O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.05.2016

ZAMONAVIY OZBEKISTON YUKSAK TARAQQIYOT TIMSOLI

Yevropada chop etiladigan «The Brussels Europe Press Club Magazine» jurnalining navbatdagi sonida ushbu nashr bosh muharriri Antonio Buskardini qalamiga mansub Zamonaviy O‘zbekiston sarlavhali maqola bosilib chiqdi.

Maqola muallifi oquvchilarning diqqatini Ozbekiston erishgan salmoqli muvaffaqiyatlar xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan e’tirof etilganiga qaratar ekan,Jahon iqtisodiy forumi reytingiga kora, Ozbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy osish prognozlari boyichadunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olganini malum qilgan. Bundan tashqari, 2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti (FAO)ga azo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini taminlash sohasidaMingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bolgan 14 ta davlatdan biri sifatida etirof etilgani ham takidlangan.

Muallif mamlakatimiz yalpi ichki mahsulot shakllanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning orni xususida ham toxtalib, Ozbekiston yalpi ichki mahsulotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga yetganini yoki 1,8 barobar oshganini qayd etgan. Ayni paytda bu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xojaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholining 77 foizdan ortigi ushbu jabhada mehnat qilmoqda.

Mamlakat qishloq xojaligining meva-sabzavotchilik, bogdorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari jadal suratlarda rivojlandi. Otgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi, deyiladi maqolada.

Nashr bosh muharriri Ozbekistonning moliyaviy jabhada qolga kiritgan muvaffaqiyatlari mavzusiga murojaat qilar ekan, bank, sugurta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari Ozbekistonda barqaror suratlar bilan rivojlanayotgani va ular xususiy sektor hamda kichik biznes rivojiga xizmat qilayotganini qayd etadi. Shu orinda muallif bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil etayotgani, bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta kop ekanligini takidlaydi.

A.Buskardini songgi yillar davomida iqtisodiy osishning yuqori suratlariga erishilgani Ozbekiston aholisining daromadlari yanada osishiga mustahkam zamin bolganini ham jurnalxonlarga malum qilgan. Aholi jon boshiga jami real daromadlar 9,6 foizga oshdi, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ulushi esa 52 foizga osdiki, bu Mustaqil Davlatlar Hamdostligi mamlakatlaridagi korsatkichlardan sezilarli darajada yuqoridir, deb yozadi jurnalist. BMT homiyligida mustaqil tashkilotlar guruhi va xalqaro ekspertlar ishtirokida 2015 yilda 158 ta davlatda Dunyoning eng baxtli mamlakatlari degan mavzuda tadqiqot otkazilgan edi. Har qaysi mamlakatning oz fuqarolarini baxtli hayot bilan taminlash qobiliyatini ifoda etadigan ushbu indeks boyicha Ozbekiston 44-orinni egalladi. Aytish joizki, 2013 yili mamlakat bu reytingda 60-orinda edi.

Mazkur maqolada mamlakatimizning ijtimoiy sohada, jumladan, sogliqni saqlash va talim jabhalarida erishgan rivojlanishiga oid malumotlar ham oz ifodasini topgan. Alohida takidlanganidek, talim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etayotgani va bu YuNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni taminlash uchun talimga yonaltirilishi zarur bolgan investitsiyalar miqdori boyicha tegishli tavsiyalaridan qariyb 2 barobar kopdir.

Shu tariqa, nashr ozbek modeli samaradorligining tasdigi bolgan zamonaviy taraqqiyotimiz odimlari hamda erishgan muvaffaqiyatlari bilan yevropalik jurnalxonlarni yaqindan tanishtirgan.

Jahon AA,

Bryussel.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: