O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.06.2016

MATBUOT MARKAZI SAMMITGA TAYYOR

Toshkent shahrida 23-24 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib otadi. ShHTga Ozbekiston Respublikasining raisligi doirasida sammit oldidan keng kolamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

ShHT sammitini yoritishda Xitoy, Rossiya, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgoniston, Hindiston, Pokiston, Belarus, Eron, Moguliston va boshqa davlatlar ommaviy axborot vositalaridan ikki yuzga yaqin vakil, mamlakatimizdan qariyb ikki yuz jurnalist qatnashadi.

ShHTning xalqaro maydondagi ahamiyati va nufuzi yuksalib, faoliyati samaradorligi oshib borayotgani jahonda katta qiziqish uygotmoqda. ShHTning Toshkent sammitini nafaqat mazkur tashkilotga a’zo, kuzatuvchi, muloqot boyicha sherik hamda mehmon sifatida taklif etilgan mamlakatlar, balki boshqa koplab davlatlarning ommaviy axborot vositalari, nufuzli xalqaro nashrlar, axborot agentliklari, internet nashrlari va telekanallar vakillari ham yoritib borish istagini bildirgani buning dalilidir.

Sammit doirasidagi tadbirlarni keng, sifatli va tezkor yoritish uchun «Ozekspomarkaz»da barcha qulayliklarga ega xalqaro matbuot markazi tashkil etildi. Sammit kunlari jurnalistlar ish olib boradigan ushbu markaz eng yuksak talablarga javob beradigan zamonaviy texnika – elektron namoyish stendlari, komputerlar, printerlar va boshqa kop funksiyali qurilmalar, telefon bilan jihozlangan, yuqori tezlikdagi Wi-Fi va simli tizimlar orqali Internet tarmogiga ulanish imkoniyati yaratilgan.

Matbuot markazida sammit arafasida va anjuman kunlari jurnalistlarning tolaqonli va samarali faoliyat korsatishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: