O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
14.06.2016

DEPUTAT FIDOYI BOLISHI KERAK

Ulug‘bek SOBIROV, xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi a’zosi:

— Odamlar deputatlikka nomzodga ovoz berar ekan, nafaqat uning ozini qollab-quvvatlaydi, balki ortida turgan siyosiy partiyaga ham ishonch bildiradi.

Mahalliy Kengashlarga partiyamizdan saylangan deputatlarning kopchiligi bugun oz zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarib, saylovchilar ishonchini oqlayapti. Bir misol. Shu yilning otgan besh oyi davomida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari tomonidan onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati togrisida»gi Qonun doirasida barcha turdagi dorixonalar tomonidan aholiga korsatilayotgan xizmatlarning ahvoli, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, ayniqsa, qiz bolalarning sport bilan shugullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar chuqur organilib, doimiy komissiya va sessiyalar kun tartibiga kiritildi. Shuningdek, Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlarda kotarilgan muammolarni hal etishda ularning ishtiroki sezilarli darajada kuchaygani ham fikrimiz isbotidir.

Biroq mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashib borayotgani oz faoliyatimizni tanqidiy baholab, xulosa chiqarib olishimizni taqozo etadi.

Togrisini aytganda, deputatlarimiz orasida oz burchiga yuzaki yondashayotganlari ham uchramoqda. Faqat sessiyalarda ishtirok etish bilan deputatlik vazifamni ado etdim, deb oylayotgan deputatlarimiz ham yoq emas. Partiya tomonidan otkaziladigan ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ularni uchratish qiyin. Ayrim mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari esa otgan davrda qaysi masalani organib, sessiya kun tartibiga olib chiqqanini aytishga qiynaladi. Vaholanki, aynan osha hududda partiyamiz elektoratini tashvishga solayotgan muammolar bor.

Menimcha, deputatlar faoliyatini kuchaytirish uchun, avvalo, ularning saylov okrugidagi ishlarini jonlantirish kerak. Deputat oz saylovchilari bilan qanday ishlayotgani, ular kotarayotgan masalalarni hal etish boyicha qanday tashabbuslar bilan chiqayotgani partiya kengashlarining nazoratida turishi zarur, deb hisoblayman. Shuningdek, kochma Jamoatchilik qabulxonalarini koproq tashkil etish va unda deputatlarning faol ishtirokini taminlashga erishish kerak. Chunki shu orqali deputatlar joylarda uchrayotgan muammolardan yaxshiroq xabardor boladi, masalalarni aholining ozidan eshitadi, odamlar bilan bevosita muloqot yuzaga keladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: