O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.05.2016

OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 18 may kuni Oqsaroyda Bolgariya Respublikasi Bosh vaziri Boyko Borisovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Bolgariya Bosh vazirining Ozbekistonga ilk tashrifi ozaro munosabatlarda muhim voqea bolib, mamlakatlarimiz ortasidagi manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Ozbekiston Bolgariyani ananaviy va ishonchli iqtisodiy hamkor deb biladi, ozbek va bolgar xalqlari uzoq yillik dostlik aloqalariga ega.

Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikning keng kolamli masalalari — sanoat, transport kommunikatsiyalari, turizm, shuningdek, zamonaviy qoshma sanoat korxonalarini tashkil qilishning istiqbolli yonalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar Bolgariya Bosh vaziri tashrifi doirasida 18 may kuni «Angren» maxsus industrial zonasida yuqori texnologiyali yangi UzPristaoyl qoshma korxonasining ochilishi ozaro manfaatli hamkorlikning yorqin misoli bolganini qayd etdilar. Ozbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi va Bolgariyaning Prista Oyl kompaniyasi tomonidan tasis etilgan mazkur korxona sintetik va yarim sintetik motor moylarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga ixtisoslashgan.

B.Borisov yangi korxonaning eksport salohiyati yuqori ekanini, Ozbekistonda tashkil etilgan Navoiy va Angren maxsus iqtisodiy va industrial zonalarda xorijiy sarmoyadorlarning muvaffaqiyatli faoliyati uchun qulay sharoit yaratilgani, bu yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ekanini takidladi. Bu Bolgariya kompaniyalariga Markaziy, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari bozorlariga chiqish imkonini beradi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Bolgariyada olib borilayotgan va asosiy yonalishlari iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni kengaytirish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bolgan iqtisodiy siyosatni qollab-quvvatlashini takidladi.

Bolgariya Bosh vaziri Ozbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng kolamli islohotlar strategiyasi natijasida tub iqtisodiy va ijtimoiy ozgarishlarga erishilganini yuqori baholadi. Bugungi islohotlar va tarkibiy ozgarishlar Ozbekistonning yanada taraqqiy etishida muhim omil bolayotganini qayd etdi.

Tomonlar ozaro savdo aloqalarini yanada kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini takidladi. Ozbekiston Bolgariya bozoriga keng turdagi sanoat mahsulotlari eksport qilish va ushbu mamlakatdan yuqori texnologiyali tovar va uskunalar import qilishdan manfaatdor.

Uchrashuvda Ozbekiston bilan Bolgariya ortasida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi istiqbolli yangi loyihalarni ishlab chiqish uchun ishbilarmon doiralar delegatsiyalari almashish boyicha kelishib olindi.

B.Borisov Prezidentimizga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Bolgariya Ozbekiston bilan kop qirrali hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini takidladi.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: