O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
17.05.2016

ONA VA BOLA SOGLIGI JAMIYAT BOYLIGI

O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat va Termiz tuman kengashlari «Qahramon» qishloq vrachlik punktida Ayollar sogligi — jamiyat boyligi loyihasi doirasida tadbir otkazdi.

Unda viloyat va tuman partiya kengashlari mutasaddilari, tibbiyot birlashmasi xodimlari ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlam vakillarini har tomonlama qollab-quvvatlash, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash masalalari haqida soz yuritishdi.

Faol ayollar qanoti xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda yaqin komakchi bolayotgani ta’kidlandi.

Ayol baxtli bolsa, jamiyat taraqqiy etadi, deydi OzXDP Termiz tuman kengashi raisi, partiya guruhi rahbari Torabek Zoirov. Shunday ekan, ularni qollab-quvvatlash va qulay sharoit yaratish ustuvor vazifadir. Otgan yili Sogliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun davlat byudjetidan ajratilayotgan mablaglarning maqsadli ishlatilishi togrisidagi masala deputatlarimiz tomonidan organilgan va sessiyada tegishli qaror qabul qilingan edi. Uning ijrosini taminlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish olib boryapmiz. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishiga harakat qilyapmiz.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi ornini mustahkamlash davr talabi, deydi Ozbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi sektor mudiri Nilufar Shaymanova. Chunki hayot ayol baxti bilan yanada tokis, yanada farovon boladi. Tadbir doirasida Qahramon qishloq vrachlik punktida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdik. Tajribali shifokorlar aholiga namunali tibbiy xizmat korsatayotgani bizni xursand qildi. Bunday uchrashuvlarni boshqa hududlarda otkazishga ham kelishib oldik.

Malumot ornida aytish kerakki, Termiz tumanida aholi salomatligini asrash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Joriy yilda Surxon shifo maskani foydalanishga topshirilgan bolsa, 2016-2018 yillarda tuman tibbiyot birlashmasining yangi mamuriy binosi, poliklinika va diagnostika bolimlari bunyod etilishi kozda tutilmoqda.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: