O'zb  
 
24.05.2016

YANGI RAIS SAYLANDI

Mamlakatimizda bo‘lib otayotgan fuqarolar yigini raisi va uning maslahatchilari saylovida aholi faol ishtirok etib, eng munosib nomzodlarga ovoz bermoqda.

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 21 mahalla fuqarolar yiginidan on uchtasida saylov bolib otdi. Xususan, tumandagi «Boshliq» mahalla fuqarolar yiginida bolib otgan saylov ochiqlik va oshkoralik prinsipi asosida tashkil etilib, eng munosib nomzodlar fuqarolar yigini raisi va maslahatchiligiga saylandi.

Tort mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mazkur mahallada fuqarolar yigini raisligiga uch nomzod korsatilgan edi. Mahallaning obro-e’tiborli, tashabbuskor kishilaridan bolmish har bir nomzod oz dasturini saylovchilarga malum qildi.

Nomzodlar orasidan Abdulla Yunusovning dasturida kozda tutilgan reja va masalalar mahalla aholisi vakillariga maqul kelib, u ochiq ovoz berish yoli bilan mahalla raisligiga saylandi.

— Mahalla raisi osha hududning yuz-kozi, obrosi hisoblanadi, deydi mazkur fuqarolar yiginida saylovni otkazish boyicha ishchi guruh raisi Rafiqa Odilova. Mahallamizda istiqomat qilayotgan aholi nomidan ish yuritish bilan birga, uning manfaatlarini muhofaza qilishga qodir, aniq reja va maqsadlarga ega munosib nomzod saylansa, mahallaning nufuzi yanada ortadi, amalga oshirilayotgan ishlar samarasi yuqori boladi. Xuddi shu jihatlar saylovoldi targibot tadbirlarida batafsil tushuntirib borildi. Shu bois bu yilgi saylovga aholimiz yanada masuliyat bilan yondashdi.

Saylovda mahallaning eng faol va tashabbuskor kishilaridan on uch kishi fuqarolar yigini maslahatchilari etib saylandi.

G.SATTOROVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: