O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
26.05.2016

YETAKCHIGA KOP NARSA BOGLIQ

Buxoro «Geofizika ekspeditsiyasi» ochiq aksiyadorlik jamiyatidagi O‘zXDP boshlangich tashkiloti 1999 yilda tashkil etilgan. Uning rahbari, xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Qahramon Mirzayevni tumanimizda kopchilik yaxshi taniydi. Hozirgi kunda 25 nafar a’zoni birlashtirgan boshlangich tashkilot partiyamiz goyalarini targib qilish, Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi boyicha qator ishlarni amalga oshirmoqda, partiya faollari, deputatlar, mutaxassislar va yoshlar ishtirokida davra suhbatlari, seminarlar otkazmoqda.

Shuningdek, boshlangich tashkilot azolari ishchi-xizmatchilar va Konchilar mahalla fuqarolar yigini hududidagi aholi ortasida doimiy ravishda uchrashuvlar uyushtirib kelmoqda. Vaqtincha ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, tadbirkorlikni tashkil etish, erta va qarindoshlar ortasidagi nikohlarning oldini olish boyicha muntazam ravishda tadbirlar tashkil etilyapti.

Qahramon Mirzayevning qayd etishicha, bu yerda azolar bilan ishlashda yangicha va zamonaviy uslublardan keng foydalanilmoqda. Masalan, Boshlangich partiya tashkilotlari kunida tumandagi faol quyi boginlar faoliyati bilan tanishilib, azolar bilan erkin suhbatlar otkaziladi, deputatlar ishtirokida ularni oylantirayotgan masalalar organiladi. Hozir quyi boginda vaqti-vaqti bilan kochma Jamoatchilik qabulxonasini tashkil etish choralari korilmoqda. Bu tadbirlar elektoratimiz manfaatlarini himoya qilishda muhim orin tutadi, albatta.

Yana bir gap. Mazkur boshlangich partiya tashkilotida aholini ijtimoiy himoya qilish, yordamga muhtoj fuqarolarni qollab-quvvatlash masalasida zarur chora-tadbirlar rejasi qabul qilingan edi. Shu asosda nafaqadagi mehnat faxriylari, komakka muhtoj xodimlar holidan xabar olinib, ularga madad berish ishlari boshlab yuborildi.

Yuqoridagi misollardan korinib turibdiki, boshlangich tashkilotlar tashabbuskor bolsa, dasturiy maqsadlarimiz izchil amalga oshadi, partiyamizning nufuzi, tasir kuchi ortib boraveradi. Shuning uchun tumanimizdagi mavjud 21 boshlangich tashkilotning ishini jonlantirishga, yetakchilarning faolligini oshirishga etiborni kuchaytirmoqdamiz.

Fazolat BOYMURODOVA,

OzXDP Kogon tuman kengashi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: