O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
28.05.2016

2016/2017 OQUV YILIDA OZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TALIM MUASSASALARIGA OQISHGA QABUL QILISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarida talab etiladigan ixtisosliklar boyicha yuqori malakali kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, oliy talim muassasalariga qabul qilishda ish beruvchilarning oliy malumotli mutaxassislarga bolgan talab-ehtiyojlarini, shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy ozgartirishlarning maqsadli orta muddatli dasturlarini amalga oshirish, tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiyalashni, mamlakat mintaqalarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda ozaro bogliqligi va mutanosibligini kuchaytirish maqsadida:

1. Malumot uchun qabul qilinsinki, Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, oz tasarrufida oliy talim muassasalari bolgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, aksiyadorlik kompaniyalari, xojalik birlashmalari va korxonalar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida:

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 23 iyundagi «Respublika oliy oquv yurtlariga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi PQ-2360-sonli qaroriga muvofiq oliy oquv yurtlariga qabul qilish parametrlari va yangi qurilayotgan korxonalarning hududiy joylashuvi, iqtisodiyotdagi tarkibiy ozgartirishlar boyicha dasturiy chora-tadbirlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash, yol-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish omillarini tahlil qilishni hisobga olgan holda oliy oquv yurtlarining bitiruvchilariga nisbatan ish beruvchilarning talab-ehtiyoji balans hisob-kitoblari ishlab chiqildi;

iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarining oliy malumotli mutaxassislar bilan amalda taminlanganligini ekspertizadan otkazib baholash natijalariga kora, bakalavriat tayyorlashning 18 ta yangi mutaxassisligi joriy etilishini nazarda tutuvchi oliy talim yonalishlari va mutaxassisliklari royxatiga tegishli ozgartirishlar kiritildi;

oliy oquv yurtlarining aniq yonalishlar va mutaxassisliklar boyicha bitiruvchilariga nisbatan istiqbolga moljallangan talab-ehtiyojga, shuningdek, bitiruvchilarning tanlangan mutaxassislik boyicha ishga joylashuvi monitoringi asosida 2016/2017 oquv yilida oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi.

2. 2016/2017 oquv yili uchun:

bakalavrlarni 57907 nafar, shu jumladan, davlat grantlari boyicha — 19120 va tolov-kontrakt asosida 38787 nafar miqdorida 1-ilovaga muvofiq;

magistrlarni 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari boyicha 1548 va tolov-kontrakt asosida 3452 nafar miqdorida 2-ilovaga muvofiq;

Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qongirot bolimi)ning maxsus sirtqi bolimida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari boyicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bolimida 50 nafar, shu jumladan, davlat grantlari boyicha 15 nafar va tolov-kontrakt asosida 35 nafar qabul qilish umumiy kvotalari 3-ilovaga muvofiq belgilansin.

3. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasining 2016/2017 oquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga oqishga qabul qilishni toxtatish togrisidagi taklifi qabul qilinsin.

4. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi tasarrufida oliy talim muassasalari bolgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitetlar va oliy oquv yurtlari bilan qalin hamkorlik doirasida keng kolamda ishtirok etgan holda 2016/2017 oquv yili boshlangunga qadar barcha oquv rejalari va dasturlari tubdan qayta ishlab chiqilishini nihoyasiga yetkazishni taminlasin, fanlarni oqitishning eskirgan, umrini otab bolgan yondashuv va uslublaridan batamom voz kechishni, bakalavriat va magistraturada jahon fani va ilgor pedagogik texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga asoslangan yangi oquv rejalari va dasturlarini joriy etishni, shuningdek, talim jarayonida ularni amalga oshirish hamda oliy malumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish uchun birinchi navbatda fundamental va texnik mutaxassisliklar boyicha yetakchi xorijiy olimlar va oqituvchilarni jalb etishni nazarda tutsin;

oliy oquv yurtlarining professor-oqituvchilari faoliyatiga baho berishda va moddiy ragbatlantirishda ularning xorijiy tillarni qay darajada egallaganligiga hamda zamonaviy pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oquv jarayonida qollay olish saviyasiga ahamiyat bersin;

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-sonli Farmoniga binoan tashkil qilingan mamlakat oliy oquv yurtlarining 15 ta tayanch markazlarida oliy talim muassasalarining rahbar va professor-oqituvchilar tarkibini yangi oquv dasturlari va talim uslublari boyicha qayta tayyorlash va malakasini oshirishni 2016 yilning 1 iyulidan tashkil qilishni taminlasin, shu maqsadda chet ellardagi yetakchi oliy talim muassasalarining olimlari va professorlarini keng jalb qilsin.

5. 2016/2017 oquv yilida Ozbekiston Respublikasining talim muassasalariga oqishga qabul qilish boyicha Davlat komissiyasi (keyingi orinlarda Davlat komissiyasi)ning tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat komissiyasiga bakalavriat tayyorlashning yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari boyicha oliy talim muassasalariga kirish chogida abituriyentlar toplagan ballarning reyting bahosini hisobga olgan holda bakalavriat va magistraturaga qabul qilishning belgilangan umumiy kvotalari doirasida oliy talim muassasalariga qabul qilish parametrlariga ozgartishlar kiritish huquqi berilsin.

6. Oz tasarrufida oliy talim muassasalari bolgan vazirlik va idoralar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddatda ozlariga qarashli oliy talim muassasalari doirasida bakalavriat va magistratura boyicha davlat granti hamda tolov-kontrakt asosida orinlar kvotasini talim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi Xalq talimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda:

Oliy talim yonalishlari va mutaxassisliklar klassifikatoriga yangi kiritilayotgan bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari boyicha belgilangan tartibda ozgartish va qoshimchalar kiritsin;

shu yilning 1 avgustiga qadar yangi kiritilayotgan bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari boyicha oquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.

8. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2016/2017 oquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga qabul qilish boyicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablaglar ajratilishini taminlasin.

9. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi oz tasarrufida oliy talim muassasalari bolgan vazirliklar va idoralar, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda:

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ozlarining idoraviy meyoriy-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

I.KARIMOV

Toshkent shahri,

2016 yil 26 may


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: