O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.06.2016

SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTINING

nufuzi va ta’sir doirasi tobora ortib bormoqda

Abdug‘affor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, tarix fanlari doktori, professor

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti otgan 15 yil mobaynida ulkan imkoniyatlarga ega bolgan hamda xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimida tobora muhimroq ahamiyat kasb etib borayotgan nufuzli xalqaro tuzilmaga aylandi.

Mazkur tashkilotning goyat qisqa davr ichida mustahkam oyoqqa turib olgani, dunyoda yuz berayotgan voqealarga faol munosabat bildirayotgani xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikni taminlashga qaratilgan qatiy siyosiy yoliga ega ekanligidan dalolat beradi. Dastlab tashkilot azolari soni oltita edi, ayni kunda bu tashkilotga azo bolish istagidagilar soni ikki barobarga oshdi.

Agar ShHT doirasida qabul qilingan qarorlar azo mamlakatlar tomonidan tola maqullangan taqdirdagina kuchga kirishi va bu munosabatlar kop tomonlama kelishuvlar orqali mustahkamlanishini nazarda tutsak, ShHTning katta obro-etibor qozonishiga sabab bolgan omillarni anglagandek bolamiz. Tashkilot oz nizomida belgilanganidek, ayni kunda nafaqat xavfsizlik, balki ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sotiq, transport, kommunikatsiya, sarmoya va gumanitar masalalarga ham jiddiy etibor qaratmoqda. Bular tashkilotning ochiqligi, barcha manfaatdor davlatlar va xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikka tayyor ekanidan dalolatdir.

Yurtboshimiz Islom Karimov etirof etganidek, «ShHT, avvalo, ozining asosiy tamoyillaridan kelib chiqqan holda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni saqlashning ishonchli kafolati sifatida maydonga chiqmoqda, dunyo tez ozgaruvchan, notinch bolib turgan hozirgi zamonda bu goyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, bu ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va gumanitar sohalarda kop tomonlama samarali hamkorlikni tashkil etish borasida qoyilayotgan va bajarilayotgan vazifalar, buning uchun zarur shartnomaviy-huquqiy asosni shakllantirish va har bir mamlakat uchun ahamiyatli bolgan yirik loyihalarni amalga oshirishdir. Uchinchidan, ShHT davlatlarning teng huquqli birlashmasi bolib, uning faoliyati boshqa mamlakatlarning manfaatlariga qarshi qaratilmagan va qarama-qarshilik qiladigan blok xususiyatiga ega emasligi yaqqol namoyon bolmoqda».

Bundan tashqari, tashkilotga azo davlatlar rahbarlari Shanxay jarayonlarini tezlashtirish uchun tashkilot ixtiyoridagi mavjud qarorlar, deklaratsiyalar va loyihalarni amalga oshirishga etiborni kuchaytirish zarurligini takidlamoqdalar. Chunki har qanday kop tomonlama tizimlar faoliyati qabul qilinayotgan qarorlarning sozsiz va bosqichma-bosqich bajarilishi bilangina samara beradi. Bu oltin qoida ShHTning jipsligi va uyushqoqligi uchun oziga xos mezon bolib qolishi bejiz takrorlanmayotir.Tan olish kerak, Afgonistonda davom etayotgan murakkab vaziyat tufayli Markaziy Osiyo xavfsizlik va barqarorlikka tahdid va xatarlar saqlanib qolayotgan mintaqa bolib qolmoqda.

Mamlakatimiz rahbari Markaziy Osiyodagi vaziyatga baho berar ekan, dunyoda xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda mintaqamiz oz geosiyosiy va geostrategik ahamiyati, boy tabiiy resurslari tufayli jahon hamjamiyatining diqqat markazida qolayotganini takidladi. Darhaqiqat, Afgonistonda salkam 40 yildan buyon davom etayotgan urush nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda tinchlik va osoyishtalikka raxna solmoqda. Jahon hamjamiyati barcha chora-tadbirlarni korayotganiga qaramay, taassufki, bu yerdagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

Bugungi kunda afgon muammosini harbiy yol bilan yechib bolmasligiga hech kim shubha qilmaydi. Deyarli barcha davlatlar, jumladan, afgon muammosini yechishga jalb qilingan mamlakatlar rahbarlari, shuningdek, bevosita Afgonistondagi koalitsiya kuchlari harbiy qomondonligi ham bu haqda soz yuritmoqda, — deb takidlaydi Islom Karimov. Bizning qatiy fikrimizga kora, oz mamlakatining muammolarini afgon xalqining ozi hal etishi kerak. Faqat qarama-qarshi tomonlarni murosaga keltirish, bu jarayonga afgonistonliklarning ozini jalb qilish, shuningdek, jahon hamjamiyati yordami bilan Afgonistonni sotsial-iqtisodiy tiklash orqaligina boshi berk kochadan chiqish yolini topish mumkin...

Dunyo aholisining yarmidan koprogi istiqomat qilayotgan tashkilot doirasidagi ikkinchi ustuvor yonalish bu, shubhasiz, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish masalasidir. Kuzatuvchilarning fikricha, ShHT doirasida iqtisodiy hamkorlikning kolami tobora kengayib bormoqda. Tashkilotning Ishbilarmonlik kengashi, Sanoatchilar va ishbilarmonlar forumi, Banklararo birlashma kabi yangi tuzilmalari samarali faoliyat boshlagani ham shundan dalolatdir.

ShHTga azo davlatlar rahbarlarining Toshkentdagi 2010 yilgi uchrashuvida imzolangan Deklaratsiyasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbollari, mamlakatlar ortasidagi ozaro tovar ayirboshlash hajmining oshishi, tovarlar, sarmoyalar, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanishi uchun bosqichma-bosqich, qulay sharoit yaratishga qaratilgan izchil say-harakatlar majmui belgilangani ham bugun oz samarasini bermoqda. ShHT mamlakatlari ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 milliard AQSh dollaridan otganligining ozi ham hamkorlik salohiyati haqida yaxshi tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Birgina Ozbekiston tovar aylanmasining 45 foizi tashkilotga azo davlatlar hissasiga togri kelayotganligini ham alohida takidlash lozim.

ShHTni yanada muvaffaqiyatli rivojlantirish azo davlatlarning muayyan amaliy natijalarga erishishiga, avvalo, barqaror taraqqiyotni taminlash va butun mintaqa mamlakatlari aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan say-harakatlariga bogliq. Shu bois Ozbekiston tashkilot makonida milliy va transchegaraviy ahamiyatga molik avtomobil, temir yol va havo yoli kommunikatsiyalarini barpo etish va modernizatsiya qilish boyicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy logistika markazlari va xablar yaratish tarafdoridir. Bu ishlarning amalga oshirilishi ShHTga azo davlatlarning Yevropa Ittifoqi, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi ming yillar davomida Sharq va Garb sivilizatsiyalari ortasida oziga xos koprik bolib kelgan. Tabiiyki, bunda qadimiy va boy tarixga ega bolgan olkamizning orni alohidadir. Endilikda globallashuv va jahon axborot sivilizatsiyasining shakllanish jarayonida mazkur mintaqa uchun Ozbekistonning boglovchilik omili yanada mustahkamlanib bormoqda. Hamkorlik qaysi sohaga tegishli bolishidan qati nazar, alal-oqibat milliy yo mintaqaviy, shu bilan birga, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikning mustahkamlanishiga olib keladi. Xususan, Xitoydagi xalqaro yangiliklar departamenti direktori Vey Sinning qayd etishicha, Ozbekistonning tinchliksevar siyosati hamda mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni taminlash boyicha izchil say-harakatlari tufayli mamlakatning xalqaro obro-etibori yil sayin ortib bormoqda. Respublika nufuzli xalqaro tizimlar, jumladan, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi hamkorlikka alohida etibor qaratmoqda.

Ozbekiston hozirgi paytga qadar tashkilotga ikki marotaba, yani 2003 2004 va 2009 2010 yillari raislik qilgan. Aynan Ozbekiston tashabbusi bilan ShHT faoliyatini takomillashtirish, turli yonalishlardagi ozaro hamkorlikni yanada kengaytirish togrisidagi kopgina muhim hujjat va qarorlar qabul qilindi. Ozbekiston raisligi davrida 2010 yilning aprelida muhim tarixiy voqea roy berdi: BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning Toshkentga buyurgan tashrifi chogida BMT va ShHT kotibiyatlari ortasida Hamkorlik togrisidagi Qoshma deklaratsiya imzolandi. Bu qaror dolzarb masalalarning hal etilishida birgalikdagi say-harakatlar uchun mustahkam zamin yaratgani holda ikki tashkilotning rasmiy hamkorligini boshlab berdi. Ushbu hujjatning imzolanish marosimida BMT rahbari Ozbekistonning ShHTdagi raisligiga yuksak baho berib, uning tinchlik va xavfsizlikni taminlash, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning kopgina dolzarb masalalar yechimi uchun favqulodda muhim ekanligini takidladi.

Bundan tashqari, Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik togrisidagi bitimning imzolanishi ham diqqatga molik voqea boldi. Zero, Bitim giyohvandlik xavfiga qarshi kurashda kop tomonlama hamkorlik uchun huquqiy asos yaratdi. 2010 yilda esa Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik togrisidagi bitim imzolandi.

Albatta, ShHT boshqa davlat va mintaqalar manfaatlariga qarshi qaratilgan siyosiy-harbiy ittifoq bolmay, u oz faoliyatida doimo ochiqlik tamoyiliga amal qiladi. Shu sababli Hindiston va Pokistondek ikki yirik davlatning ShHTga azo bolishi nafaqat mintaqada, balki sayyoramizdagi xavfsizlikni taminlashni kuchaytiradi.

Prezidentimizning 2016 yil 21 yanvardagi Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga azo davlatlar rahbarlari kengashi yigilishi hamda Ozbekiston Respublikasining ShHTga raisligi doirasidagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisidagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda ushbu yirik anjumanni yuqori saviyada otkazish uchun izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yirik xalqaro anjuman oldidan, jumladan, 2016 yilning 8 aprelida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi majlisi, 13-14 aprel kunlari esa Ozbekiston Respublikasi raisligida ShHTga azo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining on birinchi yigilishi bolib otdi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti 14 aprel kuni ShHTga azo davlatlar Xavfsizlik kengashlari rahbarlari, shuningdek, ShHT Bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qomitasi direktori bilan uchrashdi. Bunday xalqaro miqyosdagi tadbirlarning davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi keng nishonlanadigan yilda otkazilayotgani oziga xos ramziy manoga ham ega.

Bu Ozbekistonning nufuzi tobora oshib borayotgani, mintaqada tinchlik va barqarorlikni asrashda muhim oringa egaligini bildiradi. Bolajak anjuman davomida ShHT on besh yilligining Toshkent deklaratsiyasi, ShHTga azo davlatlarning 2017-2022 yillarda giyohvandlikka qarshi strategiyasi va uni bajarish boyicha Harakat dasturlari imzolanishi kutilayapti. Bundan tashqari, Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik togrisidagi bitimni bajarish boyicha tadbirlar rejasi hamda ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish rejasining tasdiqlanishi ham moljallanmoqda. Qisqasi, ShHT dunyoning eng nufuzli va jahonda kechayotgan jarayonlarga tasir otkazish salohiyatiga ega tashkilotiga aylandi. Shubhasiz, ShHT unga azo davlatlarga dunyoning turli mintaqalari bilan iqtisodiy hamkorlik va integratsiya uchun yangi istiqbollarni ochib beradi va Markaziy Osiyoda, oz navbatida, xalqaro miqyosda ham xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: