O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
02.06.2016

MILLIY GOYA TARGIBOTI

O‘zXDP Jarqo‘rg‘on tuman kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi siyosiy o‘quv fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirishda milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Unda partiya faollari, xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zXDPdan saylangan deputatlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar shuni alohida qayd etishdiki, siyosiy va fuqarolik ma’rifati tizimidagi o‘quv-seminarlar samaradorligini yanada oshirish, bu boradagi ishlarni takomillashtirish kerak. Tadbirlarda milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, yoshlarni mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, ular qalbiga Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Siyosiy o‘quv mashg‘ulotlarini ko‘proq olis hududlarda o‘tkazish, aholining mamlakatimiz hayotidagi o‘zgarishlarga munosabatini o‘rganish yurtimizni yanada taraqqiy ettirishda, xususan, partiyamizning dasturiy maqsadlari amalga oshishida dolzarb masala ekani aytib o‘tildi.

Bildirilgan fikr-mulohazalar asosida partiya tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: