O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
04.06.2016

PARTIYADOSHIMIZ TASHABBUSI BILAN

mahallada savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi oydalanishga topshirildi, 13 nafar kishining bandligi ta’minlandi, yil oxirigacha yana 10 nafar kishi yangi ish joylariga ega boladi

Oltinsoy tumanining Hayrondara mahallasida istiqomat qiluvchi OzXDP faollaridan biri Jorabek Mengnorovning jonkuyarligi tufayli yaqinda ikki qavatli savdo va maishiy xizmat korsatish majmuasi ish boshladi. Savdo dokonlari, maishiy xizmat korsatish shoxobchasi, novvoyxona, gozallik saloni hamda tikuvchilik sexidan iborat mojaz maskanning ishga tushirilishi sharofati bilan 13 nafar kishi ishli boldi.

— Hayrondara Oltinsoy tumani markazidan 23, Denovdan esa 16 kilometr olisda joylashgan, deydi xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Bahodir Togayev. Chekka hududda uch ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Barcha zarur sharoitlarga ega yangi majmuaning ishga tushirilishi ayni muddao boldi. Partiyadoshimizning xayrli ishidan mamnunmiz.

Izlanish, intilish va tashabbus bor joyda taraqqiyot boladi, suhbatga qoshildi mahalla faoli Mahmud Qaynarov. Yaqin-yaqingacha bu joylar tashlandiq hudud edi. Endilikda obod maskanga aylandi. Qolaversa, bir guruh mahalladoshlarimiz ish bilan taminlandi.

Yaqin kunlarda komputer xizmati yolga qoyilib, erkaklar sartaroshxonasini ham ishga tushirmoqchimiz, deydi OzXDP azosi Jorabek Mengnorov. Song navbat avtomobillarga servis xizmati korsatish shoxobchasiga. Mini-futbol maydonchasini ham barpo etishni rejalashtirmoqdamiz.

Bunday bunyodkorliklar tufayli avvalo mahalla obod bolmoqda. Xizmat korsatish madaniyati yuksalmoqda. Eng muhimi, odamlar ishli bolmoqda.

Abdumalik HAYDAROV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: