O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.05.2012

Odam savdosi: uning qurboniga, ishtirokchisiga aylanib qolmang

Yuzlari quyoshdan qorayib, qo‘llari yorilgan yigit savollarimga javob berar ekan, har zamonda ogir tin oladi, goyo bolib otgan voqealarni yodiga tushirmoqchi boladi. Aslida bu voqealar bolib otganmidi? Hammasi tushga oxshaydi — shu kunlarda bu hodisalar roy berishiga ishonmaysan. Lekin bularning hammasi bor gap, bunga mana shu suhbatdoshim Murod guvoh, aniqrogi, u odam savdosi jabrini tortganlardan biri.

Qashqadaryo viloyatining qishloqlaridan birida tugilib osgan va shu manzilda ota-onasi bilan tinchgina yashab, ishlab kelayotgan Murodning oromini Avazning chet eldagi yaxshi ish, har oyda tolanadigan katta maosh haqidagi va’dalari ogirladi. Qarasa, yana tortta tengdoshi Avazning iziga tushyapti. Murod ham ota-onasidan ruxsat olib ularga qoshildi. Chegaradosh qoshni mamlakatga noqonuniy ravishda otdilar. Avaz yigitlarni «xojayinlaring», deb topshirgan orta yashar kishi ularni cholni qoq ortasidagi kichkinagina gisht zavodiga olib borib tashladi. Yigitlarning vazifasi gisht quyib, ularni pishirib, kelgan xaridorlarga ortib berishdan iborat edi. Yashash uchun eng oddiy sharoitlar ham yoq, bazan ikki-uch kunlab issiq ovqatsiz qolib ketishardi. Yigitlardan biri yiqilib tushib, oyogi jarohatlanganda, oddiy shorpaxta bosib, tuzatdilar. Kelganlariga uch oydan oshdiki, vada qilingan ish haqidan darak yoq edi.

Xojayinning muomalasidan ularga hech qanday haq berilmasligi, uqubatlarning oxiri korinmasligi malum bolib qoldi. Gisht olishga kelgan xaridorlardan birining ularning ogir ahvoliga rahmi keldimi, mamlakat migratsiya xizmati telefon raqamlarini aniqlab kelib, mobil telefonini ham berib turdi. Qongiroqdan keyin migratsiya xizmati xodimlari ular yashab, ishlayotgan manzilga kelib, yigitlarni bitta mashinaga otqazib, chegaragacha kuzatib qoyishdi. Bor gap shu.

Toshkentdagi odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boyicha respublika reabilitatsiya markazida biroz ozimga keldim, deydi Murod. Bu yerdagi shifokorlar parvarishi, psixolog yordami meni yana hayotga qaytardi. Qishlogimdagi ota-onam bagridagi tinch, osuda hayotning qadrini endi anglayapman. Osha gishtni ozimning qishlogimda ham quysam bolardi-ku?! Odamlar uy-joy qurishyapti, talab katta edi-ku, deb oylayapman. Qaytishim bilan Avazni izlab topaman, bizni sotgani haqida ariza bilan tegishli idoralarga murojaat qilaman...

Afsuski, bu kabi qismatlar oz emas. Butun dunyoda transmilliy uyushgan jinoyatchilikning bir turi deb tan olingan odam savdosi mamlakatimizda ham dolzarb muammolardan biriga aylandi. Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, turli fuqarolik institutlari, jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar birgalikda qarshi kurashayotganiga qaramay, bu jinoyatga chek qoyilmayotgani sababi nima?

Avvalo, odam savdosi qurboni chekkan aziyatlardan xabardor bolsa-da, kopchilikning ongida bu men bilan yuz bermaydi, degan aqida hali ham mavjud. Shuningdek, odam savdosi jabrlanuvchilari chegaradan noqonuniy otish va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishadiki, bu holat ularni jinoyatchilar ustidan arz qilishdan tiyib turadi. Bu esa odam savdosi bilan shugullanganlarning jinoyati jazosiz qolishiga va ularning noqonuniy faoliyatini davom ettirishiga yol ochib beradi.

Muammoning yechimi qayerda? Mahalliy va xalqaro tashkilotlarning bir necha loyihalari boyicha ish olib borayotgan, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilayotgan Istiqbolli avlod nodavlat notijorat tashkilotining bu boradagi faoliyati diqqatga sazovor. Bugungi kunda bu NNT tarmogi viloyatlarda ham mavjud.

Odam savdosi holatlarini kamaytirish uchun avvalo, yoshlarimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirishimiz zarur, deydi loyiha rahbari Shohida Qosimova. Ijtimoiy tashabbuslarni qollab-quvvatlash Fondi komagida, Xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimlari, poytaxtning Chilonzor va Sergeli tumanlari xotin-qizlar kengashlari va orta umumtalim maktablari bilan hamkorlikdagi ushbu loyiha doirasida bir qancha uchrashuv va seminarlar otkazdik. Bu tadbirlarda yoshlarning huquqiy saviyasini yuksaltirish, kasb-hunarga yonaltirish, fuqarolik burch va vazifalari tushunchalarini shakllantirish mavzulariga etibor qaratildi. Ana shu tamoyillarni ozida mujassam etgan kishida, albatta, odam savdosi qurboniga aylanish xavfi kamayadi.

Jizzax viloyati Istiqbolli avlod NNT direktori Nazifa Kamolova esa odam savdosi jabrlanuvchilarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ularni mutasaddi tashkilotlarga yonaltirishni tashkillashtirish va odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini jadallashtirishda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik yaxshi samaralar berayotganini takidlaydi.

Odam savdosi qurbonlariga kelgusidagi hayotini yolga qoyishda kerakli huquqiy yordam berish bilan birga, uning nima uchun shu ahvolga tushgani sabablarini ham chuqur organamiz. Lozim bolgan taqdirda mahalliy ijro hokimiyatlari, mahalla komagida uni ishga joylashtirish choralarini koramiz. Tegishli idoralarga uning arizasini yetkazish va bu borada olib borilayotgan ishlarda hamkorlik qilishga doim tayyormiz, deydi u.

Tashkilotimiz odam savdosidan jabr korganlarga yordam berish bilan bir qatorda bu global muammoning oldini olish choralarini ham kormoqda. Ozbekiston Respublikasining Odam savdosiga qarshi kurashish togrisidagigi Qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati va uning ijrosi, mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar odam savdosiga qarshi kurashishga masul bolgan davlat organlariga komaklashishi boyicha zarur bilim va axborotlarni ham yetkazamiz, deydi Istiqbolli avlod NNT raisi Nodira Karimova. Zero, muammoning yechimini izlagandan kora, uning oldini olgan afzal. Shu orinda ommaviy axborot vositalarining ornini ham alohida takidlab otish joiz.

Istiqbolli avlod NNT va respublika Bosh prokuraturasi qonunchilik targiboti bolimi hamkorligida tashkil etilgan seminarda OSCE, UNODS, Migratsiya boyicha xalqaro tashkilotning Markaziy Osiyoda odam savdosiga qarshi kurashish boyicha loyihalari doirasida olib borilgan hududiy faoliyat taqdimoti bolib otdi, odam savdosi muammosining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi masalalariga alohida etibor qaratildi.

Sharofat YOLDOSHEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: