O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.05.2016

IRODALI ODAM

chekishni tashlay oladi

Tamaki chekishning zarari xususida shu vaqtgacha juda ko‘p yozilgan, yozilmoqda. Tamaki mahsulotlarining zarari haqida istalgancha ma’lumot keltirish mumkin. Lekin bugun dunyoda kashandalikning nafaqat tibbiy, balki ruhiy omillari va oqibatlari chuqur tahlil etilmoqda, bu borada koplab chora-tadbirlar korilmoqda. Ayrim mutaxassislarning bu haqdagi fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

Zarifjon ASHUROV, tibbiyot fanlari nomzodi dotsent, vrach-narkolog:

— Inson tamaki chekib turgan vaqtida charchogimni ketkazayapman, deb tinchlanadi. «Nima uchun chekaman?» nomli sorovnomaga javob bergan 600 nafar soralganlar shuni tasdiqladiki, chekish paytida ular ozini chekmayotgan paytiga kora kuchli his qiladi. Har bir tamaki unga yangi kuch, qudrat, aql-idrok manbai bolib tuyuladi. Aslida har bir chekilgan tamaki jismoniy kuchni olib qoyadi. Uning tarkibida 196 xil zararli modda mavjud. Undan 14 tasi giyohvand modda hisoblanadi. Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tomonidan tamaki passiv narkotik deb elon qilingan.

Chekish, ayniqsa, osmirlar uchun juda xavfli. Chunki bu davrda organizmda hali fiziologik funksiyalar shakllanmagan bolib, nikotinning tasirida ular patologik holda shakllanadi. Eng yomoni, yoshlikda organilgan kashandalikdan keyinchalik qutulish qiyin kechadi. Shu bois, yoshlar orasida chekishga ruju qoyish holatlarining oldini olish nihoyatda muhim masala. Buning uchun yoshlarda tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ularni sport mashgulotlariga keng jalb qilish, bunga shart-sharoit yaratish barchamizning vazifamiz bolmogi kerak.

Shuhrat TURSUNBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

Ayni vaqtda kashandalik butun dunyo muammosi bolib, unga qarshi kurash davom etmoqda. Chunki kashandalik nafaqat aholi salomatligiga, balki davlatning iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazuvchi illat.

Jahon sogliqni saqlash tashkilotining tashabbusi bilan 1980 yildan boshlab 31 may sanasi dunyoda tamaki chekishga qarshi kurash kuni, deb elon qilingan. Bundan tashqari, Jahon sogliqni saqlash tashkiloti assambleyasi tomonidan 2003 yili Jahon sogliqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurashish boyicha Hadli konvensiyasi qabul qilindi. 174 davlat uning ishtirokchisi hisoblanadi, jumladan, Ozbekiston ham (2012 yil). Shu orinda takidlash joiz, Hadli konvensiyasining kopchilik qoidalari mamlakatimizda qabul qilingan Reklama togrisida, Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi togrisida, Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash togrisidagi qonunlar hamda Ozbekiston Respublikasi Jinoyat va Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodekslarida oz ifodasini topgan.

Shu bois, mamlakatimizda tamaki mahsulotlari reklamasi berilishiga mutlaqo yol qoyilmaydi. Ish joylarida, sogliqni saqlash, talim, sport-soglomlashtirish muassasalarida, yongin chiqish xavfi bolgan nuqtalarda, jamoat joylarida, jamoat transportining barcha turlarida tamaki mahsulotlari istemoli taqiqlangan. Shuningdek, 20 yoshga tolmaganlarga uni sotish mumkin emas. Yuqoridagi tartib-qoidalarni buzgan shaxslar va mansabdorlar javobgarlikka tortiladi.

Abdusalim MAHMUDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: