O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
17.05.2016

IJTIMOIY MASALALARNI ORGANISH

va muammolarni bartaraf etishda sustkashlikka yo‘l qoyib bolmaydi

Mamlakatimizda jamiyatni isloh etish va modernizatsiya qilish boyicha strategik vazifalarni hal etishda siyosiy partiyalarning ishtiroki tobora kengayib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik birlashmalarining roli oshib bormoqda. Buni qonunchilikka mahalliy vakillik organlarining vakolat va imkoniyatlarini kengaytirish boyicha kiritilayotgan ozgartishlar, shuningdek, deputatlar tashabbusi bilan mahalliy Kengashlar sessiyalariga olib chiqilayotgan muhim masalalar misolida ham korish, xulosa qilish mumkin.

Siyosiy partiyaning jamiyat hayotida mustahkam oringa ega bolishi, uning goyalari odamlarga yetib borishida Saylovoldi dasturi muhim ahamiyatga ega, albatta. Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida ilgari surilgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida partiya Markaziy Kengashi tomonidan 2015-2019 yillarga moljallangan amaliy Harakat dasturi qabul qilingan.

Unda eng avvalo, partiyamiz elektorati manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator qonunchilik tashabbuslari bilan chiqish, hududlarda aholini oylantirayotgan muhim masalalarga yechim topish hamda maqsadli dasturlarning ijrosi yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib borish, bu borada partiya guruhlari ishini muvofiqlashtirish masalalari oz ifodasini topgan.

Xosh, bu ishlar qay darajada amalga oshirilmoqda? Harakat dasturi ijrosini taminlash boyicha mahalliy Kengashlar va partiya tashkilotlari tomonidan qanday tajriba toplandi? Ushbu masalada samaradorlikni oshirish uchun qaysi jihatlarga etiborni kuchaytirish kerak? Mazkur savollarga javob topish maqsadida amaliy Harakat dasturining 2015 yildagi ijrosi tahlili hamda shu boradagi fikr-mulohazalarga etibor qaratdik.

OzXDP Markaziy Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bolimi tomonidan berilgan malumotlarga qaraganda, otgan yil davomida xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari tomonidan 189 masala organilib, shundan 127 masala doimiy komissiya yigilishlarida, 87 masala sessiyalarda muhokama etilgan.

Qizilgul QOSIMOVA, Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

— Bugun mahalliy Kengashlarga partiyamizdan saylangan deputatlar oldida turgan eng muhim masalalardan biri bu Harakat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taminlashda faol ishtirok etishdir. Biz rejalashtirilgan yonalishlarni partiya guruhi, doimiy komissiya hamda sessiyalar muhokamasiga olib chiqishda tashabbuskor bolishimiz kerak. Shunisi ham borki, Harakat dasturida belgilangan masalalarni faqat muhokama qilish bilan kozlangan maqsadga erishib bolmaydi.

Joylarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish orinlari yaratish, elektorat manfaatlarini himoya qilish bilan bogliq hali yechimini kutayotgan muammolar oz emas. Togri, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlarimiz bu borada ancha faollashdi, partiya guruhlari, doimiy komissiyalar, sessiyalarda mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining axborotlari tinglanayapti. Shu orqali muayyan xulosalar chiqarilayapti, albatta. Lekin fikrimcha, biz bu borada tizimlilikka erishmogimiz, har bir yigilishda amaliy qarorlar qabul qilinishi uchun intilishimiz zarur. Aks holda, elektorat manfaatlarini himoya qilish jarayonlarda sustkashlikka yol qoyishimiz mumkin.

Andijon, Jizzax, Surxondaryo, Fargona viloyatlaridagi partiya guruhlari Harakat dasturi ijrosini taminlashda nisbatan faol ishtirok etdi, deydi OzXDP Markaziy Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bolimi mudiri Nazira Matyoqubova. Partiya guruhlari tashabbusi bilan muhokama qilingan masalalarning mazmun-mohiyatiga etibor qiladigan bolsak, asosiy urgu elektorat manfaatlarini taminlashga qaratilganini koramiz. Misol uchun, dasturiy maqsadlarimizning muhim yonalishini tashkil etuvchi aholi bandligini taminlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar 33 hududda tegishli tartibda muhokama etilgan. Ularning 7 tasi partiya guruhlari, 11 tasi doimiy komissiyalar hamda 15 tasi sessiyalar muhokamasiga olib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishilgan. Xususan, ushbu masalalar Andijon viloyatining Oltinkol, Jizzax viloyatining Mirzachol, Namangan viloyatining Chust, Samarqand viloyatining Urgut, Paxtachi, Surxondaryo viloyatining Jarqorgon, Toshkent viloyatining Bektemir tumanlari va boshqa qator hududlarda korib chiqilgan. Ish bilan taminlash masalasining keng kolamda, koplab tuman va shaharlarda korib chiqilishi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining hayotda oz ornini topishi, aholi turmush darajasi ortishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli, albatta.

Partiya Saylovoldi dasturida belgilangan sogliqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga korsatilayotgan birinchi tez tibbiy yordam sifatini oshirish, qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bilan bogliq 53 masala organilib, ularning 13 tasi doimiy komissiyalarda, 28 tasi sessiyalarda muhokama etildi. Misol uchun, Qoraqalpogiston Respublikasining Qongirot, Andijon viloyatining Ulugnor, Andijon, Boz, Jalaquduq, Buxoro viloyatining Buxoro, Jondor, Vobkent, Jizzax viloyatining Baxmal, Dostlik, Gallaorol, Jizzax, Surxondaryo viloyatining Termiz, Uzun, Oltinsoy, Muzrabod tumanlarida ushbu masalalar xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyalarida korib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tibbiyot sohasidagi masalalarni izchil organish va hal qilish, onalar va bolalar sogligini muhofaza qilish partiyamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bu borada faollikni oshirish hayotiy zarurat hisoblanadi.

Mahmudjon ABDULAZIZOV, Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Bir narsani esdan chiqarmasligimizni istardim. Yani, Harakat dasturi saylovoldi kampaniyasi davrida aholi, xususan, elektorat vakillariga berilgan vadalar ijrosini taminlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ertaga deputatlik faoliyatimizga ushbu dasturni amalga oshirishdagi ishtirokimizga qarab baho beriladi.

Harakat dasturi ijrosi haqida gap ketganda, yana bir jihatga etibor qaratish zarur, deb oylayman. Bu sessiyalar muhokamasiga kiritilayotgan masalalarni har tomonlama chuqur organishda hokimiyat vakillari va korxona-tashkilotlar mutaxassislari bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishdir. Nazarimda, biror ijtimoiy masala boyicha masul tashkilotga faqatgina vazifa yuklab qoyish bilan chegaralanmasdan, muammoni birgalikda organib, yechimini topishimiz lozim. Xulosam shuki, mutasaddi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilinsa, hamfikr bolinsa, ijobiy natijalar uchun yanada keng yol ochiladi.

Harakat dasturiga kora, pensiya va nafaqa pullarining tayinlanishi, yosh oilalarning imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan taminlanishi, davlat tomonidan korsatilayotgan moddiy yordam mablaglarining manzilliligini organish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish kabi yonalishlarga alohida etibor qaratilayapti. Bularning barchasi ijtimoiy himoyani kuchaytirish va amalda taminlash bilan bogliq dolzarb masalalar sanaladi, deydi OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Akmal Tursunboyev. Aytish kerakki, bu borada jami 36 masalani organish belgilanilgan edi. Shundan 16 tasi doimiy komissiyalarda, 11 tasi sessiyalarda korildi. Bu borada Qoraqalpogiston Respublikasining Beruniy, Kegeyli, Jizzax viloyatining Arnasoy, Zomin, Namangan viloyatining Uychi, Kosonsoy, Pop, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanlari, ayniqsa, faollik korsatib, qator masalalarni sessiyalar kun tartibiga olib chiqishga erishdi. Shuningdek, Harakat dasturidagi talim tizimini yanada rivojlantirish, maktabgacha talim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, oquvchilarning davomatini organish yonalishlarida ham muayyan ishlar qilindi. Xususan, bu borada 5 masala doimiy komissiyalar, 8 tasi esa sessiyalar muhokamasiga kiritildi. Bir jihatni alohida takidlashni istardim. Mazkur yonalishlarda rejalashtirilgan masalalarning oz vaqtida organilib, hal etilishi aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarning huquq va manfaatlari taminlanishida dolzarb ahamiyatga ega.

Harakat dasturida ijtimoiy masalalarga ham jiddiy etibor qaratilgan. Xususan, kommunal soha, yol, transport, muhandislik kommunikatsiya qurilishi va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish kabi yonalishlarda 10 dan ortiq masala partiya guruhlari, doimiy komissiyalar va sessiyada korib chiqildi.

Umuman olganda, partiya faollari, deputatlar tomonidan organilib, muhokamaga kiritilayotgan masalalar, eng avvalo, Saylovoldi dasturida kozda tutilgan vazifalar ijrosi, elektorat manfaatlariga qaratilgani bilan muhim hayotiy ahamiyatga ega.

OzXDP Markaziy Kengashi tomonidan amaliy Harakat dasturi ijrosi tahlil etilganda, bu borada ayrim mintaqaviy, tuman, shahar kengashlari va partiya guruhlari tomonidan sustkashliklarga yol qoyilgani malum boldi. Aniqrogi, sessiyalar muhokamasiga kiritilishi lozim bolgan ayrim masalalar faqatgina partiya guruhi va doimiy komissiyalardagina korib chiqilgan, xolos.

Aytish kerakki, bunday holatlar bilan murosa qilib bolmaydi. Qaysi hududda partiya tashkiloti yoki deputatlik birlashmalari qoniqarsiz faoliyat yuritsa, osha joyda elektoratimiz manfaatlari bilan bogliq masalalar hal etilmay qoladi. Bu esa partiyamizning jamiyatdagi nufuziga salbiy tasir otkazadi.

Harakat dasturining ijrosi tahlili shuni korsatmoqdaki, partiya tashkilotlari va deputatlar oldida juda muhim vazifalar turibdi. Xususan, sessiyalar muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan chiqarilgan qarorlar ijrosini qatiy nazoratga olish, hududlarning rivojlanish holatidan kelib chiqib, takliflar berish, tashabbuskorlik, talabchanlik korsatish zarur boladi. Chunki joriy yilga moljallangan Harakat dasturida ham saylovchilar haq-huquqlari, elektorat manfaatlari bilan bogliq dolzarb ijtimoiy masalalar belgilangan.

Xulosa qilib aytganda, Harakat dasturi ijrosi kop jihatdan mintaqaviy tashkilotlar va partiya guruhlari faoliyatiga bogliq. Ana shuni chuqur anglagan har bir partiya faoli, deputat oz ishini yuqori talab va mezonlar asosida olib borsa, elektorat manfaati izchil va samarali himoya etiladi.

Nurali ORIPOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: