O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
11.06.2016

NAMUNALI BOSHLANGICH TASHKILOTLAR TAJRIBASI

o‘rganilmoqda, ommalashtirilmoqda

Har bir siyosiy partiya oz a’zolari va tarafdorlarini kopaytirishdan manfaatdor, albatta. Ammo avvalo, elektorat bilan izchil ish olib borishi, oz goyasi hayotiyligini keng targib qilishi kerak boladi. Bu esa kop jihatdan boshlangich tashkilotlar faolligiga bogliq.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi bu masalaga alohida etibor qaratib kelmoqda. Bugungi kunning dolzarb mavzulari boyicha davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminar-treninglarni koproq olis hududlardagi boshlangich tashkilotlarda otkazishga harakat qilinmoqda. Joriy yil mart oyidan boshlab partiya tashkiloti quyi boginlar bilan tajriba almashish, namunali quyi boginlar ishini keng ommalashtirish, yetakchilar, faol azolarni ragbatlantirish, ularni qollab-quvvatlash maqsadida hududlarga chiqib, quyi boginlar faoliyatini izchil organmoqda.

Toshkent viloyat kengashi masul xodimlari, Bekobod shahar, Bekobod va Boka tuman partiya kengashlari faollari, deputatlar bilan Orta Chirchiq tumaniga kirib borganimizda bizni partiyamiz yetakchisi Egamberdi Ernazarov xushkayfiyat bilan kutib oldi.

— Tumanimizga xush kelibsizlar! Bugun sizlarni namunali boshlangich tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishtiramiz, dedi u.

Ayni paytda hududimizda partiyamizning 37 boshlangich tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Mahalliy kengashning 30 nafar deputatidan 8 nafari OzXDP vakillari. Ularning partiyamiz quyi tashkilotlari bilan mustahkam hamkorligi tufayli tuman Kengashi sessiyalariga elektorat manfaatini himoya qilishga qaratilgan onlab masalalar kiritildi.

Umuman, elektorat manfaatlarini himoya qilish, partiya goyalarini aholi orasida keng targib etishda boshlangich tashkilotlarga suyanib ish koramiz. Sizlarni dastlab «Mayramkol» mahalla fuqarolar yigini qoshidagi boshlangich tashkilot bilan tanishtiraman.

Mahalla fuqarolar yigini binosi yaqinda foydalanishga topshirilgan ekan. Shinamgina xonalarga kirib borganimizda mahalla haqidagi malumotlar bilan birga partiyamiz faoliyatiga oid koplab hujjatlar tartib bilan joylashtirilganini kordik. Xona burchagida boshlangich tashkilot pasporti orin olgan. Shuningdek, boshlangich tashkilot va yetakchining kundalik ish rejasi tuzilgan. Ishtirokchilar boshlangich partiya tashkiloti ishi bilan tanishish asnosida, ozaro fikr almashishdi, yutuq va kamchiliklarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, uchrashuv bahonasida partiyaga yangi qabul qilingan azolarga guvohnomalar topshirildi.

Mahallamizda 2187 nafar aholi istiqomat qiladi, deydi mahalla fuqarolar yigini raisi, partiya faoli Otkir Eshov. Ularning 100 ga yaqini OzXDP azosi. Partiyamiz goyalari bevosita mahalla faoliyati bilan bogliqligi sababli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tadbirlarni koproq otkazyapmiz. Elektorat manfaatlari samarali himoya etilishida bu juda qol keladi. Biz fuqarolar murojaatlarini deputatlar bilan birga hal etishga harakat qilamiz. Har oyning oxirgi payshanbasida siyosiy oquv tashkil etiladi. Unda qonunchiligimizga oid ozgarishlar, siyosiy partiya va uning azolari zimmasiga yuklatilgan vazifalar tushuntirib boriladi. Bu albatta, aholining huquqiy-siyosiy savodxonligi oshishida muhim ahamiyatga ega.

Shuni alohida takidlash kerakki, boshlangich tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish, azolarini partiya yuqori tashkilotlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya olib borayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega, deydi Yangi hayot mahalla fuqarolar yigini raisi, xalq deputatlari Orta Chirchiq tuman Kengashi deputati Gulnora Fayzullayeva. Xosh, bunga qanday qilib erishish mumkin? Avvalo, partiyaning Markaziy Kengashidan tortib tuman, shahar tashkilotlari bilan aloqani mustahkamlashimiz kerak. BPT tomonidan kotarilayotgan hech bir taklif etibordan chetda qolmasligi lozim. Partiya tashkilotlari, guruhlari ularni chuqur tahlil etib, hayotga tatbiq qilish uchun kurashishi kerak. Biz bu tajribadan samarali foydalanishga harakat qilyapmiz. Mahallamizda aholini, elektorat vakillarini oylantirayotgan masalalarni deputatlik sorovi orqali yechishga hamda ularni sessiyalarda korilishiga erishishga harakat qilyapmiz.

Sayohatimiz Burgalik mahallasida davom etdi. Mahalla maslahatchisi Sanobar Haydarova mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, boshlangich partiya tashkiloti tashabbuslari haqida gapirib berdi.

Aholidan turli masalalarda murojaatlar boladi, deydi u. Ularni boshlangich partiya tashkiloti yigilishida atroflicha muhokama qilamiz. Muammolar oz vaqtida hal etilishida faollarimizning hissasi katta bolyapti. Chunki ular elektoratni oylantirayotgan masalalarni yaxshi bilishadi. Biz murojaatlar asosida deputatlarga, tuman partiya kengashiga takliflar bilan chiqamiz. Bu faoliyatimiz samarasida qol keladi, albatta.

Tajriba almashish Istiqlol qishlogidagi mahallada yakunlandi. Boshlangich tashkilotlar faoliyati bilan tanishish davomida ularni yanada jonlantirishga xizmat qiladigan takliflar bildirildi.

Aslida bugungidek jonli muloqotlar, joylarga chiqib tajriba almashish amaliyoti faoliyatimizda yaxshi samara beradi, deydi xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati, shahar koptarmoqli markaziy poliklinikasi bosh vrachi Rano Sattorova. Bir xillikdan, bir xil usullardan qochishimiz kerak. Odamlar foydali tadbirlarga, yangiliklarga intiladi. Tajriba almashish bizga har tomonlama foydalidir.

Bugungi tadbirdan kozlangan asosiy maqsad boshlangich partiya tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish edi, deydi OzXDP Toshkent viloyat kengashi sektor mudiri Ilmijahon Tleubergenova. Oylaymanki, biz maqsadga erishdik. Tadbir davomida kamchiliklar togrisida ham soz bordi. Olis hududlardagi boshlangich partiya tashkilotlari moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, ayniqsa, ularni huquqiy siyosiy adabiyotlar bilan boyitishga alohida etibor qaratishimiz kerak.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: