O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.05.2016

HARAKAT DASTURI IJROSI:

partiya guruhlari faollashdi, ammo...

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2015-2019 yillarga moljallangan Harakat dasturida belgilangan vazifalar elektorat manfaatlari himoyasida muhim orin tutadi. Shuning uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlaridan uning ijrosiga alohida e’tibor qaratish talab etilmoqda.

Joriy yilga moljallangan Harakat dasturida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bogliq dolzarb masalalarni partiya guruhlarimizda organish, doimiy komissiyalar va sessiyalar muhokamasiga olib chiqish belgilangan. Ularning bajarilishi joylarda aholini oylantirayotgan muammolarni bartaraf etishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Xosh, bu borada joriy yilda qanday natijalarga erishilmoqda?

OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Akmal Tursunboyev bilan suhbatimiz shu haqda boldi.

— Harakat dasturi ijrosi haqida gap ketganda, avvalo, deputatlarimiz ancha faollik korsatishayotganini takidlash zarur. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, elektorat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan turli masalalar chuqur organilib, ularning yechimi nazoratga olinmoqda.

Joriy yilning birinchi choragida Harakat dasturi asosida 58 masala mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlarida, 21 masala doimiy komissiyalarda muhokama qilinib, 13 masala sessiyaga kiritildi. Bunda elektorat manfaatlari himoyasiga, xususan, bandlik dasturi ijrosi, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, qonun va qarorlar ijrosini organish masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Misol uchun, joriy yilning birinchi choragida Harakat dasturi doirasida aholi bandligini taminlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar 9 hududda tegishli tartibda organildi. Ularning 5 tasi OzXDP guruhlari, 1 tasi doimiy komissiyada atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur masala xalq deputatlari Kongirot, Toraqorgon, Sariosiyo tuman Kengashlari sessiyalariga kiritildi, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat yolga qoyildi.

Shu orinda bir gap aytmoqchiman. Aholini ish bilan taminlash, bandlik dasturi ijrosida partiyamiz deputatlik birlashmalarining vazifasi faqat nazorat ornatishdan iborat bolmoqda, deyish notogri. Chunki ish orinlari yaratish jarayonlarida barcha deputatlarimiz bevosita faol ishtirok etyapti. Endilikda bu boradagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarga koproq etibor qaratish kerak, deb oylayman.

Partiyamiz Harakat dasturida sogliqni saqlash sohasi bilan bogliq koplab vazifalar belgilangan. Ushbu yonalishda qanday ishlar olib borilmoqda?

Bu borada partiyamiz guruhlari tashabbusi bilan tuman, shaharlar boyicha 12 masala organildi. Oilaviy poliklinikalarni zamonaviy tibbiy-diagnostika asbob- uskunalari bilan jihozlash, tugma va irsiy kasalliklarni profilaktika qilish, qishloq vrachlik punktlarining moddiy texnik bazasini yaxshilash, shuningdek, dori vositalari hamda farmatsevtik faoliyat bilan bogliq masalalar deputatlar diqqat markazida boldi. Nazorat-tahlil natijalari xalq deputatlari Buxoro shahar va Qorakol tuman Kengashlari sessiyalarida, 6 partiya guruhi hamda 4 doimiy komissiya yigilishlarida muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Harakat dasturiga binoan pensiya va nafaqa pullarining tayinlanishi, yosh oilalarga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joylar ajratilishi, moddiy yordamlarning manzilliligini organish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish yonalishlarida muayyan ishlar olib borildi. Ichki yollarni tamirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari bosqichma-bosqich organilmoqda.

Harakat dasturi ijrosini toliq taminlash, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari faoliyatini kuchaytirish uchun qaysi jihatlarga koproq etibor qaratish kerak, deb oylaysiz?

Harakat dasturida kozda tutilgan vazifalar ijrosiga hamma joyda ham bir xil munosabatda bolinayotgani yoq. Bazi hollarda ijtimoiy masalalar chuqur organilib, atroflicha muhokama qilinmayotir. Ayrim deputatlarimiz yigilishlarda nomiga ishtirok etish yoki hisobot topshirish bilan cheklanib qolmoqda. Vaholanki, qonunchiligimizga kora, deputatning asosiy vazifasi odamlarni oylantirayotgan muammolarni organish, ularni bartaraf etish, shu orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qoshish hisoblanadi.

Biroq kop joylarda deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib borishda sustkashlikka yol qoyilayapti, ayrim masalalar esa faqat partiya guruhlarida korib chiqilishi bilan cheklanilyapti. Buning asosiy sabablaridan biri partiya guruhlari va tashkilotlari ortasida hamkorlik yaxshi yolga qoyilmaganida, deb bilaman.

Misol uchun, shu yilning otgan 3 oyidagi korsatkichlarni olaylik. 14 masala faqatgina partiya guruhlarida muhokama qilinib, ulardan birortasi ham doimiy komissiya yoki sessiyaga olib chiqilmadi.

Payariq, Boysun tumanlarida Harakat dasturida belgilangan masalalar rejalashtirilgan vaqtda organilmadi. Sirdaryo viloyat Kengashidagi partiya guruhimiz etiborsizligi natijasida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash va himoya qilish togrisidagi masala ochiq qolib ketdi.

Ayni paytda partiya guruhlari azolarining masuliyatini kuchaytirish, hududiy partiya kengashlarining deputatlar bilan ishlash konikmasini yanada mustahkamlash choralari korilmoqda.

Harakat dasturi ijrosi partiyamiz Saylovoldi dasturini amalga oshirishda asosiy vosita hisoblanadi. Unda belgilangan vazifalar ijrosi taminlanishi saylovchilar ishonchi qozonilishiga xizmat qiladi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: