O'zb  
 
09.05.2016

ENG MUNOSIBLAR SAYLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining shu yil 5 martdagi qaroriga muvofiq, Samarqand viloyatida ham fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi otkazilmoqda.

Viloyatdagi 1245 fuqarolar yiginida ushbu muhim jarayonga puxta hozirlik korildi. Saylovni tashkil etish va otkazishga komaklashuvchi viloyat, tuman va shahar komissiyalari, ishchi guruhlar tomonidan aholi ortasida tushuntirish-targibot ishlari olib borildi. Mahallada yashovchi faol va tashabbuskor kishilar orasidan fuqarolar yigini raisi va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar korsatildi. Har bir kocha, qishloqdan vakillar yigilishida ishtirok etuvchilar royxati shakllantirildi.

Jomboy tumanidagi «Sarichashma» mahalla fuqarolar yigini raisi va uning maslahatchilarini saylashga bagishlangan vakillar yigilishida 41 saylovchi ishtirok etdi. Fuqarolar yigini raisligiga korsatilgan ikki nomzodga amaldagi tartib asosida soz berildi.

Nomzodlar oz dastur va maqsadlari bilan saylovchilarni tanishtirdi, obodonlashtirish, hududda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bolgan masalalar haqida soz yuritdi. Savollarga javob qaytardi.

Yopiq ovoz berish yoli bilan otkazilgan saylov natijalariga kora, Ulugbek Nodirov Sarichashma mahalla fuqarolar yigini raisi etib saylandi. Mahalla fuqarolar yigini raisi maslahatchilari lavozimlariga korsatilgan 16 nomzod orasidan 8 nafari ochiq ovoz berish shaklida maslahatchilikka saylandi.

— Mahalla fuqarolar yiginida masul kotib vazifasida 20 yilga yaqin faoliyat yuritdim, deydi Sarichashma mahalla fuqarolar yigini raisi U.Nodirov. Mahalla hayoti va aholining turmush tarzi bilan tanishman. Mahalladoshlarim meni raislikka munosib korgan ekan, ish faoliyatimda ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman.

Viloyatdagi fuqarolar yiginlarida saylov davom etmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: