O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.05.2016

SLOVENIYA: HAR BIR SIYOSIY PARTIYA

o‘z goyalari uchun kurashmoqda

Songgi yillarda Sloveniyada kechayotgan siyosiy jarayonlar siyosatchilar, tahlilchi va tadqiqotchilar e’tiborini tortmoqda. Chunki, ushbu mamlakatda siyosiy partiyalar ortasidagi raqobat tobora kuchayib bormoqda.

Buni 2014 yil 13 iyulda muddatidan avval otkazilgan parlament saylovi ham korsatib berdi. Gap shundaki, 2011 yilgi saylovda fuqarolarning 28,55 foiz ovozi evaziga parlamentda 28, yani eng kop orinni qolga kiritib, golib bolgan «Ijobiy Sloveniya» partiyasi bu gal parlamentdan joy ololmadi. Shundan xulosa qilish mumkinki, har bir siyosiy partiya jamiyatda qanday mavqega ega bolishidan qati nazar, doimiy ravishda saylovchilarning xohish-irodasini organishi, ularning manfaatlarini ifodalashi, himoya qilishi zarur. Aks holda, har qanday partiya tez obro yoqotadi.

Agar etibor qaratadigan bolsak, Sloveniyada aholining ijtimoiy himoyasini taminlash, ish orinlari yaratish, keksalarni qollab-quvvatlash singari goyalar tarafdori bolgan siyosiy partiyalar kopchilikni tashkil etadi. Misol uchun, songgi parlament saylovida 19 mandat bilan ikkinchi orinni band etgan Sloveniya demokratik, 10 mandat bilan uchinchi bolgan Pensionerlar demokratik partiyalarining dasturlarida aynan shunday goyalar orin olgan.

Mamlakatdagi eng yirik siyosiy kuchlardan biri — Sloveniya demokratik partiyasi 1989 yilda tashkil etilgan. Mazkur davlatning bugungi taraqqiyotida ushbu partiya muhim orin tutadi.

Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament Milliy majlis va Milliy kengash tashkil etadi. Shuningdek, ijro hokimiyatini Bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Milliy majlisda 90 deputat faoliyat yuritadi. Ular umumiy, teng, togridan-togri hamda yashirin ovoz berish yoli bilan tort yil muddatga saylanadi. Deputatlarning 88 nafari proporsional, bir nafari italyan, yana bir nafari venger milliy jamiyatidan majoritar saylov tizimi asosida saylanadi.

Saylov kampaniyasi markaziy saylov komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Ularga bir xil efir vaqti hamda bosma ommaviy axborot vositalaridan teng miqdorda joy ajratiladi.

Milliy majlis oz faoliyatini deputatlar tarkibining uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadigan reglamentga muvofiq olib boradi. Majlis raisi kopchilik ovoz bilan saylanadi. 2014 yildan buyon Milan Brglez quyi palata spikeri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Mamlakat qonunchiligiga kora, parlament saylovini Prezident elon qiladi. Parlamentga saylov amaldagi deputatlarning vakolat muddati tugashiga kopi bilan ikki oy, kamida 15 kun qolganida otkazilishi lozim. Milliy majlis tarqatib yuborilgan taqdirda parlamentning yangi tarkibi ikki oy ichida saylanishi shart.

Parlament qonun va qarorlar qabul qilib, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya etadi. Oziga xos xususiyat shundaki, Sloveniyada saylovchilarning kamida besh ming nafari tashabbusi bilan ham qonun loyihalari ilgari surilishi mumkin.

Milliy kengash yuqori palataga xos vakolatlarga ega, 40 azodan iborat. Ularning 22 nafarini mahalliy hokimiyat organlari saylovchilari saylaydi. Palataga saylanadigan azolarning 18 nafari ish beruvchilar kasaba birlashmasi, madaniyat, talim, ilm-fan, sanoat, qishloq xojaligi sohasi vakillari, xususiy tadbirkorlar hamda boshqa kasb egalaridan iborat bolishi kerak. Palata azolarining vakolat muddati besh yil. Ular muntazam faoliyat yuritmaydi, parlament deputatlari maoshining 30 foiziga teng miqdorda haq oladi.

Qonunchilikka kora, Milliy kengash raisi 2,5 yil muddatga saylanadi. Uning vakolati yana shuncha muddatga, yani palata azolari vakolati tugaguniga qadar davom etishi mumkin. Milliy kengash oz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan majlislar otkazadi, Milliy majlis korib chiqishi uchun qonun loyihalarini ilgari suradi.

Umuman olganda, bugungi kunda Sloveniyada ondan ortiq katta-kichik siyosiy partiyalar faoliyat yuritmoqda. Partiyalarning asosiy yonalishi mamlakatni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, aholining yaxshi yashashi, turmush darajasini kotarishga qaratilgan. Keyingi saylovlarda ana shu yonalishda oz sozini ayta olgan siyosiy partiyagina saylovchilar ishonchini qozonishi mumkin.

Internet materiallari asosida

Nurali PRIMQULOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: