O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.06.2016

POKISTON PREZIDENTI OZBEKISTONGA KELDI

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 22-iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Bolib otgan qisqa suhbatdan song Pokiston delegatsiyasi ozi uchun ajratilgan qarorgohga yol oldi.

* * *


Pokiston Prezidenti mamlakatimizga tashrifini qadimiy Samarqandni ziyorat qilishdan boshladi. Oliy martabali mehmon Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qayta qurilgan Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Pokiston Prezidentiga buyuk muhaddis Imom Buxoriyning boy ma’naviy merosi, uni organish va keng targib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ulug zot mangu qonim topgan majmuaning yaratilish tarixi, mustaqillik yillarida ushbu maskanda amalga oshirilgan beqiyos bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida sozlab berildi.

Sharq memorligining noyob ananalarini ozida mujassam etgan maqbara, ayvon va ulkan masjid mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Mamnun Husayn Prezident Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda buyuk ajdodlarimiz merosini organish va keng targib qilish, ular nomi bilan bogliq maskanlarni obod etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berib, ushbu maskan butun musulmon olamining muqaddas qadamjolaridan biri ekanini takidladi.

Amir Temur maqbarasi ziyorati chogida mehmonga Sohibqiron bobomizning davlatchilik tarixi, mamlakatda ilm-fan, madaniyat, hunarmandlikni rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari, bunyodkorlik salohiyati haqida malumot berildi.

Dunyoga mashhur Registon majmuasi bilan tanishuv va bu yerdagi milliy hunarmandlik buyumlari namoyishi ham Pokiston Prezidentida katta taassurot qoldirdi. Mirzo Ulugbek, Sherdor va Tillakori madrasalari xalqimizning boy madaniyati, ajdodlarimizning yuksak aql-zakovatidan dalolat berishi alohida qayd etildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: