natijasida Sirdaryo tumanidagi fermer xo‘jaliklarida qayta ishlash korxonalarini tashkil etish ishlari oqsamoqda
Fermerlar manfaatini himoyalash, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun qulay muhit yaratish, fermer xo‘jaliklariga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish kabi masalalar O‘zLiDePning ustuvor vazifalaridan biridir. Ular buni o‘z Saylovoldi dasturlarida aniq va ravshan belgilab qo‘ygan.
Bugungi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish agrar iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Bu vazifa ijrosi agrar sohaning yetakchi tarmog‘i — fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, fermerlarga zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish, xarid qilish va ishga tushirish borasida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, har yili o‘tkaziladigan «Uzbekistan Agrominitech Expo» xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi bunga yaqqol misoldir. Ushbu ko‘rgazmada ishtirok etgan fermerlar o‘zlariga zarur texnologiyani kredit va lizing mablag‘i hisobiga sotib olib, qishloqqa sanoatni olib kirayapti.
Ammo bu masalaga Sirdaryo tumanidagi fermer xo‘jaliklari faoliyati misolida qaraydigan bo‘lsak, O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan biron-bir amaliy ish qilinganiga misol topish qiyin. Tuman statistika bo‘limi bergan ma’lumotlarga qaraganda, hozir 760 ta fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Paxta va g‘alla (500 ta), chorvachilik (69 ta), bog‘dorchilik (87 ta), uzumchilik (52 ta), baliqchilik (36) va boshqa fermer xo‘jaliklari yetkazib berayotgan mahsulot mahalliy iste’mol bozorini to‘ldirayapti, aholi ehtiyojini qondirishga katta hissa qo‘shayapti.
Shu o‘rinda aytish joizki, agrar sohadagi islohotlar fermerlardan faqat g‘alla yoki paxta yetishtirishni emas, balki o‘zi yetishtirgan mahsulotni o‘zi qayta ishlashni ham yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. Buni to‘g‘ri anglagan va tushunib yetgan fermerlar qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Masalan, tumandagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan «Sirdaryo sohibkori» fermer xo‘jaligi rahbari To‘lqin Hoshimovning (siyosiy partiyaga a’zo emas) aytishicha, 2011 yilning oxirida 12 million so‘m kredit mablag‘iga Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan mevani quritish uskunasini o‘rnatdi. Unda bir paytning o‘zida
To‘g‘ri, tumanda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan 3-4 ta MChJ shaklidagi xususiy firmalar bor. Lekin fermer xo‘jaliklariga kelganda esa ahvol boshqacha. Qayta ishlash korxonalari «Sirdaryo sohibkori»dan boshqa birorta fermer xo‘jaligida tashkil etilmagan. Vaholanki, qayta ishlashni yo‘lga qo‘yaman, desa, imkoniyatlar yetarli.
O‘zLiDeP Saylovoldi dasturida «Partiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan yana biri fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ular uchun zarur infratuzilmani shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat», degan vazifa qo‘yilgan. Ammo tumanda liberallardan 11 nafar deputat borligiga qaramay, deputatlik guruhi tomonidan bu borada birorta amaliy ish qilinmagan. Fermer xo‘jaliklarida qayta ishlash korxonalarini tashkil etish masalasi bo‘yicha tuman Kengashi sessiyalariga taklif kiritilmagan.
Demak, O‘zLiDePning Saylovoldi dasturidagi bu va’da Sirdaryo tumanida bajarilmayapti. Tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, MTDP a’zosi Bahodir Suvonov O‘zLiDeP deputatlik guruhiga talabchanlikni oshirishi kerakka o‘xshaydi. Ana shunda liberallar fermerlarni astoydil qo‘llab-quvvatlagan, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lardi.
Murod QOSIM,
O‘zXDP faoli.