O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
07.06.2016

MASALANING KATTA-KICHIGI BOLMAYDI,

asosiy gap unga yechim topilishida

Joylarda doimiy ravishda ko‘chma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etib borilmoqda. Xususan, may oyining o‘zida 19 tuman va shaharda fuqarolar qabuli yo‘lga qo‘yildi va 91 murojaat kelib tushdi. Shu kungacha ularning 75 foizi ijobiy hal etildi. Bu jarayonda deputatlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari, huquqshunoslar ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tizimida saylovchilar murojaatlarini qabul qilish, elektorat vakillarini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha, aytish mumkinki, katta tajriba to‘plangan. Partiya mahalliy kengashlari huzuridagi Jamoatchilik qabulxonalari aholi, xususan, elektorat manfaatlarini himoya qilishda qo‘l kelmoqda. Eng muhimi, shu asosda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslar tobora ko‘payib bormoqda.

Har bir murojaat partiya faollari va deputatlar tomonidan puxta o‘rganilib, ularning aksariyati tegishli idora va tashkilotlar yordamida hal etilmoqda, qolganlariga yuridik maslahatlar berilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlarning asosiy qismi kommunal, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi sohasi, shuningdek, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam kabi masalalar bilan bog‘liq. Jumladan, shu vaqt mobaynida 4195 nafar aholi murojaat qildi. Murojaatlarning 812 tasi kommunal soha yuzasidan, 233 tasi ish haqi, nafaqa va pensiyalar o‘z vaqtida berilmayotganidan shikoyat mazmunida bo‘lgan. 907 nafar fuqaro esa ishga joylashishda yordam so‘ragan.

Partiya faollarining qayd etishicha, aholi tomonidan qabulxonaga bo‘layotgan murojaatlar soni ortib bormoqda. Buning o‘ziga xos sabablari bor, albatta. Ya’ni, bu joylardagi partiya tashkilotlari va guruhlarining ishga munosabati tubdan o‘zgargani, aholining ishonchi ortganidan dalolat beradi.

Joylarda doimiy ravishda ko‘chma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etib borilmoqda. Xususan, may oyining o‘zida 19 tuman va shaharda fuqarolar qabuli yo‘lga qo‘yildi va 91 murojaat kelib tushdi. Shu kungacha ularning 75 foizi ijobiy hal etildi. Bu jarayonda deputatlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari, huquqshunoslar ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Murojaatlarni har tomonlama chuqur o‘rganish, fuqarolardan tushayotgan takliflarni umumlashtirish bugun odamlarni ko‘proq qanday masalalar o‘ylantirayotganini aniqlash imkonini beradi. Buning yana bir jihati borki, jamoatchilik va deputatlik nazorati kuchayadi.

Xo‘sh, shu kunlarda Jamoatchilik qabulxonalari imkoniyatidan samarali foydalanish maqsadida qanday yangi tashabbuslar ilgari surilmoqda? Ular faoliyatini yanada kuchaytirish uchun nimalarga ahamiyat berish zarur?

Durbek XUDOYQULOV, O‘zXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri:

— Haqiqatan ham, murojaatlar asosida aholining ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muammolarini o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba to‘pladik. Endilikda buni izchil davom ettirish, Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish talab etilmoqda.

Buning uchun birinchi galda boshlang‘ich partiya tashkilotlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida ko‘chma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil qilish masalasiga yangicha yondashish zarur bo‘ladi.

Hozir partiya faollari mahallalarda, turli korxona va tashkilotlarda davra suhbatlari tashkil etib, fuqarolar murojaatlarini qabul qilmoqda. Odamlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilyapti. Elektorat vakillarining masalalari umumlashtirilib, partiya guruhlarimiz tashabbusi bilan doimiy komissiya, sessiyalarda muhokama etilyapti. Misol uchun, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha doimiy komissiya va sessiyalarga kiritiladigan aksariyat masalalar Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlar asosida tayyorlanmoqda.

Haydar BOBOXONOV, O‘zXDP Toshkent shahar kengashi raisi:

— Joriy yilning o‘tgan davrida O‘zXDP Toshkent shahar va tuman kengashlaridagi Jamoatchilik qabulxonalariga 179 murojaat bo‘ldi. Ularning 70 foizi partiya faollari, deputatlar va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, muammolar bartaraf etildi. Qolganlariga huquqiy maslahatlar berildi.

O‘ylashimcha, Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatida barcha darajadagi partiya tashkilotlari hamda deputatlar ishtirokini ta’minlash zarur. Aholi murojaatlarini tahlil qilib, hududlar uchun xos bo‘lgan masalalarni umumlashtirgan holda, yuqori partiya tashkilotlariga olib chiqish lozim. Boshlang‘ich partiya tashkilotlarimiz faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarda esa ishchilarning mehnat sharoiti, ijtimoiy himoyasi qandayligini o‘rganishimiz, mahalla fuqarolar yig‘inlarida ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy nafaqa olishi holatini monitoring qilib borish zarur. Bu joylardagi muammolarga yechim topishda muhim o‘rin tutadi.

Ma’lum bo‘lishicha, qabulxonaga huquqiy maslahat, biror-bir masalani hal etish yuzasidan yo‘l-yo‘riq so‘rab kelgan fuqarolar ham oz emas. Shu bois, aksariyat qabulxonalar huzurida huquqiy maslahatxonalar tashkil etilgan. Bu elektorat vakillarini o‘ylantirgan masalalarga malakali javob berilishi bilan birga, fuqarolarning huquqiy bilimini oshirishga xizmat qilmoqda.

— Murojaatlarga yechim topish uchun birinchi galda masalani deputatlar va partiya faollari o‘rtasida muhokama qilamiz, — deydi O‘zXDP Namangan viloyat kengashi raisi Dilorom Abdurahimova. — Ularning fikrlarini o‘rgangach, eng ma’qul yechimga to‘xtalamiz. Shundan so‘ng, murojaat ma’lum bir deputatga topshiriladi. Bu bilan ish yakunlanmaydi, albatta. Masala deputatlardan iborat maxsus ishchi guruh e’tiborida turadi.

Hozir Jamoatchilik qabulxonalarini aholi uchun qulay bo‘lgan dam olish kunlarida tashkil etishga alohida e’tibor beryapmiz. Bu boradagi rejalarimizni va ko‘rgazmali materiallarni boshlang‘ich tashkilotlarimiz yordamida keng tatbiq etyapmiz.

Laziza SHEROVA,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: