O'zb  
 
21.06.2016

SHHT DAVLAT RAHBARLARI KENGASHINING MAJLISIGA BAGISHLANDI

Toshkentda shu yilning 23-24 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bolib otadi. Shu munosabat bilan ShHT sammitining poytaxtimizdagi xalqaro matbuot markazida Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi.

ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etishi rasman tasdiqlangani ta’kidlandi.

Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Moguliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif kuzatuvchi davlatlar, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qiluvchi mamlakat mehmoni sifatida ishtirok etadi.

Majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qomitasi direktori Yevgeniy Sisoyev ham qatnashadi.

ShHT sammitida xalqaro hamkor tashkilotlar rahbarlari — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi orinbosari Jefri Feltman, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Ijroiya qomitasi raisi Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boyicha kengashning ijrochi direktori Gun Szyanvey ham ishtirok etadi.

Ozbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri orinbosari A.Nosirovning malum qilishicha, tadbirda ishtirok etish uchun Toshkentga ShHTga azo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, chet el ommaviy axborot vositalarining qariyb 1000 vakili tashrif buyuradi.

Bolajak ShHT sammiti davlat rahbarlarining yubiley majlisi bolib, Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topganining 15 yilligiga bagishlanadi.

Davlat rahbarlari majlis kun tartibiga muvofiq, ShHT doirasida serqirra va ozaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama etadi, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashadi.

Davlat rahbarlari uchrashuvi yakunida asosiy hujjat ShHT on besh yilligining Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi. Unda tashkilotning songgi on besh yillik faoliyati, azo davlatlarning ShHTni rivojlantirish istiqbollariga nisbatan kelishilgan yondashuvlari, shuningdek, joriy xalqaro hamda mintaqaviy vaziyat boyicha pozitsiya orin oladi.

Davlat rahbarlari 2025 yilgacha ShHTni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga doir 2016-2020 yillarga moljallangan harakat rejasi va ShHTni rivojlantirish, unga azo davlatlar ortasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi.

ShHTning bolajak sammiti Ozbekistonning tashkilotga raisligining songgi tadbiridir. Ozbekiston raisligida ShHT faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilot doirasida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar aloqalar sohalarida ozaro hamkorlikni chuqurlashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Davlat rahbarlari kengashining bolajak majlisi kun tartibini mazmunan boyitishga alohida etibor qaratildi.

ShHT sammiti arafasida Toshkentda tashkilotga azo davlatlarning turli vazirlik va idoralar rahbarlarining qator uchrashuvlari otkaziladi. ShHTga azo davlatlar madaniyat vazirlarining 21-22 iyun kunlari bolib otadigan navbatdagi yigilishida madaniyat va sanat sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.

22-23 iyun kunlari ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi va Banklararo birlashma kengashining ham majlislari otkaziladi. Ularning doirasida tashkilotga azo va kuzatuvchi davlatlarning ishbilarmon hamda moliyaviy doiralar vakillarining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasida ishtirokini faollashtirish haqida fikr almashish moljallanmoqda.

ShHT sammiti hujjatlari boyicha yakuniy kelishish maqsadida 20-22 iyun kunlari ShHTga azo davlatlar milliy koordinatorlari kengashining yigilishi bolib otmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: