O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
11.06.2016

YOSHLAR OMMAVIY MADANIYATGA QARSHI

Poytaxtimizdagi Ikkinchi Respublika tibbiyot kollejida «Biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz ham!» shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbir bolib otdi.

Yurtimizda manaviy-marifiy muhitni yanada soglomlashtirish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga Vatanga muhabbat, istiqlol goyalariga sadoqat tuygularini chuqur singdirish, milliy anana va qadriyatlarimizni rivojlantirish hamda izchil targib etish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda yosh avlodni turli manaviy tahdidlardan, xususan, ommaviy madaniyatning salbiy tasiridan himoya qilishga alohida etibor qaratilmoqda.

Axborot globallashuvi tufayli turli mafkuraviy tasirlar, ayniqsa, yoshlar tafakkurini egallashga qaratilgan garazli xurujlar tobora kuchaygan bugungi davrda bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bolib yashash har birimizning burchimizdir. Mamlakatimizda yosh avlodning manaviy-axloqiy tarbiyasini togri shakllantirish, ularni turli tahdidlardan himoya qilish, ongu tafakkurini yuksaltirish manaviy-marifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yonalishlaridan biridir.

— Bunday tadbirlar yoshlarni faol va ogoh bolishga, diniy ekstremizm, giyohvandlik, odam savdosi singari jirkanch illatlarga qarshi murosasiz kurashishga undashi bilan ahamiyatlidir, deydi Ikkinchi Respublika tibbiyot kolleji oquvchisi Komila Akromova. Bunday illatlar, xususan, ommaviy madaniyat hali dunyoqarashi tola shakllanmagan, hayotiy pozitsiya va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolmagan yoshlarga tasir otkazishi mumkin.

Globallashuv tufayli turli mafkuraviy tasirlar, ayniqsa, yoshlar tafakkurini egallashga qaratilgan garazli xurujlar tobora kuchaygan bugungi davrda bunday xatarlarga qarshi murosasiz yashash har birimizning burchimizdir.

Hozirgi kunga kelib manaviy tahdidlar asosan internet tarmogi orqali kirib kelayotganini hisobga olib, yoshlarimizda internetdan togri foydalanish konikmasini shakllantirish borasidagi tushuntirish-targibot ishlari kuchaytirilmoqda, deydi OzXDP faoli, Ikkinchi Respublika tibbiyot kolleji direktori Mirjalol Adilov. Yoshlarimizning manaviy immunitetini oshirish, ularni oz kasbining mohir mutaxassisi, ijtimoiy-siyosiy faol shaxs sifatida voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda turli sohalarda bilim va salohiyatini namoyon etib, Vatanimiz taraqqiyoti, uning xalqaro maydondagi obro-etibori yuksalishiga munosib hissa qoshayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani qayd etildi. Talim muassasalarida yoshlarni turli tahdidlardan himoya qilish, ularda yurt ravnaqiga daxldorlik tuygusini tarbiyalash yuzasidan olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish boyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Navroz SHODMONQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: