O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
07.05.2016

JAMOATCHILIK QABULXONASI FAOLIYATI

izchil yo‘lga qoyilgan hududda partiyaga ishonch yanada ortadi

Siyosiy partiyani aholiga yaqinlashtiradigan, nufuzini oshiradigan eng asosiy omil elektorat manfaatini himoya qilish, ishonchini qozonishdir. Shunday ekan, joylardagi muammolarni organish, ularni hal etish, fuqarolarga huquqiy maslahat berishda partiyamiz Jamoatchilik qabulxonalari muhim orin tutmoqda. Odamlarni oylantirayotgan masalalarga yechim topish uchun har bir partiya kengashi va guruhlari mas’uliyatni yanada kuchaytirishi talab etilmoqda.

Jamoatchilik qabulxonalarining joriy yil birinchi choragidagi faoliyati tahlili murojaatlarga oz vaqtida yechim topishda muayyan natijalarga erishilayotganini korsatmoqda.

Mintaqaviy kengashlar qoshidagi 205 Jamoatchilik qabulxonasiga ushbu davrda 2422 murojaat kelib tushgan, ularning hozirgacha 74 foizi ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning asosiy qismi, yani 542 tasi ish bilan taminlash, 464 tasi kommunal xizmatlar, 269 tasi esa moddiy yordam korsatish masalalari bilan bogliq boldi.

Murojaatlarda kotarilgan masalalarni organish va hamkor tashkilotlar komagida hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga partiyamizdan saylangan deputatlar faol ishtirok etmoqda. Aksariyat Jamoatchilik qabulxonalari huzurida huquqiy maslahatxonalar ishlab turibdi. Bu fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish, ularni oylantirgan masalalar boyicha malakali javob berilishiga xizmat qilmoqda.

Navoiy shahri Memorlar kochasida istiqomat qiluvchi fuqaro Rohila Saimova ishga joylashishda amaliy yordam sorab, Navoiy shahar kengashiga murojaat qilgan. Ushbu masala boyicha xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Farhod Qurbonov «Baxt tekstil» MChJ qoshma korxonasiga sorov yubordi. Tez orada masala ijobiy hal etilib, fuqaro ishga joylashgan.

Sergeli tuman kengashi tomonidan tashkil etilgan kochma Jamoatchilik qabulxonasiga kam taminlangan, 1-guruh nogironi Mahbuba Boqijonova uyining tomi tamirtalab ekani haqida murojaat qilgan. Bu masala yuzasidan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Haydar Boboxonov va Sergeli tuman kengashi raisi Shoira Xojayeva Aziya kommunalchi TChShJ rahbariyatiga murojaat qilib, uni ijobiy hal qildi.

Bunday misollarni koplab keltirish mumkin, albatta. Muhimi, murojaatlar hal etilyapti. Odamlarning ogiri yengil bolyapti. Bu oz navbatida, partiyamiz tashkilotlari, guruhlari elektoratga, hayotga yanada yaqinlashib borayotganidan dalolat beradi.

Lekin amalga oshirilgan samarali ishlar bilan bir qatorda Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatida kamchiliklar ham kozga tashlanib qolmoqda. Jumladan, shu yilning birinchichoragida Andijon, Toshkent viloyatlaridagi ayrim Jamoatchilik qabulxonalariga murojaat tushmagan.

Qoraqalpogiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Fargona, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrining ayrim tumanlarida murojaatlarni hal etish masalasiga yetarli etibor berilmayapti.

Biz bir narsani unutmasligimiz kerak. Jamoatchilik qabulxonasi faoliyati yaxshi tashkil etilgan hududda odamlarning partiyaga ishonchi yanada mustahkamlanadi. Shu bois ishimizni chuqur tahlil etib, elektorat manfaatini himoya qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz zarur.

Joylardan bir xil yoki bir-biriga oxshash, ozaro bogliq murojaatlar tushganda ularni tizimli hal etish, bunda mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlari vakolatlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiq, deb oylayman.

Shuni ham aytish kerakki, aholi murojaatlarining organilishi elektorat manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari ijrosi nazorat-tahlilini ham amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Demak, Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatining oylik, choraklik yakunlarini umumlashtirib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalarida takliflar ishlab chiqish mumkin. Bu keyinchalik mahalliy ijro hokimiyati rahbarlarining hisobotlarini eshitish jarayonlarida, qolaversa, parlament eshituvlariga tayyorgarlik korishda qol keladi.

Jamoatchilik qabulxonalariga bolayotgan har bir murojaat kimningdir muammosi, oy-tashvishi bilan bogliq. Kichik masalalarning oz vaqtida va joyida hal etish esa katta muammolar kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi.

Durbek XUDOYQULOV,

OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: