O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.05.2016

RAIS YOPIQ OVOZ BERISH YOLI BILAN SAYLANDI

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi «Yangi Mirobod» mahalla fuqarolar yig‘inida yigin raisi va uning maslahatchilari saylovi bolib otdi.

Ushbu mahallada ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ishchi guruh 940 saylovchini royxatga oldi. Mahalla faollari tomonidan fuqarolar yigini raisligiga 2 va rais maslahatchiligiga 20 nomzod tavsiya etildi.

Ushbu muhim jarayonda mahalla ahli faol ishtirok etdi. Fuqarolar yigini raisi va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar bilan ochiq muloqotlar otkazildi.

Mahalla fuqarolar yigini raisligiga nomzodlar Orzigul Toraboyeva va Malika Beknazarovaning rejalari eshitildi. Nomzodlar dasturida mahalla obodligi, hududda bunyodkorlik ishlarini kuchaytirish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish boyicha takliflar berilgan.

Nomzod O.Toraboyeva dasturida hududlarni obodonlashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, toy-marosimlarni ixcham, kamxarj qilib otkazish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam korsatish borasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilganligi mahalla ahliga manzur boldi.

Yopiq ovoz berish yoli bilan otgan saylovda Orzigul Toraboyeva Yangi Mirobod mahalla fuqarolar yigini raisi etib saylandi. Maslahatchilar lavozimiga korsatilgan yigirma nomzodning on nafari ochiq ovoz berish yoli bilan mahalla raisining maslahatchilari etib saylandi.

— Mahallamiz odamlari ahil, mehr-oqibatli, deydi O.Toraboyeva. Keksalar izzat-hurmatda, yoshlar oqish, tadbirkorlik bilan band. Mahallamizdagi manaviy muhitni yanada mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va manaviy komak berish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida etibor qaratishni moljallaganmiz.

G.SATTOROVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: