O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.06.2016

MUSTAQILLIK ENG KATTA BAXT, OLIY SAODAT

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida otkazilgan seminarda Prezidentimizning «Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda partiya tashkilotlari ishtiroki boyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

— Partiyamiz tashkilotlari va barcha darajadagi deputatlik birlashmalari xalqimiz uchun eng ulug, eng aziz bayramni kotarinki ruhda otkazishda har jihatdan munosib ishtirok etishi zarur, dedi OzXDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Hotamjon Ketmonov. Bunda Ozbekistonning oziga xos va oziga mos taraqqiyot yoli ozbek modelining mamlakatimiz uchun hal qiluvchi bir paytda eng togri, eng oqilona yol sifatida tanlangani, otgan yillar davomida bu yol yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, har bir oila, butun jamiyatimiz hayotida sinovdan otib, amalda ozini oqlagani aholi ortasida otkaziladigan targibot ishlari, jonli suhbatlarning asosiy yonalishi bolishi lozim.

Zero, buning amaliy isbotini mamlakatimizning qudrati va iqtisodiy salohiyati tobora ortib, yalpi ichki mahsulotimizning osish suratlari oxirgi 11 yil davomida jahondagi sanoqli davlatlar qatorida 8 foizdan kam bolmasdan kelayotganida, aholining hayot darajasi va sifati yuksalib borayotganida ham yaqqol korishimiz mumkin.

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga togri keladigan real daromadlar 12 barobardan ziyod oshgani ham keng kolamli iqtisodiy islohotlarimizning amaliy samarasidir.

Prezidentimiz qarorining mazmun-mohiyatiga etibor qaratadigan bolsak, unda eng avvalo, shu zaminda yashayotgan insonlarning kayfiyati, bugungi hayotdan roziligini, ertangi kunga ishonchini, barcha sohalarda amalga oshirayotgan keng kolamli ishlarimizning mohiyati va ahamiyatini hamyurtlarimizga chuqur tushuntirish va jahon jamoatchiligiga yetkazish, vatandoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadi mujassam ekanligini koramiz.

Gozal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Ozbekistonim! bosh goyaga bu gozallik va betakrorlik qancha mehnat va mashaqqat evaziga kelganligi, Ozbekiston barchamiz uchun chin manodagi muqaddas vatanga, jonni fido qilishga munosib jannatmakon yurtga aylanganligi nuqtai nazardan qarasak, bu har birimizning, butun xalqimizning qalbidagi xohish-istakning ifodasi boldi, desak togri boladi.

Shuningdek, qarorda tashkiliy-amaliy, manaviy marifiy tadbirlar hamda targibot tashviqot ishlari dasturining yonalishlari belgilab berilar ekan, bunda islohotlarning faqatgina mazmunini tushuntirish emas, balki tub mohiyati va xalqimiz hayotidagi ahamiyatini keng manoda ochib berishga alohida etibor qaratilgan. Demak, zimmamizda shunchaki targibot emas, islohotlarimizning samarasini chuqur tahlillar, aniq va hayotiy misollar asosida keng jamoatchilikka yetkazish vazifasi turibdi.

Targibot tadbirlarida imkon qadar elektorat vakillarining keng qatlamlarini qamrab olish, ularga, ayniqsa, mustaqillik yillarida aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish nihoyatda muhim masaladir.

Shuningdek, yurtimizda bayram tantanalari arafasida foydalanishga topshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy obyektlarning ochilish marosimlarida deputatlar va faollarimizning ishtirok etishi hamda mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorliklarga oz munosabatini faol bildirishi bugungi muhim vazifalarimizdan hisoblanadi.

Shu orinda takidlash kerakki, aholi orasida olib boradigan targibot ishlarimizda, ayniqsa, ijtimoiy sohadagi islohotlarni yorqin va hayotiy misollar orqali keng ochib berishimiz lozim boladi.

Abdugaffor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

Mustaqillikning ilk kunlarida iqtisodiy qiyinchiliklar eng avjiga chiqqan bir paytda Kuchli ijtimoiy himoya siyosati aholining kam taminlangan tabaqalarini ijtimoiy qollab-quvvatlash, yakka-yolgiz keksalar, nogironlar, kop bolali va kam daromadli oilalarga moddiy madad bolganligini, ularning kelajakka ishonchi mustahkamlanganligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bogliq siyosat izchil davom ettirilgani bois, davlat byudjetining sotsial sohalarga yonaltirilgan xarajatlari yil sayin oshib bordi. Birgina 2015 yilda ushbu raqam 60 foizdan ortgani bu boradagi keng kolamli islohotlarning mantiqiy davomidir.

Bular elektoratimiz uchun ota muhim bolgan sogliqni saqlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy etibor va gamxorlik korsatish, onalik va bolalikni himoya qilish kabi ezgu ishlarga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizda talim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YuNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni taminlash uchun talimga yonaltirilishi zarur bolgan investitsiyalar miqdori boyicha tegishli tavsiyalaridan, yani 6-7 foizdan qariyb 2 barobar kopdir.

Jamiyatimiz hayotini butunlay ozgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab talimini rivojlantirish va boshqa umummilliy dasturlarimizning samarali amalga oshirilishida buning ahamiyati beqiyos.

Aholi orasida olib boradigan targibot ishlarimizda ijtimoiy sohadagi islohotlarni ana shunday yorqin va hayotiy misollar orqali ochib berishimiz lozim, deb hisoblayman.

Muqaddas RAHMATULLAYEVA, Toshkent shahridagi 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati:

Prezidentimiz qarorida 1990 yilda yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, gosht, sut va qandolat mahsulotlariga bolgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan bolsa, hozirgi vaqtda esa ularning 96 foizi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgani alohida takidlangan.

Darhaqiqat, bu mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyojini taminlashning mustahkam poydevori bolib xizmat qilmoqda.

Malumot uchun shuni takidlashni istardimki, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti hamda Jahon sogliqni saqlash tashkiloti malumotlariga kora, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi toyib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi tolaqonli ravishda ovqatlanmaslik muammosini boshidan kechirmoqda. Sodda qilib aytganda, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining osishi aholi soni va ehtiyojlarining osishidan ortda qolmoqda.

Ana shunday bir vaziyatda Ozbekiston 2015 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti (FAO)ga azo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini taminlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bolgan 14 davlatdan biri sifatida etirof etildi.

Shunday ekan, aholi orasidagi muloqotlarimizda, xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyojini qondirish borasida olib borilayotgan ishlar aholi salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini tushuntirishimiz kerak. Shuningdek, mustaqillikdan oldin tibbiyot muassasalari qanday ahvolda bolganini bugungi imkoniyatlar bilan qiyoslab, xulosalar aytilsa, oylaymanki, targibot ishlarimiz tasirchanroq boladi.

Nodira GAFUROVA, OzXDP Toshkent shahar kengashi Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boyicha sektor mudiri:

Prezidentimiz qarorida ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi bolmish, yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masuliyatni oz zimmasiga olishga qodir yosh avlod masalasiga ham alohida urgu berilgan.

Buning zamirida biz, yoshlarga bolgan katta ishonch va etibor mujassamlashganini yana bir bor chuqur his etdik. Demakki, biz, yoshlar ana shu ishonchga loyiq bolishimiz, bilimli, fidoyi, vatanparvar yigit-qizlar hisobiga partiyamiz safini kengaytirishga etibor qaratishimiz talab etiladi.

Mamlakatimizda yoshlarni qollab-quvvatlash boyicha qilinayotgan ishlar, yaratilayotgan imtiyozlar, boshqacha aytganda, korsatilayotgan gamxorlik va mehr zamirida biz, yoshlarni hech kimdan kam bolmagan insonlar bolib voyaga yetishimizdek, ulug maqsad yotibdi.

Buning natijasida bugun qaysi sohani olmang, gayratli, shijoatli, istedodli yoshlar tobora kopayib bormoqda. Ayniqsa, boshqaruv sohasi, siyosiy maydondan yoshlar mustahkam orin olayotgani sir emas.

Bularning barchasi mustaqilligimizning yanada mustahkamlanishiga, Bosh maqsadimiz bolgan rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishga asos boladigan muhim mezonlardir.

Biz, mustaqillik tengdoshlari xalq tili bilan aytganda, toqchilik zamonida yashamoqdamiz. Biroq bu tokin-sochinlik ayrim yoshlarda boqimandalik, loqaydlik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida tadbirlarda kechagi va bugungi hayotni taqqoslab, misollar keltirish, ularda tinchlik va osoyishtalik, farovon hayotning qadriga yetish tuygusini kuchaytirish lozim.

Psixolog va yoshlar ishtirokida suhbatlar tashkil etish orqali ularning yashirin qobiliyatlarini royobga chiqarishga qaratilgan aksiyalar, tadbirlarni tashkil etish maqsadga muvofiq, deb oylayman.

Tadbirda, shuningdek, Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalari Bosh muharriri Safar Ostonov Prezidentimiz qarorida takidlanganidek, istiqlolning xalqimiz taqdiridagi tarixiy ahamiyatini keng ochib berish, bunda mustabidlik davridagi huquqsizliklarni, boshimizga solingan kulfatlarni mustaqillik bergan imkoniyatlar bilan taqqoslab, xulosalar chiqarish lozimligini takidladi. Ayniqsa, ozimiz guvohi bolgan voqealar orqali, masalan, qishlogimiz, tumanimiz, shaharlarimizning kechagi ahvoli, bugungi qiyofasi misolida kecha kim edigu bugun kim bolganimizni yoshlarga chuqurroq anglatish zarurligiga etibor qaratdi.

Nuroniy jamgarmasi Toshkent shahar kengashi raisi, Oliy Majlis Senati azosi Muhammadjon Zufarov Toshkent shahrining istiqloldan oldingi yillardagi holati, shahar aholisining kechirgan mashaqqatli kunlari, hududni gazlashtirish, ichimlik suvi bilan taminlash masalalaridagi qiyinchiliklar haqida toxtaldi. Shaxsan Yurtboshimiz Eski shahar aholisining ogir turmush sharoitini yaxshilashga alohida etibor qaratgani, ayniqsa, mustaqillik yillarida Eski shaharda beqiyos bunyodkorliklar amalga oshirilganini misollar asosida gapirib berdi. Poytaxtimiz miqyosida bajarilgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari esa asrlarga tatigulik ekanini qayd etdi.

Tadbir songida eng ulug, eng aziz bayramni munosib kutib olish, istiqlolning hayotimizdagi ornini izchil targib etishda barcha darajadagi partiya tashkilotlarining vazifalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Prezident Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlashda faol ishtirok etish boyicha bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va maqullandi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: