O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
24.05.2016

BIZ SOGLOM TURMUSH TARAFDORIMIZ

Qarshi sanoat kasb-hunar kollejida 31 may — Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni munosabati bilan «Biz, yoshlar tamaki chekishga qarshimiz!» shiori ostida targ‘ibot tadbiri bolib otdi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi, ichki ishlar, orta maxsus, kasb-hunar ta’limi viloyat boshqarmalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama qollab-quvvatlash, ularni turli yot goyalar, giyohvandlik, ichkilikbozlik va tamaki chekish kabi illatlardan asrash, yoshlarda ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorlik tuygusini yuksaltirishga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi.

Ozbekiston Respublikasining Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash togrisidagi qonuni va Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi Ozbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bolayotir.

Tamaki va alkogol mahsulotlarining inson salomatligiga zarari, uni istemol qilishning ayanchli oqibatlari xususida atroflicha malumot berildi, deydi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi raisi orinbosari Muzaffar Turopov. Maqsadimiz otkazilayotgan tadbirlar orqali yoshlar ortasida soglom turmush tarzini qaror toptirish, ularning siyosiy-huquqiy, manaviy-marifiy bilimini boyitishga komaklashishdir.

Tadbirda partiyadan saylangan deputatlar mazkur yonalishdagi ishlarga alohida etibor qaratishi, har bir deputat oz saylov okrugida, ayniqsa, yoshlar ortasida alkogol va tamaki mahsulotlari istemol qilinishining oldini olish boyicha targibot tadbirlarini tashkil etish va uning samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

O.BAROTOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: