O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.05.2016

MILLAT KAMOLI UCHUN

Prezidentimiz Islom Karimovning «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish togrisida»gi farmonini oqib

Gazal mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomiz Muhokamat ul-lugatayn asarida Parvardigori olam oz buyuk qudrati bilan insonni al-mutakallim, ya’ni soz egasi qilib yaratganini takidlab otar ekan, Va to ul bu mazhariyat sharafidin jamii maxluqotqa sarafroz boldi va bu tashrif bila borisidin imtiyoz topti, deydi.

Undan buyon necha asrlar otdi, ne-ne zamonlar kechdi. Bu til, bu adabiyot qanchadan-qancha xoru sarsonliklarni boshdan kechirdi, Zahiriddin Muhammad Bobur timsolida yoru diyor soginchida nolalar chekdi, Boborahim Mashrab bolib dorga osildi, Figonkim gardishi davron... deya oz ohu zorlari ostida oz Vatanidan badarga qilindi.

Bir zamonlar boldiki, bosqinchi va istilochi kuchlar tomonidan Samarqand, Buxoro, Xorazm minorlari timsolida oqboron qilindi, topga tutildi. Bu til, bu adabiyotning bobolar yotgan tabarruk qadamjolari osha mustabid tuzumlarning ogitxonasiga aylantirildi. Muqaddas obidalar qanday yemirilgan, poymol qilingan bolsa, bu til, bu adabiyot ham xuddi shunday kamsitildi, toptaldi va xorlandi. Yurtparvarlik, millatparvarlik kalomi, haq soz uchun bu adabiyot qatagon qilindi, Kishan kiyma, boyin egma, ki sen ham hur tugilgonsen deya faryodu figon qilgan Cholponlaru Qodiriylari bir boshdan Qilichlarning tillarida qizil qon zamonlarning qilichidan otkazildi. Millatning boshiga nimaiki xoru zorlik tushgan bolsa, til va adabiyot ham jonidan otkardi, til va adabiyot nimaiki kamsitish va tahqirlashga duchor qilingan bolsa, xalq va millat ham bundan bebahra qolmadi.

Tarixda davlat peshvolarining aholini, xalqni butun boshli millatga, mamlakatni yaxlit Vatanga aylantiradigan kitoblari, maruza va farmonlari bolgan. Sohibqiron Amir Temur bobomizning Temur tuzuklari, Zahiriddin Muhammad Boburning Boburnoma asarlari buning yorqin dalilidir.

Istiqlolimizning Bosh memori, davlatimiz rahbari Islom Karimovning Yuksak manaviyat — yengilmas kuch, Ozbekiston mustaqilikka erishish ostonasida, Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yolida xizmat qilish eng oliy saodatdir kitoblari, Prezidentimiz respublika rahbari etib saylangan kunning ertasigayoq, yani 1989 yilning 24 iyunida sozlagan, kitobga Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning ozi yol qoymaydi sarlavhasi bilan kiritilgan maruzasi ham Vatanimiz ravnaqi va millatimiz kamolini belgilab beruvchi ana shunday tarixiy-dasturiy asarlar qatorida ozining munosib orni va maqomi borligi bilan goyat qadrlidir. Biz bugungi ozod va obod hayotimizga osonlikcha erishmadik. Mamlakatimiz rahbarining oz xalqi va kelajak taqdiri haqida qaygurishining, jasorat va matonat, Shaxs va ulkan qalb, yuksak tafakkur va mardonalikning tarixiy bitiklari bolmish bu asarlarni haqiqatan ham elu yurt taqdiridan ayro holda, elu yurt taqdiri va kamolini esa bu asarlardan ajratgan holda tasavvur qilish mumkin emas...

Prezidentimizning Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish togrisidagi farmoni ham, aytish mumkinki, mustaqillik yillarining ana shunday tarixiy va zalvorli hujjati sifatida istiqlol zarvaraqlaridan munosib joy oladi. Kechmish tarix ham, kechagi kun, bugungi zamon va kelajak ham bab-baravar keng qamrab olingan mazkur farmonni, tabir joiz bolsa agar, sermazmun, har tomonlama puxta va mukammal tarixiy asarga qiyoslash mumkin. Farmon olis va yaqin tarix, marifatparvar ota-bobolarimiz haqida, mustabid zamonlarning qattol qiyofasiyu madaniyatimiz, til va adabiyotimiz boshiga tushgan balolar, qatagon yillarning armonlariyu gurur va iftixorimiz xususida, manaviy kamolot, millat ravnaqiyu yosh avlod taqdiri haqida keng va mol malumot berish barobarida kishi qalbini junbushga keltiradi, fikr va mulohaza qilishga, masullik va daxldorlikka undaydi, oylantiradi, faxr va iftixor bagishlaydi.

Ushbu tarixiy farmon shundoqqina oz-ozidan paydo bolmagani, uning har satri va har bandida yuksak idrok va tafakkur, qalb va yurak nafas olib, bedor urib turganini korish mumkin. Shu manoda mazkur hujjat Adabiyotga etibor manaviyatga, kelajakka etibor asarining manaviy-uzviy davomi yanglig til va adabiyot ahli uchun oz vaqtida qabul qilingan, kerakli va ibratli, ayni paytda quvonchbaxsh va gururbaxsh marifiy-tarixiy dasturilamal hamdir.

Sir emas, jamiyatimizning manaviy iqlimi, marifat va manaviyatimiz, til va adabiyot ahli bilan osib kelayotgan yosh avlod allaqachon shunday nomdagi oliy talim dargohiga muhtoj edi. Va bu ehtiyoj oz-ozidan paydo bolmaganini hammamiz yaxshi bilamiz. Ayniqsa, oquvchilik-talabalik yillari sobiq mustabid tuzum davriga togri kelgan vatandoshlarimiz yurak-yuragidan otkazib yashagani, bitta-yarimta yosh ijodkorlarimiz ozib-yozib yot olkalardagi adabiyot institutlarida tasodifan oqishga kirib qolsa, ham havas, ham okinch va armon qilganlarimiz ham bor gap. Men bir ijodkor sifatida yuksak sharaf bilan nomu nasablari berilayotgan bobomiz Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universitetiga bu yil oqishga kirib, shu oliy maqomli talim dargohida talabalik gashtini surish nasib etadigan uka-singillarim, ogil-qizlarimizga quvonch bilan va astoydil havasim kelyapti. Istiqlol sharofati bilan nomlari ham, maqomlari ham munosib tiklangan, qadr va sharaf topgan Navoiy bobomizning panohida yurganday, ul zotning korkam va orasta nabiralari bu ilmu adab bostonida yayrab-yashnab talim olib yursa, bunga shu yurtning farzandiman degan har kishining havasi kelmogi tayin! Bu oliynazar dargohdan nasib etsa, kelajakda adabiyotimizning Navoiylariyu Boburlari, Cholponlariyu Qodiriylari chiqishiga ishonamiz.

Biz ozga yurtlardagi Adabiyot muzeylariga mahliyo bolib, havas bilan qarardik. Prezidentimiz farmoni bilan yangi ochilajak universitet tarkibida Ozbek tili va adabiyoti muzeyi tashkil etish togrisidagi yuksak ehtirom va etiborni korib kozimizda yosh qalqdi. Bundan keyin ustoz adiblarimizning yertola va eski qutilarda chang bosib yotgan qolyozmalariyu xat va yozishmalari ham shu etibor tufayli bolajak muhtasham muzeydan oz munosib mavqeini egallaydi.

Yangi universitet tarkibida, ingliz-ozbek tarjima fakultetining tashkil etilishi, ayniqsa, nihoyatda kerakli va vaqtida qabul qilingan qaror bolganini alohida takidlash joiz. Istiqlol bergan huquq va erkinlik tufayli keyingi yillarda yosh tarjimonlar safi tobora kengayib, bu borada malum yutuqlarga erishilgan bolsa-da, ushbu jarayon tarqoq holda kechayotgan edi. Maxsus tarjimonlik fakultetining ochilishi, shak-shubhasiz, kelajakda adabiyotimizga yetuk tarjimonlarni ham yetkazib berish, ozbek adabiyotini jahon ahliga malum va mashhur qilishdek oliyjanob va sharafli vazifani amalga oshirish borasida mustahkam poydevor bola oladi.

Sirojiddin SAYYID,

Ozbekiston xalq shoiri.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: