahkamlashga katta hissa qoshib kelmoqda. Barcha davlatlar, birinchi navbatda, qoshni mamlakatlar bilan ozaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqda. Ozbekiston Qirgiziston Xitoy temir yoli bunga yaqqol misoldir. Ushbu zamonaviy transport yolagi mamlakatlarimiz ortasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash masalalariga etibor qaratildi.

Almazbek Atamboyev samimiy uchrashuv uchun davlatimiz rahbari Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, ShHT sammiti ornak oladigan darajada yuqori saviyada tashkil etilganini alohida takidladi. Qirgiziston Ozbekiston bilan yaxshi qoshnichilik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini qayd etdi.

Islom Karimov Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn bilan muloqotda uning yurtimizga ilk tashrifini mamlakatlarimiz hamkorligi rivojida muhim voqea, deb bilishini takidladi.

Pokiston Ozbekistonga yaqin qoshni, ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlat. Mamlakatlarimiz hamkorligi mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda muhim orin tutadi.

Davlatlarimiz mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarda bir-birini qollab-quvvatlab kelmoqda. Ozbekiston Pokistonning ShHTga azo davlat sifatida qabul qilinishini qollab-quvvatlab, tashkilotga raisligi davrida bu masalaga alohida etibor qaratdi. Bu borada Harakat dasturini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Sammit doirasida ShHTda azo davlat maqomini olish majburiyatlari togrisidagi memorandum imzolanishi uning amaliy natijasi boldi.

Uchrashuvda ozaro aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Mamnun Husayn ozbekona mehmondostlik va mazmunli suhbat uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Pokiston Ozbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini takidladi.

Prezidentimiz Islom Karimov Moguliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj bilan uchrashuvda uning mamlakatimizga tashrifi ozaro hamkorlikni faollashtirishga keng yol ochishini takidladi.

Ozbekiston va Mogulistonda hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar kop. Turli sohalarni organish, foydalanilmayotgan resurslarni ishga solish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiladi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalariga etibor qaratildi.

Moguliston Prezidenti samimiy uchrashuv uchun Ozbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, ShHT sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini qayd etdi. Moguliston mamlakatimiz bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: