O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.06.2016

MAHALLA SAYLOVI: HECH KIM BEFARQ EMAS

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar — 2016» mavzusida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016 yil 5 martdagi «Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan shu kunlarda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan so‘rovda mamlakatimizning barcha hududlari qamrab olindi.

Saylov bilan bog‘liq keng ko‘lamli chora-tadbirlar so‘rovda ishtirok etgan aksariyat fuqarolar tomonidan ijobiy baholandi. Turli ijtimoiy qatlamga mansub fuqarolarning deyarli barchasi mustaqillik yillarida mahalla institutining nafaqat ma’naviy, balki siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni hal etishdagi o‘rni mustahkamlanganini alohida qayd etdi. So‘rov ishtirokchilarining 96,8 foizi mahallaning o‘zi hamda oilasi hayotida muhim o‘rin tutishini, istiqomat qilayotgan hududida osoyishtalik, barqarorlik, obodlik ta’minlanishida, demokratik tamoyillar qaror topishida muhim rol o‘ynayotganini bildirgan.

Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi mamlakatimizda shakllangan demokratik saylov tizimining uzviy qismi bo‘lib, unda fuqarolar o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etadi. So‘rov ishtirokchilari bu eng muhim huquqlardan biri, deb hisoblaydi.

Aholining aksariyati (91,6 foizi) ayni paytda mamlakatimizda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi bo‘lib o‘tayotganidan xabardor.

Mahallalar aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish, hududni obodonlashtirish, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi o‘ttizdan ziyod vazifa va vakolatlarni amalga oshirayotir. Har bir inson hayotiga bevosita daxldor bu masalalar yechimi mahallaga tegishli ekani, bu borada mahalla faollari izchil ishlarni amalga oshirayotganini so‘rovda ishtirok etganlarning 80 foizi qayd etgan.

Aholi bo‘lib o‘tayotgan saylovlarga alohida e’tibor bilan qarab, fuqarolar yig‘ini raisiga munosib nomzod saylanishidan manfaatdor ekanini bildirgan. Mahalla raisligiga kimlarning nomzodi ko‘rsatilgani, ularning dasturida nimalar ko‘zda tutilganini bilishga qiziqish bu galgi saylovda sezilarli darajada kuchaygan. Deyarli 80 foiz aholi saylov kampaniyasida ishtirok etish niyatida ekanini bildirgani shundan dalolat beradi.

Ijtimoiy so‘rov natijalari yana shuni ko‘rsatdiki, bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda ayollar faol ishtirok etish bilan birga, ular fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchisi lavozimiga saylanmoqda. Bu mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni va roli ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Ijtimoiy so‘rov qatnashchilari fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari mahallalarning gullab-yashnashiga hissa qo‘shishi, aholi turmush farovonligi yanada oshishi uchun jonbozlik ko‘rsatishi lozim, deb hisoblaydi. Fuqarolarimiz tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik har bir mahalla, har bir oilada qaror topishi Vatanimizning yanada taraqqiy etishida mustahkam poydevor ekanini alohida ta’kidlagan.

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi

ma’lumotlari asosida O‘zA muxbiri

N.ABDURAIMOVA

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: