O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.05.2016

TIL VA ADABIYOT MILLATNI DUNYOGA TANITADI

Prezidentimiz Islom Karimovning «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish togrisida»gi farmonini oqib

Har bir millat uchun oz ona tili aziz, motabar va gozaldir. Har bir millat tilida uning ma’naviy-ruhiy olami aks etadi. Adabiyot esa millat tilining imkoniyati, boyligi, nafosatini namoyish etadigan sanatdir. Shu manoda til va adabiyot bir tan, bir jonki, ularni alohida tasavvur etish mumkin emas. Milliy til va adabiyotning rivoji millatning madaniy ravnaqiga xizmat qiladi.

Prezidentimizning 2016 yil 13 maydagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish togrisidagi farmoni mamlakatimiz manaviy-marifiy, madaniy hayotidagi muhim voqealardan boldi. Farmonda ona tilimiz va adabiyotimiz tarixi, zamonlar silsilasida boshidan otkazgan sinovlar, buyuk bobolarimiz qoldirgan meros qadri haqidagi keng qamrovli fikrlarni oqib, kishi beixtiyor oyga toladi, ona tilimizni asrab-avaylash, uning qonun-qoidalariga amal qilish, nufuzini oshirish uchun masullik tuygusini yanada chuqur his etadi.

Ona tilimiz erki uchun uzoq yillar kurashib kelindi, qancha-qancha ajdodlarimiz bu ulug ishga hayotini bagishladi. Nihoyat, respublikamiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan 1989 yilda xalqimizning orzu-armonlari ushaldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinib, ozbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Adolat tiklandi. Bu tarixiy voqeadan millatimizning gururi osmon qadar yuksaldi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, tilimiz, adabiyotimiz rivoji uchun beqiyos imkoniyatlar eshigi ochildi. 1993 yilda Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosini joriy etish togrisidagi qonun, 1995 yilda Davlat tili haqidagi qonunning yangi tahriri, 1996 yili ushbu qonunni amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturiga tegishli ozgartishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasining qarori va shu kabi boshqa hujjatlar qabul qilindi.

Davlatimiz rahbarining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish togrisidagi farmoni ona tilimiz va adabiyotimizni rivojlantirish yolidagi ulug ishlarning mantiqiy davomidir.

Til va adabiyot millatni dunyoga tanitadi. Adabiyot millat qalbining kozgusi, ezgu niyatlari, orzu-armonlarini aks ettiruvchi sanat. Boshqacha aytganda, millatlarni bir-biri bilan tanishtiradigan, ularni yaqinlashtiradigan qudratli kuchdir. Bugun tez ozgarayotgan dunyoda, globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan, turli buzgunchi goyalar milliy qadriyatlarimizga, manaviyatimizga tahdid solayotgan bir sharoitda ona tilimiz va adabiyotimizni yanada rivojlantirish, unga yoshlarning mehrini oshirish juda muhim ahamiyatga ega vazifadir.

Ozbekiston Konstitutsiyasida mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va ananalari hurmat qilinishi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi kafolatlangan. Buning amaldagi isbotiga istalgancha misol keltirish mumkin. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Ozbekiston Baynalmilal madaniyat markazi tarkibida 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar faoliyat olib bormoqda.

Qadimda ham bizning zaminimizda turli millat vakillari bahamjihat yashab, bir-birlarining tillarini yaxshi bilgan, hurmat qilgan. Ota-bobolarimiz bir necha tilda sozlashgan va ijod qilgan.

Mamlakatimizda ozbek tili bilan bir qatorda boshqa millatlar tiliga berilayotgan etibor millatlararo ahillik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim omil bolmoqda.

Ushbu farmonning xalqimiz madaniy hayotidagi ahamiyati goyat katta. Bu tarixiy hujjat madaniy-marifiy hayotimizdagi kopdan-kop masalalarni hal etadi, ona tilimiz va adabiyotimizning qaddini yanada kotarishga, rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Bugun ozbek tili dunyoning koplab mamlakatlarida katta qiziqish bilan organilmoqda. Prezidentimiz farmonida qoyilgan vazifalar ijrosi eng qadimiy tillardan bolgan ona tilimiz dunyoning yetakchi tillari qatoridan joy olishida muhim omil boladi.

Tilimiz va adabiyotimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan ushbu farmonning ahamiyati beqiyos. Bu hujjat mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning manfaatiga xizmat qiladi.

Safar OSTONOV,

Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: