O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
07.06.2016

AHOLI BANDLIGI DOIMIY ETIBORDA

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari va xotin-qizlarning bank xizmatlaridan foydalanishini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi, Vobkent tumani xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda partiya a’zolari, tijorat banklari vakillari, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

— Joriy yilda viloyatimizda yoshlar uchun 32 ming 458 ish o‘rni yaratiladi. Ularning 27 mingdan ortig‘i o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga mo‘ljallangan, — deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisining o‘rinbosari Sh.Nabiyeva. — Bandlik dasturi ijrosi doimiy e’tiborimizda. Bu borada xotin-qizlar qo‘mitalari, tijorat banklari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligimiz qo‘l kelmoqda. Partiyamizdan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylangan deputatlar yoshlarning bandligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni Kengashlarning doimiy komissiyalari yig‘ilishlari va sessiyalarida muhokama qilishda yaxshi tajribaga ega. Ayni paytda deputatlarimiz turli tashkilot va korxonalarga bandlik dasturi ijrosi yuzasidan deputatlik so‘rovi bilan chiqish orqali jamoatchilik nazorati mexanizmidan ham foydalanmoqda.

Yangi ish o‘rinlari yaratish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish muhim ahamiyatga ega. Tijorat banklari tomonidan viloyatda joriy yilda ularga 20 milliard so‘mlikdan ziyod kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Seminarda yoshlarga tikuvchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yo‘nalishlarda o‘z loyihalarini amalga oshirishi uchun biznes-reja tayyorlash va kredit olish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Tadbir doirasida tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Bu yoshlarga o‘z qiziqishi va mutaxassisligi bo‘yicha ish topish imkonini berdi.

E.YODGOROV,

O‘zA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: