O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.05.2016

MUNOSIB NOMZODLAR SAYLANADI

Joriy yilning may-iyun oylarida o‘tkaziladigan fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga Qoraqalpogiston Respublikasida ham puxta tayyorgarlik korildi.

Prezidentimiz rahnamoligida mahalla institutining huquqiy asosini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ozbekiston Respublikasining «Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari togrisida»gi qonuni bu borada muhim huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda.

— Mahalla yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni taminlash, aholi farovonligini yuksaltirishning muhim boginlaridan biridir, deydi Mahalla xayriya jamoat fondi Qoraqalpogiston Respublikasi hududiy bolimi boshligi Xojaboy Yelmuratov. Ayni paytda Qoraqalpogiston Respublikasida 402 fuqaroning ozini ozi boshqarish organi samarali faoliyat yuritmoqda. Bolajak saylovlarning oshkoralik, tenglik va adolat tamoyillari asosida otishi uchun barcha tashkiliy choralar korildi. Fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik korish hamda uni otkazishga komaklashuvchi komissiyalar tomonidan har bir mahallada saylov otkaziladigan joy va uning vaqti belgilangan rejalar ishlab chiqildi. Saylov otkaziladigan barcha joylar taxt holga keltirildi.

Saylovlarda 402 nafar rais va ularning 3 ming 618 nafar maslahatchisi saylanishi rejalashtirilgan. Fuqarolarning ozini ozi boshqarish idoralari raislari lavozimiga boy hayotiy tajribaga ega, aholi ortasida obro-etibor qozongan, faol va tashabbuskor, oilalar totuvligi hamda mahallada ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligini taminlashdek masuliyatni zimmasiga olgan 1 ming 200 dan ortiq, maslahatchilikka esa 11 mingga yaqin nomzod korsatildi.

A.ORTIQBOYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: