O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
09.05.2016

XOTIRA BOQIY, QADR MUQADDAS

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkilotlari, «Faol ayollar» va Istiqbol yoshlar qanoti, Targibotchilar guruhi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli ma’naviy-marifiy tadbirlar, ikki avlod uchrashuvlari, davra suhbatlari otkazmoqda.

Samarqand viloyat hamda Samarqand shahar partiya kengashi Nuroniy jamgarmasi shahar kengashi bilan hamkorlikda ikki avlod uchrashuvi otkazdi. Unda otaxonu onaxonlar yoshlar bilan dildan suhbat qurishdi.

— Davlatimizda keksalarni ijtimoiy muhofaza qilish, ezozlash, gamxorlik korsatishga alohida etibor qaratib kelinmoqda, deydi Samarqand tibbiyot instituti prorektori Yaxshinor Allayorov. Prezidentimizning 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qollab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoniga asosan, keksalarimiz yilda bir marta ozi uchun maqbul muddatlarda soglomlashtirish muassasalarida bepul davolanish imkoniyatiga ega boldi. Bunday ishlar faxriylarni qollab-quvvatlash, ularga ehtirom korsatishda oziga xos ahamiyat kasb etmoqda.

Haqiqatan ham, keksalar manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qollab-quvvatlash oldimizda turgan muhim vazifalardan biri, deydi OzXDP Samarqand shahar kengashi raisi Shoira Norqulova. Shahrimizda 41 nafar urush va mehnat fronti faxriysi istiqomat qilmoqda. Ularning holidan xabar olib turibmiz, har tomonlama yordam korsatishga harakat qilyapmiz. Bu boradagi ishlarimizni izchil davom ettirishimiz, keksalar, nuroniy otaxon va onaxonlar, ayniqsa, yolgiz yashovchi qariyalar manfaatlari bilan bogliq ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishimiz darkor.

Samarqand shahrida yashovchi 86 yoshli urush va mehnat faxriysi Fariddin ota Gashimov tadbir songida yoshlarni alqab, duoga qol ochdi:

Umrlaringdan baraka topinglar, bolalarim. Shu kunlarga yetkazganiga shukr. Ishlaring doim baroridan kelsin, niyatlaringga yetib yuringlar, ilohim. Yurtimiz tinch bolsin, xalqimiz ortasidagi mehr-oqibat hech qachon kamaymasin...

Ana shunday tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumanida ham bolib otdi. Tuman partiya kengashi faollari deputatlar, vrachlar malakasini oshirish instituti vakillari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomli mahallada istiqomat qiluvchi faxriylar holidan xabar olishdi.

Navoiy viloyat partiya kengashi xodimlari esa Navoiy shahridagi Umid, Bahor va Yoshlar mahallalarida bolishib, u yerdagi urush va mehnat faxriylaridan kongil sorashdi. Nuroniy jamgarmasi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari vakillari, boshlangich tashkilotlar yetakchilari ishtirokidagi uchrashuvda keksalarga sovgalar ulashildi.

Yuqori Chirchiq tuman partiya kengashi tomonidan otkazilgan tadbirda hududdagi barcha urush va mehnat fronti faxriylari xonadonlariga tashrif buyurildi.

91 yoshdaman, deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Toshmurod Qosimov. Yaratganga shukr, 6 farzand, 17 nevara, 45 evaram bor. Ularning ardogida hayot kechiryapman. Yurtboshimiz biz kabi fahriylarga har tomonlama gamxorlik korsatib kelmoqda. Xalqimizning mehrini his qilib yashayapmiz. Vatanimiz tinch. Qarang, osmonimiz musaffo. Hurligimizga, tinchligimizga hech qachon koz tegmasin.

Inson xotirasi hamisha aziz. Jasorat unutilmaydi. Ulug yoshga yetgan nuroniylarni yoqlash, ularga mehr-oqibat korsatish barchamizning burchimiz.

Bunday tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlari boylab kotarinki ruhda davom etmoqda.

Islombek UMIROV,

Latifjon MANSUROV,

Zilola UBAYDULLAYEVA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: