O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
09.06.2016

DUNYO BOLALAR NIGOHIDA

O‘zXDP Bulungur tuman kengashi, tarmoq kasaba uyushmasi hamda «Barkamol avlod» bolalar markazining tuman bolimi hamkorligida 7 yoshdan 14 yoshgacha bolgan iqtidorli oquvchilar ortasida rasmlar korik-tanlovi otkazildi.

— Tanlovni ikki guruhda, 7 yoshdan 12 yoshgacha va 12 yoshdan 14 yoshgacha bolgan bolalar ortasida otkazdik, deydi OzXDP tuman kengashi raisi Baxtiyor Rajabov. Bu kabi tadbirlar yoshlar iste’dodining shakllanishida, ular qalbida ona-Vatanga muhabbat tuygusi uygonishida muhim ahamiyat kasb etadi, deb oylaymiz.

Har bir ishtirokchi 4 ijodiy ishi bilan qatnashdi, deydi Barkamol avlod bolalar markazi tuman bolimi rahbari Bahodir Yorboyev. Bolalar asarlarida turli millat vakillari farzandlarining inoqligi, bolalikning baxtli onlari, davlatimiz mustaqilligi yutuqlari, dunyo tinchligi manzaralari aks etdi.

Korik-tanlovda Nilufar Keldibekova 7-12 yoshlilar ortasida, Alisher Xorozov 12-14 yoshlilar ortasida birinchi oringa, 2-umumtalim maktabining 1-sinf oquvchisi Charos Mamarajabova va 40-umumtalim maktabining 7-sinf oquvchisi Egamnazar Mamayusupov ikkinchi, 29-umumtalim maktabining 3-sinf oquvchisi Diyorbek Hayitboyev va 5-umumtalim maktabining 6-sinf oquvchisi Dadaxon Jamolov uchinchi orinni egalladi.

Shuningdek, Eng nafis ijodkor, Eng chiroyli tinchlik tasavvuri, Eng namunali tasviriy sanat, Korgazma debyutidagi eng yaxshi ijodiy ish kabi nominatsiyalar boyicha ham goliblar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovgalari topshirildi.

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: