O'zb  
 
23.06.2016

OZBEKISTON XITOY: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI HAR TOMONLAMA STRATEGIK SHERIKLIK

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Koksaroy qarorgohida 22-iyun kuni XXR Raisini rasmiy kutib olish marosimi boldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Si Szinpin shohsupaga kotarildilar. Ozbekiston va Xitoyning davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan otdilar.

Islom Karimov va Si Szinpinning tor doiradagi suhbatida mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentimiz XitoyRaisini mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, dostxitoy xalqiga samimiy hurmatiniizhor etdi.

Biz Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinningushbudavlat tashrifini izchil rivojlanib borayotgan Ozbekiston – Xitoy hamkorligi tarixida muhimbosqich, tomonlarning ozaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qat’iy intilishi ifodasi, deb bilamiz. Bugungi kunda Xitoy ulkan iqtisodiy, innovatsion va intellektual salohiyatga ega davlat sifatida jahon iqtisodiyoti vasiyosatidahaqli ravishda yetakchi orinni egallab kelmoqda. Ozbekiston Xitoy bilan strategik sheriklikva ozaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikni yuksak baholaydi va qadrlaydi, dedi Islom Karimov.

XXR Raisi Ozbekistonganavbatdagitashrifidanmamnunekanini bildirib, ozaro hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganinialohida takidladi.

Ozbekistonning boytarixi va madaniyatiga hurmatim baland. 2013-yilda Samarqandni, kecha Buxoroni korib, ozbek xalqining yuksak salohiyatiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Prezident Islom Karimov rahbarligida Ozbekiston barqaror siyosiy va izchil iqtisodiy taraqqiyotga erishmoqda, xalqaro hamjamiyatdagiobro-etibori muttasilortmoqda. Ozbekiston bundan ham ulkan yutuqlarni qolga kiritishiga ishonamiz, ozaro hamkorligimizni kengaytirishdan manfaatdormiz, dedi Si Szinpin.

Ozbek va xitoy xalqlari azaldan ozaro savdo-sotiq qilgan, bir-birining madaniyatini boyitgan. Bugungi kunda Ozbekiston va Xitoy munosabatlari strategik sheriklik darajasiga kotarilgan. Mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, qurilish, ilm-fan, talim, madaniyat kabi barcha sohalarni qamrab olgan. Bu aloqalar Strategik sheriklik ornatish togrisidagi qoshma deklaratsiya, Dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnoma, Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qoshma deklaratsiya kabi qator hujjatlar asosida izchil taraqqiy etmoqda.

Islom KarimovvaSi Szinpin muntazam uchrashib, mamlakatlarimiz ortasidagi aloqalarni mustahkamlash va yanada kengaytirish borasida fikr almashib kelmoqda. XXR Raisi 2013-yil sentabr oyida Ozbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan. Prezidentimiz 2014-yil avgust oyida davlat tashrifi bilan Xitoyda boldi. Islom Karimov va Si Szinpin 2015-yil sentabrda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Galabaning 70-yilligiga bagishlab Pekinda otgan tadbirlar doirasida ham uchrashdilar.

Ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar boyicha pozitsiya va yondashuvlari oxshash yoki yaqindir. Bu mamlakatlarimizning ozaro va kop tomonlama aloqalarida muhim orin tutmoqda. Ozbekiston va Xitoy xalqaro maydonda bir-birini qollab-quvvatlab kelmoqda. BMT, ShHT singari xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik kengayib bormoqda.

Muzokarada siyosiy muloqotlarni izchil davom ettirish, savdo, sanoat, iqtisodiyot, energetika, fan-talim, madaniyat kabi sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi. Mintaqamizda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, xalqaro tahdid va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Ozbekiston va Xitoy rahbarlari muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar.Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, texnikaviy, energetikava madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, ozaro savdo aylanmasi hajmini oshirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Mamlakatlarimiz ortasida savdo-sotiq sohasida eng kop qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida hukumatlararo majlislar muntazam otkazib kelinmoqda. 2011-yilda tasis etilgan Ozbekiston Xitoy hukumatlararo hamkorlik qomitasi qoshma loyihalarni ishlab chiqish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim rol oynamoqda.

Xitoy Ozbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan. Ozaro tovar ayirboshlash hajmi muttasil osib bormoqda. 2016yilning dastlabki tort oyidatovar ayirboshlash hajmi1,4 milliard dollarni tashkil etgan. Xitoyning Ozbekiston iqtisodiyotiga jalb qilgan investitsiyalari va kreditlari hajmi 6,5 milliard dollardan oshgan. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida tashkil etilgan 650 dan ziyod korxona faoliyat korsatmoqda.

Ozaro hamkorlikda qator yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. 2013-yilda tashkil etilgan Ozbekiston Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parki «Jizzax» maxsus industrial zonasi buning yorqin namunasidir. Sirdaryo viloyatida filiali bolgan ushbu industrial zonada mobil telefonlar, tikuv mashinalari, qurilish materiallari, quyosh kollektorlari va boshqaxaridorgirmahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Xitoyning PoliTeknoloji kompaniyasi bilan hamkorlikda Angrenda avtomobil va qishloq xojaligi texnikasi uchun shinalar hamda konveyyer lentasi ishlab chiqarish yolga qoyilmoqda.

Markaziy Osiyo Xitoy gaz quvurining tortta tarmogi ham mamlakatimiz orqali otishi yoqilgi-energetika sohasidagi ulkan salohiyat va ozaro manfaatdorlikdan dalolat beradi. Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va qazish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash boyicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Xitoy biznes subyektlari Dehqonobod kaliyli ogitlar zavodi va Qongirot soda zavodi qurilishida ishtirok etgan.Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish boyicha 20 loyiha amalga oshirilgan. Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Eksimbanki kreditlari evaziga sogliqni saqlash, talim, energetika, transport va boshqa sohalarda 40 dan ziyod loyiha bajarilgan.

Transport sohasidagi hamkorlik ham kengayib bormoqda. Xitoydan Yevropa davlatlariga mahsulot tashish mamlakatimiz hududi orqali amalga oshirilmoqda. Birgina Navoiy intermodal logistika markazi orqali 2015-yili 1,8 ming tonna yuk tashilgan.

Mamlakatlarimiz ortasida madaniyat, fan, talim, turizm sohalaridagi hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda.Ozbekiston Xitoy hamda Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Osiyo mamlakatlari dostlik jamiyatlari bu boradagi aloqalarni mustahkamlashda muhim omil bolmoqda.

Fan-texnika muassasalari ortasida ilmiy hamkorlik, oliy oquv yurtlari orasida talabalar almashuvi kengaymoqda. Xitoyda ozbek tili, Ozbekistonda xitoy tili orgatilmoqda. Toshkent va Samarqandda Konfutsiy instituti tashkil etilgan. Xitoy millatlar markaziy universiteti va Pekin xorijiy tillar universitetida ozbek tilini oqitish yolga qoyilgan. Shanxay universiteti huzuridagi ShHT Jamoat diplomatiyasi ilmiy tadqiqot instituti negizida Ozbekiston tadqiqotlari va talim almashuvlari markazi ochilgan.

Mamlakatlarimizda ozaro madaniy muloqotni mustahkamlashga qaratilgan kino kunlari, badiiy korgazmalar, festivallar otkazilmoqda. Xitoylik sanatkorlar Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalida muntazam qatnashib kelmoqda. 2015-yilgi festivalda bosh sovrin Gran-prini Xitoyning Jiangsu Womens Orchestra guruhi qolga kiritdi.

Toshkent va Shanxay, Samarqand va Sian, Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi ortasida birodarlik munosabatlari ornatilgani natijasida ikki mamlakat hududlarining togridan-togri aloqalari rivojlanmoqda.

Koksaroy qarorgohidagi muzokaralar yakunida Islom Karimov va Si Szinpin Ozbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qoshma bayonotini imzoladilar. Unda mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga kotarish maqsadi belgilangan.

Shuningdek, ikki davlat hukumatlari va idoralari ortasida texnikaviy-iqtisodiy, investitsiyaviy, savdo va neft-gaz sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, intellektual mulk huquqini muhofaza qilishga oid va boshqa hujjatlar imzolandi.

Ikki davlat rahbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar ozaro ishonch va ishchanlik ruhida otganini takidladilar. Muhokama qilingan barcha masalalar boyicha tomonlarning pozitsiya va qarashlari bir xil yoki oxshash ekani qayd etildi.Si Szinpin Ozbekiston Respublikasining ShHTga raisligi davrida amalga oshirilgan ishlarga yuksak baho berdi.

Kunning ikkinchi yarmida Islom Karimov va Si Szinpin Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdilar. Xitoy Raisi va Ozbekiston Prezidenti Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati azolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq sozladilar.

Davlat rahbarlari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bolgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoydi.Si Szinpin Mustaqillik maydonining memoriy yechimi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.

Anvar SAMADOV,

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: