O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.05.2016

BIZGA TINCHLIK KERAK, OMONLIK KERAK

Mamlakat rahbarining bu so‘zlari bugun xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Xotira maydonida Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat korsatgan yurtdoshlarimizning qahramonliklari, front ortidagi fidokorona mehnati, dushman bosib olgan hududlardan kochirib keltirilgan ayollar va bolalar, keksalarga xalqimiz tomonidan korsatilgan mehr-oqibat haqida soz yuritdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda urush va mehnat faxriylariga yanada koproq e’tibor korsatish, ularning hayot darajasini oshirish, hurmat-izzatini joyiga qoyish barchaning insoniylik burchi ekanini alohida takidladi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan fikr-mulohazalar Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlari, deputatlik birlashmalari, faollari tomonidan chuqur organilmoqda.


Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qomitasi azosi:

Tinchlik ulug nemat. Uni asrash har bir fuqarodan juda katta masuliyat talab qiladi. Bu muhim masalaga Prezidentimiz Xotira va qadrlash kuni OAV xodimlari bilan bolgan muloqotda yana bir bor etibor qaratdi. U kishining «Oz uyingni ozing asra» goyasi bugun yanada dolzarblik kasb etmoqda, ogohlikka chaqirmoqda. Chunki butun dunyoda tinchlikka qarshi tahdidlar tobora keskinlashmoqda.

Mening nazarimda tarixchi olimlarimiz Ikkinchi jahon urushi davrini chuqur organib, unda xalqimizning ishtiroki, buyuk galabaga qoshgan hissasini togri talqin qilinishiga erishishi kerak. Chunki bazi bir orinlarda tarixni buzib korsatishga urinishlar bolayotganidan koz yumib bolmaydi. Biz tinchlikning qadriga yetadigan, nafaqat ozimizga, balki butun dunyoga tinchlik istaydigan xalqmiz. Har yili Xotira maydonida jurnalistlar bilan bolib otadigan suhbatlarda Prezidentimiz tinchlik taqdiri oz qolimizda ekanini, uni asrash uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz zarurligini uqtirdi. Shu bois buni har bir Ozbekiston fuqarosi chuqur anglab yetishi lozim.


Umrbek BEKTEMIROV, OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri:

Prezidentimizning yoshlar haqidagi fikrlari meni juda tolqinlantirib yubordi. U kishi har doim yosh avlodga ishonishini, kelajakda Vatan taqdiri yoshlarga bogliqligini, Ozbekistonimizni butun dunyoga yoshlar tanitishini takidlaydi. Bu ishonch, bu etibor, bu gamxorlik bizni yanada faol bolishga undaydi. Togrisi, Prezidentimizning biz yoshlarga qarata bolalarim deb murojaat qilishi, ertangi kun bizniki, marra bizniki ekanligini aytishi har bir ozbekistonlik yigit-qizning kuchiga kuch, gayratiga gayrat qoshadi. Vatan manfaatlari uchun kurashishga, uni yanada kuchliroq sevishga orgatadi. Mening fikrimcha, Prezidentimizning yoshlarga murojaatlari hayotda ham oz ifodasini topmoqda. Sportchilarimiz jahon arenalarida Ozbekiston bayrogini yuksaklarga kotarmoqda. Musiqa maktablari oquvchilari xalqaro festivallarda bosh sovrinlarni qolga kiritmoqda. Bolgusi olimlarimiz xalqaro olimpiadalarda mamlakatimiz yoshlarining bilim va zakovatini butun dunyoga namoyish qilmoqda.

Xotira maydonidagi muloqotni televideniye orqali tomosha qilib, menda ham ertangi kunga bolgan ishonch yanada ortdi. Yangi-yangi rejalar, goyalar haqida oylay boshladim. Buning hammasi uchun eng avvalo tinchlik kerakligini yana bir marta tushunib yetdim.


Haqiqat HAMROYEVA, Kattaqorgon tumanidagi 17-umumtalim maktabi direktori, OzXDP faoli:

2-7 may kunlari maktabimizda tinchlik darslari otkazildi. Ushbu mashgulotlarda olimlar, ijodkorlar va mehnat faxriylari ishtirok etdi. Bunda asosiy etiborni yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalikni koz qorachigiday asrashga qaratdik.

Maktabimiz joylashgan mahallada ikki nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qiladi. Pirim Daminov va Karim Abdullayev xonadonlarida bolib, ularning urush xotiralarini eshitdik. Oquvchilarimiz tinchlikni qadriga yetish haqidagi hayotiy ogitlaridan bahramand bolishdi.

Prezidentimiz bir fikrni alohida takidladi: Tarix bu xotira. Xalq xotirasiz yasholmaydi. Bugungi kun har birimizdan tinchlikning qadriga yetishni, farzandlarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanishni talab etmoqda. Har yili tinchlik darslari otilishi esa ana shu jihatlarni yoshlar ongiga chuqurroq singdirishda muhim ahamiyatga ega.


Akrom AKBAROV, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Prezidentimiz fikrlarini tinglab turib, haqiqatan ham turli balo-qazolarni yurtimizga yaqin yolatmaslik, chegaralarimiz daxlsizligini taminlash, tinch hayotimizni saqlash juda muhim ekaniga yana bir marta iqror boldim. Buning uchun eng avvalo milliy armiyamiz kuch-qudratini yanada oshirishga alohida etibor qaratilishi lozimligini ham qollab-quvvatlayman.

Shuni faxr-iftixor bilan aytish kerakki, bugungi kunda oglonlarimiz uchun Vatan himoyasi oliy sharafga aylandi. Harbiy bolishga intilayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani ham buni korsatib turibdi. Shu orinda yana bir gap. Biz keksalar yoshlarimizga Vatan himoyasi nima ekanligini, chegarada turgan askar ortida yurti, oilasi borligini teranroq anglatishimiz kerak, deb oylayman. Bir paytlar boshimizdan kechirgan uqubatli kunlar bugun ortda qoldi. Mustaqillik elon qilinganidan boshlab askarlarimiz faqat ozimizning yurtimizda xizmat qilmoqda. Ozbekiston hech qanday harbiy blokka qoshilmaydi va oz hududida chet mamlakatlarning harbiy bazalari joylashishiga ham yol qoymaydi. Bu qonun yoli bilan ham mustahkamlab qoyilgan. Shuni chuqur anglab yetgan holda talim dargohlarida vatanparvarlik darslari koproq otilishiga, unda kopni korgan, tarixni yaxshi biladigan insonlarning ishtirok etishiga alohida etibor qaratishimiz zarur, deb hisoblayman.

OzMU talabasi

Barchinoy HAMIDULLAYEVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: