O'zb  
 
24.05.2016

OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23 may kuni Oqsaroyda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Ozbekiston mamlakatlarimiz ortasida barcha yonalishlardagi barqaror va ishonchli hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Ozbekiston va Xitoy ortasidagi uzoq muddatli manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarining ustuvor yonalishlari va istiqbolini belgilashda muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar alohida ahamiyatga ega.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning mamlakatimizga bolajak davlat tashrifi ozaro munosabatlarni yanada rivojlantirishda muhim bosqich bolishi takidlandi.

Ozbekiston va Xitoy ozaro manfaatli va samarali hamkorlik boyicha katta tajriba toplagan. 2015 yilda ikki mamlakat ortasidagi ozaro tovar ayirboshlash hajmi 4,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Ozbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Xitoy investitsiyasi hajmi 6,5 milliard dollardan oshdi. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida tashkil etilgan 651 korxona faoliyat korsatmoqda, bir qancha muhim qoshma loyihalar amalga oshirilgan.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari «Angren» maxsus industrial zonasida shina va konveyyer lentalari ishlab chiqarish zavodini, Navoiyazot aksiyadorlik jamiyati bazasida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksini barpo etish boyicha va boshqa yirik loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda.

Ozbekiston bilan Xitoy ortasida kop asrlik tarixiy rishtalarga asoslangan talim, ilm-fan, texnologiyalar, tibbiyot va madaniyat sohalaridagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

Uchrashuvda Ozbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida bolib otadigan tadbirlarda Xitoyning ishtiroki va Ozbekiston — Xitoyning ozaro hamkorligiga doir boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

ShHTning kuzatuvchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Toshkentda bolib otadigan sammiti muhim siyosiy voqea bolib, sammit davomida tashkilotning turli sohalardagi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinishi takidlandi.

Mehmon Prezidentimizga samimiy qabul va ozaro hamkorlikning dolzarb masalalari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni atroflicha muhokama etish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: