O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
26.05.2016

TASHABBUSKOR PARTIYA GURUHI

hududlardagi muammolarni hal qilishga erishadi

Nukus shahrida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bolinmasi hamda OzXDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi hamkorligida seminar otkazildi.

Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, partiya faollari, deputatlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, ularning qonunchilikda mustahkamlangan huquq va vakolatlarini amalga oshirish konikmalarini rivojlantirish, shuningdek, partiya guruhlari azolarining notiqlik konikmalarini shakllantirish masalalarida fikr almashindi.

Seminar davomida partiya guruhlarining mahalliy vakillik organlari faoliyatiga tasir otkazishning uslubiy jihatlari korib chiqildi. Bunda ularning joylarda qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini kuchaytirish zarurligi takidlandi.

— OzXDPning 2015-2019 yillarga moljallangan Harakat dasturida 2016 yilda Qoraqalpogiston Respublikasi boyicha 15 masala belgilangan bolib, shundan bugungi kungacha 11 masala partiya guruhlarida, 4 masala doimiy komissiya majlislarida korilgan va 4 masala sessiya kun tartibiga kiritilgan, dedi OzXDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi bolim mudiri Salamat Tursinov. Harakat dasturidan tashqari, elektorat manfaatlari bilan bogliq yana 5 masala partiya guruhlarida korilgan.

Sessiyaga olib chiqilgan har bir masala ijtimoiy himoyani kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois qancha kop masala deputatlar tomonidan taklif etilib, organilsa, odamlarni, saylovchilarni oylantirayotgan kamchiliklar bartaraf etiladi.

Seminarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining joylardagi OAV va partiya nashrlari bilan hamkorligini samarali tashkillashtirish haqida qator fikr-mulohazalar bildirildi.

2015 yil hamda joriy yilning shu davriga qadar tuman Kengashining plenumlari hamda ijroqom yigilishlarida deputatlar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar belgilanib, ular izchil amalga oshirilyapti, dedi xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Maxsud Sadullaev. Partiyamiz guruhining otgan yilga moljallangan ish rejasiga asosan, jami 9 masala korib chiqilgan bolsa, 2016 yil ish rejasiga asosan, hozirgacha 4 masala korildi. Ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, tuman Kengashiga takliflar berib borilmoqda.

Tadbirda partiyaning hududiy tashkilotlari va deputatlik birlashmalari faoliyati atroflicha tahlil etildi. Barcha masalalar boyicha takliflar ishlab chiqildi.

Xuddi shunday seminar Andijon viloyatida ham tashkil etildi. Unda OzXDP viloyat kengashi masul xodimlari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bolinmasi vakillari, deputatlar va Oliy Majlis Senati azolari ishtirok etdi.

Xolis tahlil etadigan bolsak, otgan yili partiya guruhlarimiz muhim tashabbuslar bilan chiqdi, muayyan amaliy natijalarga erishildi, dedi viloyat partiya kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Abdulhamid Nurmatov. Shu bilan birga, oldimizda muhim vazifalar ham turibdi. Jumladan, elektorat manfaatlari bilan bogliq qonun va qarorlarning ijrosini monitoring qilish usullarini takomillashtirish yollari haqida oylashimiz kerak.

Shuningdek, viloyat partiya tashkiloti yetakchisi aholining ijtimoiy komakka ehtiyojmand qatlami manfaatini himoya qilishda deputatlik sorovi instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish dolzarb vazifa ekaniga etibor qaratdi. Deputatlar yuborayotgan sorovlar asosida mansabdor shaxslarning doimiy komissiyalar majlislari hamda sessiyalarda axborot berishini tashkil etishga erishish zarurligi takidlandi.

Ijtimoiy masalalarni oz vaqtida hal etish, oylagan reja va maqsadlarini hayotga tatbiq qilish deputatdan tinimsiz izlanish, mehnat va harakat talab etadi, deydi OzXDP Boz tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari Matlubaxon Toychiyeva. Bu borada hududdagi davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy ozini ozi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash deputatlarimizga har tomonlama qol keladi, deb oylayman.

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Ahmadillo SOLIYEV,

«Ozbekiston ovozi» muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: