O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.05.2012

Surgil loyihasini moliyalashtirish boyicha hujjatlar paketi imzolandi

Toshkent shahrida 2012 yil 19 may kuni «O‘z-Kor Gaz Kemikal» qoshma korxonasi va kreditorlar konsorsiumi ortasida gaz qazib olish va neft-kimyo majmuasi sohasidagi Surgil koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi loyihasini moliyalashtirish va amalga oshirish boyicha kredit va loyiha bitimlari paketi imzolandi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi 2016 yildan boshlab yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gaz, 400 ming tonna yuqori zichlikdagi polietilen, 100 ming tonna polipropilen, 110 ming tonna piroliz benzini ishlab chiqarish, bevosita majmuaning ozida mingdan ortiq yangi ish ornini yaratishni ta’minlash imkonini beradi.

Loyihaning umumiy qiymati qariyb 4 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Oz-Kor Gaz Kemikal qoshma korxonasining tasischilari — Janubiy Koreyaning KOGAS, Honam, STX Energy kompaniyalari va Ozbekneftgaz milliy xolding kompaniyasining umumiy qiymati 1,4 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi togridan-togri investitsiyalari, shuningdek, cheklangan regress huquqi va kreditlarni 16 yil muddatda qaytarish sharti bilan loyihaviy moliyalashtirish tamoyillari asosida jalb qilingan umumiy summasi 2,54 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi kredit resurslari loyihani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

Jumladan, loyiha boyicha zayomli moliyalashtirishni tashkil etishda Osiyo taraqqiyot banki, Koreya Respublikasi taraqqiyot banki, Xitoy Xalq Respublikasi davlat taraqqiyot banki, Yevropa va Osiyoning Koreya moliya korporatsiyasi, ING (Niderlandiya), KfW va Bayern LB (Germaniya), Credit Suisse (Shveytsariya), Nordea va SEK (Shvetsiya) kabi va boshqa bir qator yetakchi tijorat banklari, shuningdek, Janubiy Koreya, Germaniya va Shvetsiyaning loyihada ishtirok etayotgan banklarga sugurta qoplamalari taqdim qilgan eksport-kredit agentliklari ishtirok etmoqda.

Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi neft-kimyo sohasida nafaqat Ozbekiston, balki butun MDH hududidagi bunday yirik hamda uzoq muddatli loyihaviy moliyalashtirish asosida hayotga tatbiq etilayotgan ilk loyihadir. Yuqorida qayd etilgan moliyaviy hujjatlarning imzolanishi loyihaning asosiy bosqichi bolib, u qoshma korxona va uning pudratchilariga keng miqyosdagi qurilish ishlariga kirishish imkonini beradi. Ushbu loyiha Ozbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari tomonidan faol siyosiy qollab-quvvatlab kelinayotganini ham alohida takidlash joizdir.

Toshkent shahrida 2012 yil 19 may kuni bolib otgan kredit va loyihaga oid hujjatlarni imzolash marosimida investor kompaniyalar, moliya institutlari, Koreya Respublikasi va Ozbekiston Respublikasi davlat organlari rahbarlari mazkur loyihaning hayotga tatbiq etilishi tabiiy gaz, shuningdek, polietilen, polipropilen hamda ichki va tashqi bozorda talab katta bolgan boshqa turdagi qimmatli xomashyolar ishlab chiqarishni taminlashini takidladilar. Majmua ishga tushgach, shuningdek, plastmassa mahsulotlari, istemol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning osib borayotgan talabini qondiruvchi materiallar tayyorlash, kimyo tarmogi, mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi koplab sohalarda tayyor mahsulotlar chiqarishni kengaytirish borasida yangi imkoniyatlar paydo boladi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari, moliya vaziri R.Azimov oz sozida takidladiki, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mazkur loyihani amalga oshirish borasidagi ishlarga alohida etibor qaratib kelinmoqda, ushbu majmua davlatimiz rahbarining mamlakatimizning boy xomashyo zaxiralaridan yuqori qoshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni, yurtimizning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish, ishlab chiqarish bazasini tubdan modernizatsiya qilish va shu asosda yangi yuqori texnologiyali quvvatlar va ish orinlari yaratishni tashkil etishda samarali foydalanish borasidagi siyosati muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganining yorqin dalilidir.

Hujjatlarni imzolashga bagishlangan bugungi marosim loyihani amalga oshirish jarayonidagi muhim moliyaviy bosqich yakuniga yetganidan dalolatdir. Loyiha doirasida xorijiy banklar tomonidan jalb qilingan zayomli moliyalashtirishning umumiy hajmi 2,5 milliard dollardan oshishini alohida takidlash joiz. Ushbu mablaglar yetakchi xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari tomonidan suveren kafolatsiz ajratilgani xalqaro ishbilarmon doiralar va moliya institutlarining Ozbekistonda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlarga, yirik yuqori texnologiyali loyihalarning muvaffaqiyatli royobga chiqarilishiga, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizning barqaror va izchil rivojlanishiga, makroiqtisodiy barqarorlik va qulay investitsiya muhitiga bolgan qatiy ishonchidan dalolat beradi.

KOGAS kompaniyasi prezidenti Chu Kang Su marosimdagi sozida quyidagilarni takidladi: Bugungi hujjatlarni imzolash marosimi nafaqat Surgil loyihasiga tayyorgarlik jarayonining yakunlangani va uni amalga oshirish boshlanganini bildiradi, balki yuqori texnologiyali sohalarga katta hajmdagi investitsiyalarni keng kolamda jalb qilishga hamda Janubiy Koreya va Ozbekiston ortasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Surgil loyihasi avlodlarimiz farovonligi uchun ham xizmat qiladigan, Ozbekiston oz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoyganini butun dunyoga namoyish etadigan, muvaffaqiyat bilan faoliyat korsatuvchi korxonaga aylanishiga ishonchim komil.

Koreya Respublikasining Ozbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Chon De Van oz chiqishida quyidagilarni qayd etdi: Bugungi marosim ikki davlat rahbarlari Ozbekiston Prezidenti Islom Karimov va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakning faol qollab-quvvatlashining samarasidir. Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi mamlakatlarimiz ortasida diplomatik munosabatlar ornatilgan 1992 yildan buyon hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik loyiha bolib, muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Ushbu majmua Ozbekistonning sanoati yuksak darajada rivojlangan mamlakatga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yana shuni aytishni istardimki, Janubiy Koreya texnologiyalari va Ozbekiston tabiiy resurslarini birlashtiruvchi rivojlanish modeli bolgan ushbu loyiha dunyodagi koplab mamlakatlar etiborini tortadi. Chon De Van, shuningdek, Koreya Respublikasi bilan Ozbekiston Respublikasi ortasida diplomatiya munosabatlari ornatilganining 20 yilligi nishonlanayotgan joriy yilda mamlakatlarimiz hamkorligida yangi bosqich boshlanganini qayd etdi.

Koreya eksport-import banki bosh direktori Kvang In Li oz chiqishida quyidagilarni takidladi: Xalqaro moliyaviy inqiroz va jahon moliya bozorlaridagi murakkab vaziyatga qaramay, Koreya Eksimbanki ushbu loyiha uchun boshqa hamkorlar, xususan, Osiyo taraqqiyot banki, Koreya kreditni sugurtalash korporatsiyasi (K-Sure), Xitoy davlat taraqqiyot banki, Germaniyaning Germes va Shvetsiyaning EKN eksport-kredit agentliklari va boshqa moliya institutlari qatorida 1 milliard dollar ajratdi. Koreya Eksimbanki ushbu loyihada moliyaviy katalizator sifatida oz zimmasiga muhim vazifani olganidan va bu bilan Ozbekiston va Janubiy Koreyaning ozaro manfaatli iqtisodiy hamkorligini yanada kengaytirishga hissa qoshayotganidan mamnunman. Prezident Islom Karimov rahnamoligida ozining yorqin kelajagi sari qatiyat bilan borayotgan Ozbekiston xalqiga chin dildan ravnaq va farovonlik tilayman.

Janubiy Koreya kreditni sugurtalash korporatsiyasi (K-Sure) ijrochi direktori Park Sang Xi loyiha barcha ishtirokchilarining birgalikdagi say-harakatlari global moliya bozorlaridagi hozirgi noqulay sharoitga qaramay, loyihaga tayyorgarlik jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash imkonini berganini takidladi. Park Sang Xi, shuningdek, quyidagilarni alohida qayd etdi: Ozbekiston va Janubiy Koreya iqtisodiy hamkorligining yorqin namunasi bolgan mazkur loyiha istiqboldagi yana boshqa koplab loyihalar uchun oziga xos poydevor va namuna bolib xizmat qiladi. Uning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi mamlakatlarimiz ortasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni uzoq muddatli strategik asosda mustahkamlashga katta hissa bolib qoshiladi.

Osiyo taraqqiyot banki vakili Tomas Minnik takidladiki, mazkur loyiha mana shunday yangi loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilishda keng imkoniyatlar ochadi. Ozbekistonning mintaqada neft-gaz sohasidagi yetakchi davlatga aylanishi, barqaror iqtisodiy osishni taminlashi uchun oz xomashyo bazasiga va sanoat quvvatlariga ega rivojlangan davlatlar safidan joy olishiga xizmat qiladi. U, shuningdek, loyiha samarasida Ozbekistondagi minglab yoshlarning talim olishi va ularni ish bilan taminlash, zamonaviy konikmalar va professional kadrlarning sifat jihatdan yangi avlodi shakllanishida katta imkoniyatlar ochishini, bularning natijasida Ozbekiston gaz-kimyo sohasi taraqqiyotida yetakchi markazga aylanishini qayd etdi.

Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi loyihasi Oz-Kor Gaz Kemikal qoshma korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur korxona 2008 yilning may oyida tashkil etilgan bolib, ustav kapitalining 50 foizi Ozbekneftgaz milliy xolding kompaniyasiga, 50 foizi Koreya gaz korporatsiyasi va ushbu mamlakatning Honam Petrochemical va STX Energy kompaniyalariga tegishlidir.

Majmuada Surgil koni va Ustyurt mintaqasidagi boshqa gaz konlaridan qazib olingan gaz va gaz kondensatidan xomashyo sifatida foydalaniladi.

Loyihada Niderlandiyaning ING banki moliya konsultanti, Buyuk Britaniyaning Velaw&Elkins hamda Norton Rose yuridik kompaniyalari huquqiy masalalar boyicha maslahatchi sifatida ishtirok etmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: