O'zb  
 
07.05.2016

SAYLOVLAR MUQOBILLIK ASOSIDA OTMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining shu yil 5 martdagi qaroriga muvofiq, Fargona viloyatida ham fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi boshlandi. Viloyatda 1040 fuqarolar yigini raisi va ularning 10 mingdan ziyod maslahatchisi saylanadi.

«Qangirja» Toshloq tumanidagi obod va namunali mahalla fuqarolar yiginlaridan biri. Mahalla fuqarolar yigini raisligiga 3 nomzod korsatildi. Bu fuqarolarga eng munosib nomzodni tanlash imkonini berdi. Saylovda mahalla ahli nomidan 82 vakil ishtirok etdi.

Nomzodlar oz faoliyat dasturi bilan aholini tanishtirdi. Bu, oz navbatida, qaysi nomzodni saylash masalasiga togri yondashish, nomzodning fuqarolar yigini faoliyati samaradorligini oshirish bilan bogliq rejalaridan xabardor bolish, raislikka saylangan taqdirda, uning faoliyatini nazorat qilib borishga zamin yaratadi. Nomzodlar dasturida mahalla obodligi, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, mahallani kichik biznes va hunarmandlik markaziga aylantirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi va hududdagi manaviy muhit barqarorligi asosiy maqsad qilib olingani saylovchilarga manzur boldi.

Yashirin ovoz berish yoli bilan Dilorom Otabekova mahalla fuqarolar yigini raisi etib saylandi.

Saylovda vakillar tomonidan mahalla fuqarolar yiginining 9 maslahatchisi ham saylandi.

Fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi viloyatning barcha tuman va shaharlarida uyushqoqlik bilan otkazilmoqda.

M.SULAYMONOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: