O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.06.2016

MUSTAQIL YURT ODAMLARI

bugunidan rozi, ertasidan ko‘ngli to‘q

Bugun har bir yurtdoshimiz mamlakatimiz hayotida, o‘z taqdirida yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangilanish va rivojlanishning bosh omili Istiqlol ekani, Mustaqillik tufayligina mana shunday yorug‘ kunlarga yetganimizni yaxshi anglaydi.

Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini o‘qib, o‘rganayotgan hamyurtlarimizning suhbatlarida bu yana bir bor o‘z ifodasini topmoqda. Partiyadoshlarimiz, deputatlarimiz ham mustaqillik imkoniyatlari, erkinlik qadri haqida to‘lib-toshib gapirmoqda, fikr-mulohaza yuritmoqda, bu nurafshon kunlar va tinchlikning shukronasini aytishmoqda.

Tursunpo‘lat NORBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Mustaqillik haqida so‘z ketganda, hayotimning eng mushkul davrlari bo‘lgan o‘tgan asrning saksoninchi yillari yodimga tushadi. O‘sha paytlari talaba edim. Bir yili qishning qoq o‘rtasigacha, yangi yilga ikki kun qolganiga qadar paxta yig‘im-terimida bo‘ldik. Sovuq va izg‘irindan ko‘pchilik kursdoshlarim qatori men ham shamollab qolgan edim.

Ikki-uch oy davolanib, zo‘rg‘a salomatligimni tiklab olganman. Yoshlik, yigitlik quvvati tufaylimi, bu qiyinchiliklarni tez unutib yubordim. Ammo juda ko‘plab ayollar, maktab o‘quvchilari yomg‘ir-qor ostida paxta terib, kasalliklar orttirib olishar edi.

Prezidentimizning «Mustaqilligimizning yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishto‘g‘risida»gi qarorini o‘qib, o‘sha mudhish manzaralar yana bir bor ko‘z oldimdan o‘tdi. Hozir kishini bir savol qiynaydi: nahotki, yosh bolalarga, ayollarga shafqat qilishmagan, nahotki ularga hech kimning rahmi kelmagan bo‘lsa?..

Qarorda biz qayta-qayta o‘qib, o‘rganishimiz, fikrlab, xulosalar chiqarib olishimiz kerak bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p masalalar qayd etilgan. Misol uchun, mustaqillik yillarida xalqimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan ijtimoiy sohani olib qaraylik. Davlat byudjetining ushbu sohaga yo‘naltirilgan yillik xarajatlari izchil oshirib borilgani, 2015 yilda bu raqam qariyb 60 foizdan ortgani nimani bildiradi? O‘ylab ko‘raylik, buning hisobiga tibbiyot, ta’lim, sport, san’at sohasida qanday ulkan ishlar amalga oshirildi, onalar va bolalarga, qariyalarga, nogironlarga keng imtiyozlar yaratildi, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu qilingan ishlar inson va uning manfaati, baxtu saodati uchun ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Eng muhimi, yurtdoshlarimizning ongida, dunyoqarashida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Odamlarning hayotga, mehnatga munosabati o‘zgardi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi oshdi. Bular biz qo‘lga kiritgan eng katta yutuqlar, deb o‘ylayman.

Hayotxon ORTIQBOYEVA, O‘zXDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi o‘rinbosari, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi:

— Bugungi dunyo manzarasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tinchlik uchun, butun mintaqada, jahonda osoyishtalik o‘rnatish uchun kurashayotgan davlatlar u qadar ko‘p emas. Prezidentimizning qarorida ham bugun biz boshimizdan kechirayotgan o‘ta tahlikali zamonda, yon-atrofimizda turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.

Istiqlol yillarida bosib o‘tilgan yo‘lga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xalqimiz tinchligi va taraqqiyotini ko‘rolmaydigan, osoyishtaligimizga tahdid solmoqchi bo‘lgan kuchlarning turli o‘yinlariga guvoh bo‘lamiz. Ammo uzoqni ko‘zlab, oqilona olib borilgan siyosat tufayli tinchlik, barqarorlik saqlab qolindi, hayotimiz kundan-kunga farovonlashib bordi.

Yaqin o‘tmishda boshimizdan o‘tgan voqealarni bilgan biladi, bilmagan bilmaydi. Shu bois, ma’rifiy, ma’naviy tadbirlarimizda, siyosiy o‘quv jarayonlarida bu masalalarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Kecha kim edigu, bugun kim bo‘lganimizni, bu yutuqlarga nimalar hisobidan erishganimizni, ayniqsa, yoshlarga ko‘proq tushuntirishimiz kerak bo‘ladi. Nafaqat kechagi og‘ir kunlarni ko‘rganlar, balki bugungi yoshlarimiz ham tinch hayotimiz, taraqqiyotimiz, farovonligimiz asosi bo‘lgan mustaqilligimiz qadri naqadar ulug‘ ekanini chuqur his etsin.

Sobitxon TURG‘UNOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Bugun mustaqil fikrlaydigan, o‘z ona yurtiga mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan, hech kimdan kam bo‘lmaydigan, hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan yangi avlodni tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Buni Istiqlolimizning 25 yillik to‘yi arafasida yanada yaqqolroq his etib turibmiz.

Prezidentimiz qarorida jamiyat hayotini butunlay o‘zgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish va boshqa umummilliy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda o‘n ikki yillik majburiy va bepul, umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga, ikki bosqichli oliy ta’lim tizimiga asos solinib, zamonaviy yangi avlod kadrlarini tarbiyalash uchun mustahkam poydevor yaratilgani O‘zbekistonimizning jahon maydonida raqobatdoshligini ta’minlashning ishonchli zamini bo‘lib xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi universitet va institutlarda 230 ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo‘naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiq bo‘layotgani ham mazkur sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasidir.

Ta’lim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etadigan bo‘lsak, barcha yo‘nalishlarda puxta tizim, tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilganini ko‘ramiz. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, o‘quv jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ammo yaqin o‘tmishda ta’lim sohasining ahvoli qanday edi? Birgina maktablarimizni oladigan bo‘lsak, ularning yarmidan ko‘pi nomunosib binolarga joylashtirilgan edi. Bugun esa mamlakatimizning qaysi hududiga bormang, eng muhtasham binolar maktab, litsey, kollej binolari ekanini ko‘rasiz. Bu o‘zgarish va yangilanishlarning barchasi zamirida mustaqillik turganini chuqur his qilishimiz, buni odamlarga ta’sirchanroq usulda yetkazishimiz kerak.

Umuman olganda, mustaqillik xalqimizning tarixiy yutug‘i, bugungi kunlarimiz asosi, kelajak avlod tayanchidir. Uni mustahkamlash, yutuqlarimizni nafaqat e’tirof etish, balki, har birimiz o‘z faoliyatimizni tanqidiy tahlil qilishimiz, yanada yuksak marralar sari dadil odimlashimiz talab etiladi.

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri

Nurali ORIPOV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: