O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
14.06.2016

YOSH SIYOSATCHILAR

siyosiy va huquqiy bilimlarini namoyish etishdi

Qarshi. «Yoshlar markazi» saroyi odamlar bilan gavjum. Men partiyamiz faollari, yoshlar bilan suhbatlashaman.

— Yosh siyosatchi tanlovida ishtirok etgan yoshlar orasidan yetakchilar, deputatlar yetishib chiqdi, deydi O‘zXDP Qarshi shahar kengashi raisi, xalq deputatlari shahar Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Rashid Murtozayev. Qarshi shahar vakili dastlabki sinovlardan yaxshi otdi, endi omadini bersin. Bu gal yoshlar har yilgidan ham faolroq. Golib chiqish oson, deb oylaysizmi?

OzXDP viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Olim Ravshanov korik-tanlov ishtirokchilariga omad tilab, tadbirni ochiq deb e’lon qildi.

Tanlovning oldingi yillardan farqi shu boldiki, birinchi kun taqdim etilgan loyihalar atroflicha muhokama qilindi. Chiroqchi tumani vakili Sardor Hamroyev transport kolleji oqituvchisi, avtomobil yollari boyicha muhandis ekan. Bugun iqtisodiy taraqqiyot yolidan borayotgan tumanda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga katta etibor berilmoqda. Shu tufayli Sardor kollejlarda soha mutaxassislari tayyorlashning amaliy samarasini asoslab berdi. Koson tumani vakili Shalola Boymurodova Hol mevalarni quritish va qadoqlash masalasida ancha izlanibdi. Togli Dehqonobod tumani vakili Orayxol Qoldosheva kasanachilik orqali yangi ish orinlari yaratish yuzasidan hayotiy takliflarni ortaga tashladi. Kasbi tumani vakili Nigora Yunusova tomorqada mahsulot yetishtirish borasida oz mulohazalarini bildirdi. Malum bolishicha, Nigora 1 million som kredit olib, 2 sotix yerda bodring yetishtiribdi, qarzni uzib, daromad ham olibdi. Menimcha, yaxshi ibrat. Qarshi shahar vakili Aziza Qoziboyevaning Virtual parlament loyihasi kopchilikning etiborini tortdi. Loyihada murakkab masalalar sodda, ishonchli bayon qilingan. Maqsad yoshlar ortasida qonunlarni targib qilish.

Har qanday musobaqaning bahsli va hal qiluvchi nuqtalari boladi, albatta. Bu safar ham ushbu talab aniq kozga tashlandi. Tanlovning ikkinchi savol-javoblar qismida bilim va tayyorgarlik ochiq imtihondan otdi. Konstitutsiyamiz, qonunlar, OzXDP dasturi, Nizomi va boshqa mavzulardagi savollar u qadar murakkab emas edi. Masalan, Kimlar siyosiy partiya azosi bola oladi?, Deputat etikasini qanday tushunasiz?, OzXDP azoligini toxtatish shartlari qanday?, Istemolchi qanday huquqlarga ega? va boshqa masalalar, albatta, puxta tayyorgarlikni talab qilardi. Ochiq aytish kerak, ayrim tuman vakillari bazi savollarga javob bera olmadi. Ammo harakat qilsa, bolarkan. Chiroqchi tumani vakili Sardor Hamroyevning javoblari menga yoqdi. Qobiliyatlilar oldinga otib olishdi. Qarshi shahar vakili Aziza Qoziboyeva, Koson tumani vakili Shalola Boymurodova, Kitob tumani vakili Islomjon Sobirjonovning javoblari bu shartda yuqori baholandi.

Songgi shartda ishtirokchilar notiqlik sanatini namoyish etishdi. Hali savollarga qiynalib javob bergan ishtirokchilar ham bu shartda jonlanib qolishdi. Ayrimlari tanlangan mavzular boyicha burro, ishonarli, kopchilikni jalb etadigan nutqlar sozlashdi. Guzor tumani vakili Doston Eshquvvatov Kim edigu kim boldik? mavzusini tola ochib berdi. Dehqonobod vakili Orayxol Qoldoshevaning Vatanga muhabbat, uning taraqqiyotiga hissa qoshishga davat etuvchi sozlari yuraklarni tolqinlantirdi. Mirishkor tumani vakili Alisher Baratov milliy parlamentimizning shakllanish bosqichlari haqida aniq raqam va malumotlar keltirgan holda shunday nutq sozladiki, hayatning yuqori bahosiga sazovor boldi.

Har qanday tanlovning yakunidan birovning kongli tolib, kimdir qoniqmasligi mumkin. Menimcha, bu safar baholar adolatli edi. Uchinchi orinni Chiroqchi tumani vakili Sardor Hamroyev, ikkinchi orinni Koson tumani vakili Shalola Boymurodova egalladi. Eng kop ball toplagan Aziza Qoziboyeva birinchi orinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yollanma oldi.

Shu orinda golib haqida ikki ogiz fikr. Aziza Qoziboyeva ancha kun burun partiyamizdagi ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga bagishlangan seminarda etiborni tortgan, amaliy mashgulot davomida joyali fikrlarni ortaga tashlagan edi. Aziza Qarshi shahridagi qurilish kollejida alo baholar bilan oqib, jamoat ishlarida faol qatnashmoqda. Istedodi shakllanib, sherlari chop etilyapti. Azizaning tanlov davomida oqib bergan sherlari kopchilikka manzur boldi.

Bugungi korikda qatnashganlarning bari el-yurt ravnaqi yolida yonib yashaydigan yoshlardir, deydi hayat azosi, Respublika manaviyat targibot markazi Qarshi shahar bolimi rahbari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi Zarnigor Ahmedova. Ular orasida Aziza goliblikka juda munosib.

Aslida kopchilikning bahosi ham shunday edi.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: