O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
19.05.2012

Adolat SDP ijtimoiy adolat tamoyiliga qarshimi?

Mamlakatimizda demokratik islohotlar chuqurlashib, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida navbatdagi qadamlar qoyildi. Bu bevosita siyosiy partiyalar mas’uliyatini oshirib, davlat va jamiyat boshqaruvida ular ishtirokini kuchaytirishga keng yol ochdi. Bugun har bir siyosiy partiya goyaviy jihatdan yetuk bolishi, asosiy dasturiy goyasidan ogishmay amaliy ishlar bilan olga intilishi kerak. Oz faoliyatini shu asosda tashkil etib, davr talabi darajasida ishlayotgan, elektorati manfaatini dadil himoya etayotgan partiya jamiyatda obro-etibor qozonadi, oz maqsadiga erishadi.

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan har bir siyosiy partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasini oshirish boyicha oz pozitsiyasiga ega. Xususan, OzXDP mamlakat barqaror rivojlanishida ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish muhim, deb hisoblaydi. Biroq ayrim siyosiy partiyalar ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyoti tushunchasini notogri talqin qilishga urinmoqda.

Ozbekiston bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich otish yolini tanlagan. Bu jarayonda OzXDP bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yonaltirilganligini kuchaytirish tarafdori bolib kelmoqda. Chunki bozor munosabatlariga otish jarayonida jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni taminlash dolzarb masala hisoblanadi. OzXDP bunda alohida qollab-quvvatlashga ehtiyojmand kishilar manfaatini himoya qilish, ularning jamiyatda oz ornini topib, oilasi farovonligi oshishiga komaklashish, bir soz bilan aytganda, aholining manzilli ijtimoiy himoya qilinishiga erishish juda muhim, deb hisoblaydi. Aholining real daromadlari ortishini kafolatlaydigan barqaror iqtisodiy osishni taminlash, shu tariqa har bir fuqaro yurtimiz iqtisodiy ravnaqiga hissa qoshishi uchun kurashadi. Bunda kam taminlangan, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelayotgan kishilar manfaatini himoya qilish, ularni ish bilan taminlashga etibor qaratmoqda. Chunki OzXDP bu bilan odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, imkoniyati cheklangan kishilarni oz qobiliyati darajasida ish bilan taminlab, jamiyatda hech kimdan kam bolmay yashashi uchun sharoit yaratish zarur, deb biladi.

«Adolat» ham sotsial-demokratiyaning asosiy goyalaridan kelib chiqib, oz Saylovoldi dasturida ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyoti tarafdori ekanini kop uqtiradi. Xususan, partiya oquv yurtlari bitiruvchilarini doimiy ish bilan taminlash, ularning ish haqi, umuman, mehnat sharoitini yaxshilash, talim muassasalarini tamomlagan va ishga qishloq xojalik korxonalari bilan shartnoma asosida qabul qilingan yosh mutaxassislarga gamxorlik qilishni oz vazifasi sifatida belgilagan.

Ammo Adolat nashri bozor iqtisodiyoti sharoitida ishsizlik bolishi tabiiy, deya ijtimoiy adolat, inson manfaati va haq-huquqlari ustuvorligi tamoyiliga togri kelmaydigan fikrni ilgari surmoqda. Ishsizlik mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, odamlar kayfiyatiga salbiy tasir etishini hisobga olmayapti. Iqtisodiyotni izchil rivojlantirib borish chora-tadbirlarining belgilanmagani, ishlab chiqarish va xizmat korsatish sifati va kolamini oshirish borasidagi imkoniyatlardan toliq foydalanilmaganda ishsizlik ortadi.

Bugun yoshlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taminlash ota muhim vazifalardan biridir.

2011 yil yakunlari va 2012 yilda Ozbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yonalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasi yigilishida bitiruvchilarni ish bilan taminlash mahalliy hokimlik, mutasaddi tashkilotlar zimmasidagi alohida masuliyatli vazifa ekani takidlandi. Ammo aholi farovonligi bosh masalasi bolgan Adolat SDP yetakchilari bunga yuzaki qaramoqda. Ijtimoiy himoya boyicha koproq hayotiy takliflar bilan chiqish orniga OzXDP tomonidan oz elektorati manfaati yolida amalga oshirilayotgan ishlarga noxolis munosabat bildirmoqda.

Partiyamiz oz elektorati bandligini taminlash, ijtimoiy himoyasini mustahkamlash maqsadida otkazgan iqtisodiy forumlarini, yangi ish orinlari yaratishga qaratilgan tashabbuslarini notogri talqin qilmoqda. Goyoki OzXDP ozining goyaviy qarashlaridan chekinayotgan emish. Masalaga shunday yondashadigan bolsak, tabiiy savol tugiladi: Nima, Adolat SDP ijtimoiy adolat tamoyiliga qarshimi?

Vaholanki, Adolat SDP Saylovoldi dasturida iqtisodiy osish natijalarini adolatli yonaltirilgan bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yonalishini chuqurlashtirishga qaratishi belgilab qoyilgan. Partiya davlat tomonidan aholi daromadini izchillik bilan kopaytirish boyicha amalga oshirilayotgan siyosatni qollab-quvvatlaydi. Va bu siyosatni iqtisodiy osishning tolovga layoqatlilik talabini oshirish, ishchi-xizmatchilar va ularning oilasi munosib hayot kechirishi uchun yetarli bolgan serunum va samarali mehnatni ragbatlantirishga qaratilgan asosiy say-harakatlardan biri sifatida qabul qiladi, deb belgilab qoyilgan. Biroq Adolat SDP iqtisodiy osishning tolovga layoqatliligini oshirish, mehnatni ragbatlantirish boyicha muayyan takliflar bilan chiqishni oylab kormayapti, shekilli...

Jahon tajribasidan malumki, iqtisodiyot rivojlanishi jarayonida ishtirok etayotgan fuqarolarning safi kengayishi davlatning iqtisodiy osish suratlarini, taraqqiyotni tezlashtiradi. Biroq adolatchilar nazdida, buning uchun faqat davlat kurashishi, aholi daromadini izchil kopaytirish faqat uning zimmasiga tushishi kerak. OzXDP ishga layoqatli kishilar byudjet mablaglaridan himoya qilinishiga qarshi. Yani, kishilar qobiliyati va qiziqishi asosida ishlab chiqarishni yolga qoyib, xususiy mulki orqasidan ozi, oilasi uchun daromad manbaini yaratishi kerak. Bundan jamiyat manfaatdor boladi.

Bugungi siyosiy partiya nafaqat muayyan goyani ilgari surishi, uni amalga oshirish dasturiga ega bolishi lozim. Aks holda, u tolaqonli siyosiy partiya bola olmaydi. Faqat qollab-quvvatlash bilan cheklanib qolgan partiya oz maqsadiga erisha olmaydi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: