O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.05.2016

ULUG ORZULAR ROYOBI

Prezidentimiz Islom Karimovning «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish togrisida»gi farmonini oqib

Mamlakatimizda buyuk mutafakkir shoir nomi bilan ataluvchi maxsus universitet tashkil etilishi yangi kuch, yangi tashabbuslar, zor shijoat bilan milliy ma’naviyatimiz ravnaqi yolida xizmat qilish, ona diyorimiz korku jamolini, bunyodkor xalqimiz erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlarni tarannum etish istagini yanada kuchaytirdi. Beixtiyor 1989 yilda ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan tarixiy onlar yodimga tushdi...

Oshanda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida hur fikrlilik, ozodlik tuygulari quloch yoyib, kokka orlayotgan bir paytda respublikamiz rahbari tomonidan Davlat tili togrisidagi qonun qabul qilinib, ozbek tiliga davlat tili maqomi berilgani katta bayramga, quvonchli, unutilmas lahzalarga aylanib ketgandi! Bu kun xalqimizning gururini tiklagan, ozligimizni qaytarib bergan, yorug olamga kelib ilk bora sozlatgan muqaddas tilimizda kattayu kichik minbarlarda emin-erkin sozlash, armonlaru orzu-intilishlarimizni, ulug maqsadlarimizni ifoda etish huquqini inom etgan kun edi! Bu ona tilimizdan, muqaddas dinimizdan, qadimiy va boy tariximizdan ayirib, bizni tanazzulga eltmoqchi bolgan kuchlarga qarshi mardonavor zarba edi.

Prezidentimiz rahnamoligida dunyoda hech kimdan kam bolmagan hayot barpo etishdek buyuk maqsad yolidan dadil borayotgan Vatanimizning, yurtdoshlarimizning bugun qaddi tik, tili burro, gururi osmon. Yoshlarimiz dadil, oziga ishongan, yangilikka intiluvchan. Ular dunyo yoshlari bilan bellashib, hech kimdan kam bolmay, ulug millat vakillari, buyuk siymolarning vorislari ekanini yurakdan his etib, aniq maqsad sari odimlamoqda, ilgari tasavvur ham qilib bolmaydigan ulkan yutuq va marralarni qolga kiritmoqda. Yurtimizdagi barcha millat vakillari oz ona tilida erkin sozlashish, ijod qilish huquqiga ega. Ayniqsa, ular ham gozal va qadimiy ozbek tilida sozlashayotganliklari, bu tilni organish ishtiyoqida bolgan xorijliklar safi ortib borayotgani goyat quvonarlidir.

Ona tilimiz va milliy adabiyotimiz ravnaqi yosh avlodning intellektual salohiyatini oshiradi. Zero, Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, adabiyotga etibor — manaviyatga, kelajakka etibordir. Farmonda qayd etilganidek, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy, adabiy, manaviy merosni dunyoga tanitish, hayotimiz oynasi bolgan adabiyotimiz xazinalarini jahon tillariga tarjima qilish, oz navbatida, jahon adabiyoti durdonalarini ona tilimizga ogirish orqali xalqaro miqyosdagi etirofga erishish mumkin.

Baxtiyor farzandlarimiz bu yil buyuk mutafakkir, ona tilimiz imkoniyatlari nechogli keng ekanini oz asarlarida yuksak mahorat bilan tarannum etgan Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetining qaldirgoch talabasi bolish imkoniyatiga egadirlar.

Ulug alloma va adiblarimiz, marifatparvar bobolarimizning ilmu fan va adabiyot ravnaqi yolidagi ulkan xizmatlarining uzviy davomi sifatida ushbu oliy oquv dargohi ona tilimizning tarixiy ildizlarini, oziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy talim texnologiyalarini chuqur ozlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali kadrlar tayyorlab berishi va oldiga qoygan boshqa barcha maqsadlariga erishishi shubhasiz.

Xurshida QOCHQOROVA,

Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bolimi rahbari.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: