O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
04.06.2016

YOSHLAR BANDLIGI DOLZARB MASALA

Partiyamiz Saylovoldi dasturida aholini, shu jumladan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ish bilan ta’minlash borasida davlat tashkilotlari, ijro hokimiyati idoralari hamda korxona-tashkilotlar masuliyatini oshirish muhim vazifa etib belgilangan.

Har bir fuqaro mehnat qilib, o‘z qobiliyatini royobga chiqarishni, jamiyat hayotida faol ishtirok etishni istaydi. Biroq bu borada hammaning ham imkoniyati teng emas. Shuning uchun aholining qollab-quvvatlashga muhtoj qatlami manzilli ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularga mehnat qilishi uchun keng imkon yaratish davlat va jamiyat oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusi bilan «Mikrokreditbank», Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi hamkorligida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi gidromelioratsiya va xizmat korsatish kasb-hunar kollejida Kasb-hunar kolleji bitiruvchilari va xotin-qizlar bandligini taminlashda mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish mavzusiga bagishlangan seminar bolib otdi.

Tadbirda partiya faollari va azolari mahalliy Kengashlar deputatlari, Mikrokreditbank viloyat bolimi mutasaddilari, Xotin-qizlar qomitasi masullari, kollej bitiruvchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

— Partiyamiz Saylovoldi dasturida aholini, shu jumladan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ish bilan taminlash borasida davlat tashkilotlari, ijro hokimiyati idoralari hamda korxona-tashkilotlar masuliyatini oshirish muhim vazifa etib belgilangan, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Komila Karomova. Shu bois yangi ish orinlari tashkil etish va bitiruvchilar bandligini taminlash biz uchun eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada OzXDP faollari, deputatlik guruhlari qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari hamkorligida mazkur yonalishda muntazam monitoring olib borilmoqda. Xato va kamchiliklarni bartaraf etish boyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qollab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida etibor tufayli, chorvachilik, asalarichilik bilan shugullanish, issiqxona barpo etish, hunarmandchilik va zamonaviy xizmat korsatishni yolga qoyishga ishtiyoqmand yigit-qizlar kopayib bormoqda. Ularni qollab-quvvatlashimiz va yol-yoriq korsatishimiz muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda soha mutaxassislari bugungi kunda oz mustaqil faoliyatini boshlash istagida bolgan yoshlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar, shart-sharoitlar, huquqiy asoslar, biznesni sugurtalash masalalari boyicha tushuncha berishdi.

Malumot ornida aytish kerakki, Oqoltin gidromelioratsiya va xizmat korsatish kasb-hunar kollejini tamomlagan 200 dan ziyod bitiruvchining asosiy qismi oz mutaxassisligi boyicha ishga joylashgan. Tadbirkorlik bilan shugullanish istagini bildirgan 5 nafar bitiruvchiga tijorat banklari tomonidan kredit mablaglari ajratilmoqda.

Biz, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan xursandmiz, deydi kollej bitiruvchisi Zulayho Orifbekova. Tumanimizda oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga moljallangan mini-market ochish maqsadida Mikrokreditbankdan 40 million som miqdorida kredit oldim. Hozircha 3 nafar tengdoshim men bilan birga ishlamoqda. Kelajakda faoliyatimni kengaytirib, yana bir necha tengdoshlarimni ish bilan taminlamoqchiman.

Tadbir doirasida Mikrokreditbank tomonidan tashkil etilgan aholiga bank xizmati korsatish, kreditlarni rasmiylashtirishga oid yol-yoriqlar aks etgan korgazma ham qatnashchilarga manzur boldi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi va mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida kochma Jamoatchilik qabulxonasi tashkil etilib, qator murojaatlar qabul qilindi, ularni hal etish boyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Navroz SHODMONQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: