O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.05.2016

UNIVERSIADA 2016 SPORT OYINLARI ISHTIROKCHILARIGA

Qadrli farzandlarim!

Hurmatli ota-onalar, ustoz-murabbiylar va sport muxlislari!

Avvalambor, siz, azizlarni bugun barcha-barcha yoshlarimizning, qolaversa, butun xalqimizning e’tiborini o‘ziga tortayotgan talaba yoshlarning sport bayrami bolmish Universiada oyinlarining tantanali ochilishi bilan samimiy muborakbod etaman.

Ozining gozalligi va betakrorligi bilan «oltin vodiy» deb nom olgan solim diyorda alohida ajralib turadigan Fargona shahrida yangitdan qurilgan mana shu muazzam stadionni birinchi bor bayramona kayfiyatda toldirib otirgan siz, aziz yurtdoshlarimga, sizlarning timsolingizda butun Fargona ahliga chin qalbimdan hurmat-ehtiromimni va ezgu tilaklarimni bildirish – men uchun haqiqatan ham katta sharafdir.

Hech shubhasiz, bugun boshlanayotgan Universiada bellashuvlari Vatanimiz mustaqilligining qutlug 25 yillik bayrami arafasida bolib otayotgani unga chuqur mazmun va kotarinki ruh bagishlamoqda.

Albatta, bugungi nufuzli musobaqalarga yetib kelish sizlarga oson bolmaganini hammamiz yaxshi bilamiz. Saralash bosqichlarida ishtirok etgan 165 mingdan ziyod ogil-qizlarimiz orasidan faqat 900 nafar qatnashchiga bunday yuksak baxt nasib etgani bu bellashuvlarning naqadar keskin va murosasiz otganidan, sizlarning tinimsiz kurash, baquvvat iroda va mahorat hisobidan bugungi marralarga yetib kelganingizdan dalolat beradi.

Mamlakatimizda shakllangan, Umid nihollari, Barkamol avlod va Universiada sport oyinlarini oz ichiga olgan, uch pogonadan iborat noyob tizimning yuqori bosqichi bolmish Universiada oyinlarida qatnashish sharafiga erishish va mahoratingizni namoyon etishning ozi, hech shubhasiz, ulkan galabadir, desam, aslo xato bolmaydi. Barchangizni ana shunday katta yutuq bilan qizgin tabriklab, sizlarga ozimning samimiy mehrim va ishonchimni bildirib, bolgusi bellashuvlarda omad va zafarlar tilayman.

Aziz bolalarim!

Hammamizga xursandchilik yetkazadigan mana shunday shukuhli kunda mustaqillik yillarida ozod va farovon hayot barpo etish, mamlakatimiz salohiyati va qudratini yuksaltirish, farzandlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash yolida qanday ulugvor ishlarni amalga oshirganimiz beixtiyor xayolimizga keladi.

Bu haqda gapirganda, avvalo, keyingi on yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasining 744 milliard somlik mablagi hisobidan barcha viloyat, shahar va qishloqlarimizda 1 ming 700 dan ziyod zamonaviy sport inshootlari bunyod etilganini takidlash orinlidir. Eng muhimi, jondan aziz bolalarimizni yoshlikdan boshlab sport bilan shugullanishga jalb etish, navqiron avlodimizni ham jismoniy, ham manaviy jihatdan barkamol bolib, dunyoda hech kimdan kam bolmasdan unib-osishi va yuksak choqqilarni egallashi uchun mustahkam zamin yaratishga erishdik.

Davlatimiz, jamiyatimiz tomonidan korsatilayotgan, ilgari tasavvur ham qilib bolmaydigan bunday ulkan etibor tufayli tarixan qisqa davrda bu sohada qolga kiritgan yutuq va marralarimiz haqida kop gapirish mumkin. Men faqatgina ayrim misollarga diqqatingizni qaratmoqchiman.

Mamlakatimizda oxirgi on yil davomida sport bilan muntazam shugullanish darajasi bolalar va osmirlar ortasida 30 foizdan 57 foizga, qiz bolalar ortasida 24 foizdan 47 foizga yetgani bizning bu borada qanday katta osishga erishganimizdan dalolat beradi.

Yana bir muhim tomoni shundaki, 2005 yilda farzandlarimiz sportning 43 ta turi bilan shugullangan bolsa, bugungi kunda bu raqam 59 tani tashkil etmoqda. Biz uchun mutlaqo yangi bolgan badiiy gimnastika, taekvondo, muaytay, suzish, sinxron suzish, tennis, vaterpol, eshkak eshish kabi sport turlari boyicha yoshlarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak shohsupalarga kotarilmoqda. Ularning nomlari dunyo miqyosida mashhur bolayotgani, hurmat bilan tilga olinayotgani Ozbekistonimizning obro-etiborini jahon maydonida yuksaltirish va tarannum etishning yorqin ifodasi bolib, bundan har qancha gururlansak, faxrlansak, arziydi, albatta.

Ayniqsa, qizlarimizning yigitlardan qolishmasdan, kurash, dzyudo, karate, taekvondo kabi sohalarda salmoqli yutuqlarni qolga kiritayotgani yosh avlodimiz oz oldiga qoygan maqsadlarga erishishda har tomonlama qatiyat, mardlik va azmu shijoat korsatishga qodir ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bugungi kunda ana shunday yoshlarimiz qatorida Ruslan Nuriddinov, Svetlana Radzivil, Ixtiyor Navrozov, Vadim Menkov, Gulnoza Matniyozova, Abbos Rahmonov, Nafisa Mominova, Bekzod Abdurahmonov, Bektemir Meliqoziyev, Sitora Hamidova, Hasanboy Dosmatov, Yekaterina Voronina, Jasur Boyqoziyev, Ranoxon Omonova, Diyorbek Orozboyev, Marina Xmelevskaya, Zohid Kenjayev singari mahoratli sportchilarimiz ozlarining dastlabki zafarli qadamlarini aynan Universiada oyinlarida boshlagani bu bellashuvlar ogil-qizlarimiz uchun haqiqatan ham parvoz maydonchasi bolib xizmat qilayotganidan dalolat beradi.

Men, siz, aziz farzandlarimning xalqaro maydonlarda bu ilm-fan, madaniyat va sanat boladimi, sport musobaqalari boladimi, barcha sohalarda erishayotgan umidbaxsh yutuqlaringiz haqida qachonki eshitsam, xabar topsam, xursandchiligim, sizlarga bolgan mehrim va ishonchim yanada ziyoda boladi, desam, qalbimda, yuragimda bolgan gapni aytgan bolaman.

Barchangiz yaxshi xabardorsiz, hozirgi vaqtda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida zamonaviy oliy mahorat sport maktablarini barpo etish boyicha qabul qilgan dasturimiz asosida katta amaliy ishlar olib borilmoqda. Uzoqni kozlab hayotga tatbiq etilayotgan bu dastur mamlakatimizda sport sohasini yanada rivojlantirish, uni yangi, yuksak bosqichga kotarishga munosib hissa qoshishi shubhasizdir.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Bu yilgi Universiada musobaqalarida olimpiya oyinlari dasturiga kiritilgan boks, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvondo, ogir atletika kabi beshta sport turi boyicha bellashuvlar bolib otishi, tabiiyki, bu oyinlarning nufuzi va ahamiyatini yanada oshiradi.

Ushbu musobaqalarni yuksak saviyada otkazish uchun mamlakatimizda har tomonlama katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilganini alohida qayd etish lozim. Birgina Fargona shahrining ozida 37 milliard 215 million som mablag sarflanib bunyod etilgan va eng yuqori talablar asosida jihozlangan onlab yangi sport inshootlari, stadionlar, tennis kortlari, suzish havzalari, sport zallari va boshqa obyektlar bugun sizlarga oz eshiklarini ochmoqda.

Fursatdan foydalanib, mana shunday zamonaviy sport majmualarini barpo etgan quruvchilarga, memor va muhandislar, pudratchi va homiy tashkilotlarga, shu yolda sidqidildan xizmat qilgan barcha insonlarga, kopni korgan, mehnatkash Fargona ahliga samimiy minnatdorligimni izhor etaman.

Qadimiy va saxovatli Fargona zaminida ozaro hurmat va dostlik ruhida, qizgin kurashlar bilan otadigan Universiada oyinlari mamlakatimiz yoshlari hayotida, sportimiz tarixida yorqin sahifa bolib qoladi, deb ishonaman.

Aziz farzandlarim, qadrli yurtdoshlar!

Bugungi tez suratlar, shiddat bilan ozgarib borayotgan zamon, xalqaro maydonda tobora keskin tus olayotgan raqobat kopchilik mamlakatlar qatorida bizdan, avvalambor, belini mahkam boglab, katta niyat va ishonch bilan hayotga kirayotgan siz, navqiron yoshlarimizdan yangicha fikrlashni, eng zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashni, Vatanimizning taqdiri va ertangi kuni uchun masuliyatni oz zimmangizga olishga qodir bolishni talab etmoqda.

Bunday yuksak maqsadlarga yetish uchun har qaysi yigit-qiz oz ustida tinimsiz ishlashi, irodasini chiniqtirishi, bu yoldagi qiyinchiliklar oldida bosh kelmay, galabaga erishish uchun ozini ayamasdan, hal qiluvchi daqiqalarda butun borligini safarbar etishga tayyor bolishi darkor.

Shu manoda, avvalo, oziga talabchanlikni oshirish, qatiy intizomga rioya qilish, oz oldiga qoygan maqsadlarga erishish uchun bor kuch-gayratini ishga solish, hayotda kurashchi bolib yashash, mardlik va matonat kabi xususiyat va alomatlarni faqat sportga yoshlikdan ixlos qoyib, uning sir-asrorlarini chuqur organish, mashaqqatli mashqlarda toblanish orqali tarbiyalash mumkinligini hech qachon unutmasligimizni istardim.

Mening siz, aziz bolalarimga tilagim shuki, mana shunday olijanob fazilatlar bugun sport maydonlarida, ertaga hayot maydonlarida har biringizga hamisha yor bolsin!

Barchangizni bagrimga bosib, bugungi yoshlik va sport bayrami bilan yana bir bor chin yurakdan qutlar ekanman, sizlarga sihat-salomatlik, baxtu saodat va zafarlar tilayman.

Islom KARIMOV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: