O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
14.05.2016

SHARAFLI VA MASULIYATLI KASB

12 may – Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda, shu jumladan, respublikamizda ham keng nishonlanadi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi azolari ushbu sana munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Oliy hamshiralik ishi fakulteti oqituvchilari va talabalari bilan uchrashuv otkazdi.

— Bemor salomatligi uchun qayguradigan, ularga darrov yordamga shoshiladigan, samimiyat va shirin sozi bilan dalda boladigan hamshiralar xizmati har qancha etirofga loyiq, deydi OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Gulshan Asatova. Respublikamiz tibbiyot muassasalarida faoliyat korsatayotgan hamshiralar mehnatini munosib ragbatlantirishga hukumatimiz tomonidan doimiy etibor qaratib kelinmoqda. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, soglom oilani shakllantirish, aholiga sifatli tibbiy yordam korsatishda, ayniqsa, patronaj hamshiralari muhim orin tutadi. Ayni paytda mamlakatimizda on yetti mingdan ziyod patronaj hamshiralari faoliyat korsatmoqda. «Soglom ona va bola yili» Davlat dasturida patronaj hamshiralarining soni, malakasini oshirish masalalarini hal etish belgilangani kichik tibbiyot xodimlari faoliyatiga berilayotgan etiborning yana bir namunasidir.

Odamlarga nafing tegishi, ularning dardiga darmon bolish katta baxt, deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi Oliy hamshiralik ishi fakulteti talabasi Kamola Xudoyberdiyeva. Biz shifoxonalar, qishloq vrachlik punktlari, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ilmiy markazlarida barcha muolajalarni bajara oladigan mutaxassis bolib yetishamiz. Sohadagi yangi texnologiyalar bilan ishlash, mustaqil reja tuzish boyicha dars mashgulotlari olib borilyapti. Bu kasbimizning yetuk bilimdoni bolishimizda asqotadi, albatta.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sattor Rahmatov ishtirok etib, tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida atroflicha malumot berdi. Uchrashuvda, shuningdek, soglom turmush tarzini targib qilish, sifatli tibbiy yordam korsatishda hamshiralarning orni xususida ham fikr almashildi, mulohazalar bildirildi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: