O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.05.2012

Xolis xulosa orniga

O‘zLiDeP boshqalarni aybdor qilishga urinmoqda

Siyosiy partiya mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari orqali hududlarning rivojlanish xususiyatlarini yaxshi bilishi, aholi murojaatlarida kotarilgan masalalarni chuqur organishi, ayni paytda ularni hal qilishda yordam berishi zarur. Bu — bugunning talabi. Siyosiy partiya shu orqali mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning borishiga ta’sir etadi, ayni paytda dasturiy maqsadlarini amalga oshirish imkoniga ega boladi.

Deputatlar faol bolsa, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari taminlanishi bilan bogliq masalalarga mahalliy hokimiyat idoralari mutasaddilari masuliyati ortadi. Zero, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taminlash, ijro hokimiyatining masulligini oshirish boyicha amalga oshirilayotgan demokratik islohotlardan kozlangan maqsad ham shudir. Ammo ayrim hollarda OzLiDeP bu masalaga bir yoqlama munosabat bildirmoqda. Songgi paytlarda OzLiDeP nashrida aytilayotgan fikrlar bunga misol bola oladi.

OzXDP iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligini oshirish uchun kichik ishlab chiqaruvchi va xizmat korsatuvchi subektlarni kopaytirish, shu orqali kishloq aholisining muntazam bandligini taminlash kerak, deb hisoblaydi. OzXDP bu borada faqat goyaning ozini ilgari surayotgani yoq. Uning 2011-2014 yillarga moljallangan Harakat dasturida mahalliy ishlab chiqarishni kuchaytirish, ichki bozorni aholining xarid qobiliyatiga mos mahsulotlar bilan boyitish, yaratilayotgan ish orinlarining barqarorligini taminlash bilan bogliq vazifalar belgilangan. Bunda har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatidan kelib chiqilgan.

Mahalliy Kengashlardagi OzXDP deputatlik guruhlari Harakat dasturidagi vazifalar ijrosiga jiddiy etibor qaratmoqda. Bu jarayonda iqtisodiyotni barqarorlashtirishga salbiy tasir etayotgan omillar aniqlanmoqda. Xususan, norasmiy faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilar va xizmat korsatuvchilar, ayniqsa, qishloq va tumanlarda kopchilikni tashkil etadi. Ularda zamonaviy iqtisodiy, huquqiy bilim yetarli emas. Shu bois qonuniy faoliyat yuritishga unchalik ahamiyat berishmaydi. Bir qarashda bu yerda muammo yoqdek. Ammo OzXDP bu holat ijtimoiy adolat tamoyiliga muvofiq kelmaydi, deb hisoblaydi.

Norasmiy faoliyat yuritayotgan tadbirkor yoki hunarmand tegishli qonunlarda belgilangan soliq va ijtimoiy yigimlarni tolamaydi, shuningdek, davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlardan foydalanmaydi. Bu masalaning birinchi tomoni.

Masalaning ikkinchi tomoni shundaki, qonunan band bolmagan tadbirkor yoki hunarmand vaqti kelganda davlat pensiyasini ololmaydi. Bu OzXDPning ijtimoiy himoya tamoyiliga mutlaqo togri kelmaydi.

Shuning uchun Saylovoldi dasturida jamiyatda tadbirkorlik madaniyatini oshirishni maqsad qilgan OzLiDePning mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari bu muammoga etibor qaratmayotganini takidlagan edik. Biroq OzLiDeP nashri faqat ishi yurishgan tadbirkorlar faoliyatini misol keltirgan holda, jamiyatda zamonaviy iqtisodiy-huquqiy tushunchaga ehtiyoj yoq, asosiy muammo kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati rivojiga mahalliy hokimiyat idoralarining sansalorligi tosiq bolayotganida, degan qarashni ilgari surdi. Lekin tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilish deputatlarning ustuvor vazifasi ekanidan, ular bu boradagi sansalorliklarni bartaraf etishga yetarli etibor qaratmayotganlaridan koz yumadi.

Ajablanarlisi, OzLiDePning dasturiy maqsadlariga muvofiq kelmaydigan fikrlar hali ham uchrab turibdi. «XXI asr» gazetasi siyosiy partiya kredit beradigan moliya muassasasi yoki ish bilan taminlaydigan korxona emas, deydi. Bir qarashda nishonga urilgan fikr. Togri, siyosiy partiya yoki deputat togridan-togri kredit beradigan, yol quradigan, ish orni yaratadigan (va hokazo) tashkilot emas. Ammo har qanday muammoni tegishli idora, tashkilot rahbarlari etiboriga havola etib, hal etish, odamlarga yordam korsatishga burchli.

OzLiDePning mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari elektorat vakillari murojaatlarini tinglamasa, aholini oylantirayotgan muammolarni organib, uning yechimi uchun harakat qilmasa, bundan kimga nima foyda?

Yana bir gap. Liberallar boshqalar ishini oz foydasiga talqin qilishga konikib qolayotganga oxshaydi. Masalan, Qoshib yozish sanati sarlavhali maqolada 2011 yilda Chust tuman kengashidagi OzLiDeP deputatlik guruhi tomonidan 12 marotaba turli mavzularda tadbirlar otkazilgani, tuman markazida yoshlar sport inshootini bunyod etish masalasi tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga olib chiqilgani aytiladi. Vaholanki, tuman kengashining otgan yilgi sessiyalari bayonnomasi bilan tanishganimizda, liberal deputatlar aslida hech qanday masala kiritmaganiga guvoh boldik.

Shuningdek, sessiya materillari bilan tanishib, yana bir narsa etiborimizni tortdi. OzLiDeP deputatlik guruhi rahbari S.Mominov tomonidan 2011 yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taminlash dasturining Chust tumanida bajarilishini tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilish boyicha xat chiqarilgan. Lekin OzXDP deputatlik guruhi bu borada 5-6 oy oldin nazorat-tahlil ishlarini olib borgani bois, mazkur masalani 16 iyul kuni bolib otgan sessiyaga kiritishga muvaffaq boldi. Ammo liberallar yana bu tashabbus bizniki edi, deb safsata toqishmoqda. Korinib turibdiki, qoshib yozish bilan biz emas, liberallar shugullanmoqda.

Shu orinda yana bir mulohaza. Maqolada partiya faoli otgan yili 12 marotaba turli mavzularda tadbir otkazilganini takidlab otgan. Demak, bu tumandagi liberallar hali-hamon amaliy ish orniga faqat tadbir otkazishdan nariga otishmayapti. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar duch kelayotgan muammolarni chuqur organib, ularni yechishga qaratilgan takliflarni sessiyalarga olib chiqishga kelganda esa sukut saqlashni yoki ozganing ishini oziniki qilib korsatishni maqul kormoqda.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: